|
Mavzu: Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi
|
bet | 6/6 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 144,61 Kb. | | #148190 |
Bog'liq Excel dasturiQAT.docx 7-MavzuYordamchi ma`lumot tugmasi: Lentaning o`ng yuqori burchagida joylashgan so`roq belgisi ko`rinishidagi tugma bo`lib, uni tanlanganda Excel yordamchi ma`lumotlar oynasi hosil bo`ladi hamda unda kerakli mavzuni t anlab kerakli ma`lumotlarni o`qish mumkin.
Standart menyular: Ko`plab pastga qaratilgan ko`rsatkichli tugmalarni tanlanganda xuddi shunday menyular bilan ishlash kerak bo`ladi va ba`zi buyruqlarga mos tugmalar ham mavjud. Agar buyruqning oxirida uch tugma (…) ko`rinishidagi qo`shimcha bo`lsa, bu buyruqni t anlash muloqot oynasining ochilishiga olib keladi va u yerda kerakli qiymatlarni kiritish yoki tanlash kerak bo`ladi.
Hisoblagich: Ikkita – yuqoriga va pastga qaratilgan ko`rsatkichli boshqaruv elementi bo`lib, uning qiymati sifatida sonlar qaraladi hamda tugmalarni tanlanganda qiymat mos tarzda o`sadi yoki kamayadi. Xuddi shunday bu qiymatlarni klaviatura orqali “qo`lda” kiritish ham mumkin va bu kiritilayotgan qiymatlarning to`g`riligini Excel avtomatik tarzda tekshirib boradi.
Kontekst lenta bandlari: Bunday lenta bandlari biror yangi ob`yekt qo`yilgandan yoki tanlangandan so`ng hosil bo`ladi hamda ularning guruhlari nomlari Excel sarlavha satrida hosil bo`ladi. Bu kontekst lenta bandida shu tanlangan ob`yekt bilan bog`liq bo`lgan barcha xususiyat va parametrlar joylashgan bo`lib, u boshqa ob`yekt tanlanishi bilan yo`qoladi. Kontekst lenta bandini hosil qilish uchun shu ob`yekt ustida qo`sh chertish ham yetarli. Lekin barcha ob`yektlarda ham kontekst lenta bandi mavjud bo`lmasligini esda saqlang.
Maslahat
Standart bandlar: Lentadagi barcha bandlar shu qismga kirib, ular bir turdagi buyruqlarni o`z ichiga oladi. Masalan Вставка bandida elektron kitobga o`rnatish mumkin bo`lgan ob`yektlar tugmalari joylashgan. Главная bandigina turli xil to`plamdagi ko`p ishlatiladigan tugmalar bilan jihozlangan va shuning uchun ham shunday nomlangan.
Agar sizning sichqoncha qurilmangizda g`ildirakcha mavjud bo`lsa, lenta bandlari bo`ylab harakatlanishda undan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun sichqoncha ko`rsatkichini lenta ustiga olib o`tib, g`ildirakchani aylantirish kifoya.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Google.com qidiruv tizimi
2.
Arxiv.uz sayti
3.
Referat.uz sayti
4.
Kompyuterli modellashtirish fanidan ma’ruza matni
5.
O’quv uslubiy qo’llanma
|
| |