Sichqoncha va klaviatura yordamida harakatlanish.
Sichqoncha qurilmasi Excel dasturida ishlash uchun asosiy vositalardan biri bo`lib, uning yordamida turli buyruqlarni berish amali qulay tarzda bajariladi. Quyida sichqoncha qurilmasi imkoniyatlarini izohlab chiqaylik:
Chertish: Sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish.
Qo`sh chertish: Sichqoncha chap tugmasini ikki marta tezlik bilan bosish. Ba`zida bu amalni bajarish uchun shug`ullanish kerak bo`ladi.
Olib o`tish: Biror ob`yekt ustida sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda sichqoncha ko`rsatkichi kerakli joyga olib boriladi hamda bu amalni tugatish uchun qo`yib yuboriladi.
Joylashtirish: Biror-bir ob`yekt ustida sichqoncha ko`rsatkichini olib kelish va chap tugmani bosmaslik.
Tanlash: Biror-bir ob`yekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib kelish va chap tugmani bir marta bosish.
Kerakli ob`yet ustida sichqoncha o`ng tugmasini bosilganda kontekst menyu hosil bo`ladi va bu menyuda shu ob`yektgagina tegishli bo`lgan buyruqlar aks ettiriladi.
Excelda ishlashni osonlashtirish maqsadida biror-bir ob`yektning kontekst menyusini chaqirilganda shu ob`yekt bilan bajarilishi mumkin bo`lgan amallar
tugmalari to`plami (mini-panel) ham hosil bo`ladi va bulardan kerakli amalni tezkor bajarish uchun foydalanish mumkin.
Lekin barcha foydalanuvchilar ham barcha amallarni faqtgina sichqoncha yordamida bajarishni ma`qul ko`rishmaydi. Faqatgina klaviaturadan yoki klaviatura hamda sichqonchadan
birgalikda foydalanishni xush ko`ruvchilar uchun quyidagi imkoniyatlar mavjud:
Tezkor tugmalar kombinatsiyalari
Klaviatura yordamida harakatlanish va boshqarish.
Tugmalar yordamchi ma`lumotlari
Ushbu imkoniyatlar haqida keyingi boblarda so`z yuritiladi.
Tezkor tugmalar kombinatsiyalari deb bir yoki bir nechta tugmalarni bosish orqali chaqiriladigan amallar buyruqlariga aytiladi hamda ularning
ko`pchiliklari Ctrl tugmasi bilan birgalikda bajariladi. Ularni eslab qolish oson bo`lishi maqsadida ko`pgina kombinatsiyalar ularning ingliz tilidagi atamalariga mos holda mos harflarga bog`lab qo`yilgan. Masalan chop etish oynasini chaqirish uchun Ctrl+P(Print) tugmasi bosiladi. Bu amalni bajarish uchun birinchi yozilgan Ctrl tugmasini bosib turgan holda P tugmasini ham bosiladi va ikkala tugma birgalikda qo`yib yuboriladi. Ko`pincha ishlatiladigan Excel kombinatsiyalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Ctrl+A Hammasini belgilash
Ctrl+B Qalinlashtirish amalini qo`llash yoki bekor qilish
Ctrl+C Belgilangan qismni buferga nusxalash
Ctrl+F Qidiruv oynasini chaqirish
Ctrl+G yoki F5 Ko`rsatilgan joyga o`tish
Ctrl+H Almashtirish
Ctrl+I Egri yozish amalini qo`llash yoki bekor qilish
Ctrl+O yoki Ctrl+F12
Hujjatni ochish
Ctrl+P Chop etish oynasini chaqirish
Ctrl+S yoki Shift+F12
Saqlash
Ctrl+U Matn tagiga chizish amalini qo`llash yoki bekor qilish
Ctrl+V yoki Shift+Insert
Buferdagi ma`lumotni qo`yish
Ctrl+W yoki Ctrl+F4
Faol elektron kitobni yopish
Ctrl+X Belgilangan qismni buferga qirqib olish
Ctrl+Y yoki F4 Oxirgi amalni takrorlash
Ctrl+Z Oxirgi amalni bekor qilish
F1 Yordamchi ma`lumotni ko`rish
Ctrl+F1 Uskunalar panelini ko`rsatish-yashirish
F2 Faol katakchani tahrirlash (o`zgartirish) rejimiga o`tish
Excel elektron kitobida 17 milliarddan ortiqroq katakchalar mavjudligini hisobga oladigan bo`lsak, albatta ular bo`ylab tezkor harakat qilish vositasiga ehtiyoj paydo bo`ladi. Bu vazifani bajarish uchun yangi Excel elektron jadvalida quyidagi jadvaldagi usullardan foydalanish mumkin. (* - belgisi ScrollLock tugmasi bosilganini bildiradi)
↑
|
Kursorni bir satr yuqoriga o`tkazish
|
↓
|
Kursorni bir satr pastga tushirish
|
←
|
Kursorni bir ustun chapga o`tkazish
|
→
|
Kursorni bir ustun o`ngga o`tkazish
|
PgUp
|
Kursorni bir ekran yuqoriga o`tkazish
|
PgDn
|
Kursorni bir ekran pastga o`tkazish
|
Alt+PgDn
|
Kursorni bir ekran o`ngga o`tkazish
|
Alt+PgUp
|
Kursorni bir ekran chapga o`tkazish
|
Home
|
Kursorni u turgan satrning birinchi katakchasiga o`tkazish
|
Ctrl+Home
|
Kursorni ishchi kitobning birinchi katakchasiga (A1 ga) o`tkazish
|
F5
|
O`tish muloqot oynasini chaqirish
|
Ctrl+BackSpase
|
Ekranni kursor ko`rinadigan holatha o`tkazish
|
↑* Ekranni bir satr yuqoriga o`tkazish (faol katakcha o`zgarmaydi)
↓* Ekranni bir satr pastga o`tkazish (faol katakcha o`zgarmaydi)
←* Ekranni bir ustun chapga o`tkazish (faol katakcha o`zgarmaydi)
→* Ekranni bir ustun o`ngga o`tkazish (faol katakcha o`zgarmaydi)
|