|
Uskunalar paneli bilan tanishish
|
bet | 5/6 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 144,61 Kb. | | #148190 |
Bog'liq Excel dasturiQAT.docx 7-MavzuUskunalar paneli bilan tanishish.
Excel 2007 dasturida oldingi versiyalardagi standart menyular satri hamda uskunalar panelini o`rnini bosadigan yangi qism kiritilgan bo`lib, u bir vaqtning o`zida bir qancha asboblar bilan ishlash imkonini berishi hamda keraksiz bo`lib qolayotgan menyular satri tomonidan egallangan joyning samarali ishlatilishiga olib keldi. Ushbu qism lenta deb ataladi hamda u bir nechta bandlardan iborat
bo`lib, ulardagi buyruq va funksiyalar o`zaro bajaradigan vazifa hamda amallariga mos ravishda guruhlarga bo`lingan.
Lenta bilan ishlash.
Lentadagi buyruqlar bilan ishlash turli xil usullar yordamida amalga oshiriladi. Bu usullar quyida keltiriladi:
Tugma: Eng keng tarqalgan boshqaruv elementi bo`lib, tugmalarning ko`pchiligi matnli izohlar bilan ta`minlangan hamda tugmaning bajaradigan vazifasini bilish uchun uni sichqoncha yordamida ko`rsatish kifoya. Eng ko`p ishlatiladigan tugmalar boshqa tugmlarga qaraganda kattaroq shaklda tasvirlanadi. Bu holat sizning ish jarayoningizda tugmalardan foydalanishingiz jarayonida sizga moslashib boradi. Ko`pgina tugmalarni tanlanganda to`g`ridan-to`g`ri vazifa
bajariladi. Ba`zi tugmalar esa pastga qaratilgan ko`rsatkichlar bilan jihozlangan bo`lib, ularni tanlanganda ro`yxat yoki kolleksiya hosil bo`ladi hamda foydalanuvchi kerakli buyruqni tanlash imkoniga ega bo`ladi.
Bayroqcha: Kvadrat shaklidagi asbob bo`lib, uni tanlanganda u ulangan- ulanmagan holatlarini almashtiradi.
Buyruqlar guruhi: Lentaning har bir bandida o`zaro bog`liq buyruqlar mavjud bo`lib, ular guruhlarga birlashtiriladi. Masalan, Главная panelining Шрифт buyruqlar to`plamida matn shriftini boshqarish tugmalari joylashgan.
Ochiladigan ro`yxat: Pastga qaratilgan ko`rsatkichli tugma tanlanganda hosil bo`ladigan ro`yxat bo`lib, undagi kerakli buyruq ham xuddi shunday tanlash orqali amalga oshiriladi.
Kolleksiya: Excel 2007 da yaratilgan yangi element bo`lib, unda tanlanadigan imkoniyatlarning grafik ko`rinishlari hosil bo`ladi. Kolleksiyalardan foydalanish ko`p ishlatiladigan amallarga tezroq yetib boorish imkonini beradi hamda kolleksiyalarning uch xil turi mavjud: (Ochiladigan kolleksiya, Ochiladigan to`r va kolleksiya lentasi).
|
| |