|
Mavzu: Eng muhim oksidlarning ishlatilishi. Reja: Xalq xo’jaligida ishlatiladigan asosiy oksidlar bilan tanishish
|
Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 3,17 Kb. | | #100478 |
Bog'liq Mavzu Eng muhim oksidlarning ishlatilishi-azkurs.org
Mavzu: Eng muhim oksidlarning ishlatilishi
Mavzu: Eng muhim oksidlarning ishlatilishi. Reja: 1. Xalq xo’jaligida ishlatiladigan asosiy oksidlar bilan tanishish. 2. Oksidlarning fiz-kimyoviy xossasidan foydalangan holda turli sohalarga tadbiq etish. 3. CO2, SiO2, CaO, SO3, NO2 oksidlarning ishlatilishini o’rganish. Karbonat angidrid CO2
Havodagi massa ulushi 0,03 %. Nisbiy molekulyar massasi 44. Tabiatda fotosintez jarayonida uglevodlarning hosil bo’lishida ishtirok etadi.
Ishlatilishi:Qattiq holdagi karbonat angidrid «quruq muz»-sovutgich sifatida, Kir sodasi, ichimlik sodasini olishda ishlatiladi.
Quruq muz va uning ishqor eritmasi bilan ta’siri Kremniy (IV) oksidi SiO2
Yer qobig’ida eng keng tarqalgan element – kislorod, so’ng kremniy, Sababi qumning asosiy qismi SiO2 dan iborat. Shuningdek kvars, ametist ,topaz kabi toshlar shu formulaga ega.
Ishlatilishi: qum asosiy qurilish xom ashyosi hisoblanadi, sement, shisha ,keramika, sopolning asosini tashkil etadi, laboratoriya shishasi haroratga chidamli kvarsdan iborat, tabiatda kvarsning ametist, sapfir, yoqut kabi minerallari qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi.
Kalsiy oksidi CaO
CaO-so’ndirilmagan ohak, kuydirilgan ohak nomlari bilan mashhur. Ohaktoshning kuydirilishidan olinadi:
CaCO3=CaO+CO2
Ishlatilishi: Qurilish sanoatida turli qorishmalar va sement olishda, asosli oksid sifatida tuproqning kislotaligini kamaytirishda, suvli eritmasi daraxt va o’simliklardagi turli zarakunandalarnibartaraf etish vositasi sifatida qo’llaniladi.
Sulfat angidrid SO3
Tabiatda mavjud emas, sanoatda sulfit angidridning sintezidan olinadi:
2SO2+O2=2SO3
Ishlatilishi: asosan sulfat kislotani olishda va u asosida dorivor preparatlar, avtomobil akkumulyatorining batareyalarida, kimya korxonalardakuchli kislotali erituvchi sifatida qo’llaniladi.
Qo’ng’ir gaz NO2
Zaharli, tabiatda mavjud emas, lekin chaqmoqchaqqanda oraliq modda sifatida hosil bo’ladi:
N2+O2=2NO
2NO+O2=2NO2
korxonalarda sariq tutun sifatida ajralganligi bois, tulkidumi nomini olgan
NO2 ning gaz va muzli muhitdagi holati. NO2 ning ishlatilishi
Asosan nitrat kislotaolishda va uning asosida turli xil dorivor preaparatlar, portlovchi vositalar, erituvchilar, tolalar olishda ishlatiladi.
Qimmatli azotli o’g’it olishda qo’llaniladi.
Uyga vazifa:
1. Mustaqil tarzda Ag2O, Al2O3, P2O5 oksidlarining qo’llanilish sohalarini o’rganib kelish.
2. O’tilgan mavzuni o’zlashtirish (111-112 bet)
http://azkurs.org
|
| |