• Elektr yuritmani yig’ish sxemasini tuzish.
  • Mavzu: Elektr yuritmalarni yig’ish sxemalarini tuzish. Reja




    Download 282.03 Kb.
    bet1/4
    Sana17.02.2023
    Hajmi282.03 Kb.
    #42597
      1   2   3   4
    Bog'liq
    El.Mash 3
    14-15-ma\'ruza taqtimoti GXP, 1 mavzu, sayyora Shamamatova malumotnoma, 1mavzu dasturlash, Programming languages (Responses), ТНУ-19, 3,1, (4), MANTIQIY MASALALAR VA ULARNING JAVOBLARI., 2, Dars ishlanma.Tarbiyaviy soat.Asraqulova M., to\'garak beti, 5b8ec55e-ae2d-4108-bd9b-6afb4eb88564 (1), 14. Ashirbayev Azim Ozodovich 118-126, 1-Laboratoriya ishi



    Mavzu: Elektr yuritmalarni yig’ish sxemalarini tuzish.


    Reja:



    1. Elektr yuritmani yig’ish sxemasini tuzish.

    2. Elektr yuritmaning funktsional sxemasi.

    3. Elektr yuritmaning printsipial sxemasi.

    4. Elektr yuritmalarni o’tish jarayonini hisoblash.



    Elektr yuritmani yig’ish sxemasini tuzish. Bu vazifani bajarish uchun elektr yuritmani printsipial sxemasi tuzilgan bo’lishi lozim. Elektr yuritmani tashkil etuvchi barcha vositalar tanlangan va ularning rusumlari aniqlangan bo’lishi lozim. Shu bilan birga elektr yuritmani tashkil etuvchi elementlarini joylashtirish masalasi hal qilinadi. Ularni panelga, shchitlarga yoki shkaflarga joylashtirish mumkin. Bundan keyin barcha elementlarni tanlangan vositada o’rnatish masalasi hal qilinadi. Bu tegishli me’yoriy hujjatlardagi tavsiyalarga asosan bajariladi va o’rnatish sxemasi tuziladi. Yig’ish sxemasi o’rnatish sxemasiga asosan bajariladi. Unda elektr yuritmaning har bir elementlari qanday tuzilgan bo’lsa, shunday keltiriladi. Ular shartli belgilar orqali ko’rsatiladi. Elektr yuritmaning elementlari temir shkafga joylashtiriladi. Boshqarish va nazorat qilish qulay bo’lishi (eshik yopiq holda bo’lishi lozim) uchun QF avtomat va SB knopkalar shkaf eshigiga, FU saqlagichlar eshikning ichki tomoniga va qolganlari shkafning ichiga joylashtiriladi. Yig’ish sxemasida har bir element uchun, uning tepasida doiraning ichida tartib raqami va harfli shartli belgisi yoziladi. Har bir element punktir chizig’i bilan ajratib ko’rsatiladi. Printsipial sxemaga asosan elementlarning ulanadigan joylariga raqamlar qo’yiladi. Keyin printsipial sxemaga asosan alohida elementlar orasidagi bog’lanishlar bajariladi. Buning uchun har bir elementlarining bir xil raqamli qismlarini chiziqlar bilan ulab qo’yish mumkin. Bu holda, sxemada o’tkazilgan chiziqlar chalkashib ketishi va sxema ko’rimsiz bo’lishi mumkin. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun misolda keltirilgan manzil usulini qo’llash mumkin. Bir elementni boshqa element bilan ulash uchun ulardagi bir xil raqamlar bilan belgilangan joylariga, qarama-qarshi tartib raqami yozib qo’yiladi. Shkafni tashqari bilan, ya’ni elektr tarmoq va elektr yuritgich bilan ulash klemmalar reykasi orqali bajariladi. Elektr yuritma ishchi mexanizm tizimini ishlatishda bir necha xil elektr sxemalar qo’llaniladi, jumladan, tuzilish sxemasi, funktsional sxema, printsipial sxema, yig’ish sxemasi. Tuzilish sxemasida, elektr yuritmaning asosiy tashkil etuvchilari, ishchi mexanizmlar to’g’ri to’rtburchak shaklida ifodalanadi va ular orasidagi bog’lanish chiziqlari ko’rsatiladi. Bu sxemalar elektr yuritmaning bajaradigan vazifasi to’g’risida umumiy tasavvurga ega bo’lish uchun tuziladi. Elektr yuritmaning alohida yoki bir necha tashkil etuvchilarini ishlashini ko’rsatuvchi sxema funktsional sxema deyiladi. Bu sxemalar alohida tashkil etuvchilarda bo’ladigan jarayon to’g’risida tasavvurga ega bo’lish uchun kerak bo’ladi. Bu sxemalar elektr yuritmalarni sozlashda, rostlashda va nazorat qilishda qo’llaniladi. Bunga avtomatlashtirilgan o’zgarmas tok yuritmasi misol bo’ladi.




    Download 282.03 Kb.
      1   2   3   4




    Download 282.03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Elektr yuritmalarni yig’ish sxemalarini tuzish. Reja

    Download 282.03 Kb.