• Elektron jadval tushunchasi.
  • Microsoft Excel elektron jadvali.
  • Ish O’rnining asosiy elementlari quyidagilardan iboratdir
  • EXCEL ishchi panelining ko‘rinishi quyidagicha
  • Microsoft Excel fayli.
  • 4. Katakcha tushunchasi.
  • Yonma-yon bolmagan oraliqlarni hosil qilish uchun esa «Sichqoncha»ning chap tugmasi yordamida birinchi katakcha oralig‘i ajratib olinib, CTRL tugmasi bosiladi.
  • Faol katakchalar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin
  • • katakchalar faollashtirilgandan so‘ng, unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilganlarni kiritish — klaviaturada terish, ENTERni bosish;
  • Mavzu: Excel jadval prosessori va elektron hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi




    Download 42.06 Kb.
    Sana31.10.2023
    Hajmi42.06 Kb.
    #91393
    Bog'liq
    1-amaliy
    Mirzahmedov M kurs ishi 3.02

    Mavzu: Excel jadval prosessori va elektron hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi.

    Reja:

    • Elektron jadval tushunchasi.
    • Microsoft Excel elektron jadvali.
    • Microsoft Excel fayli.
    • Katakcha tushunchasi.
    • Excel ning ixtiyoriy obyekti.

    Elektron jadval tushunchasi.

    Elektron jadvallar turmushning turli sohalarida uchraydigan iqtisodiy masalalarni hal etishda, jumladan, berilganlarni tez o’zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda (masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko’lamli masalalarni yechishda) qo’llaniladigan o‘ta quvvatli vosita hisoblanadi.

    Hisoblash electron jadvalining dastlabki dasturi 1979-yili Visicals (Visiblencalculators — ko‘rinib turuvchi kalkulator) nomi bilan Software Arts firmasida yaratilgan. Bu dastur APPLE II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko‘p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlangan. 1981-yili IBM PC kompyuteri paydo bo‘lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi.

    Hisoblashlar natijalarini ko’rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo‘lishi bu electron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo‘ldi. 1983-yili LOTUS firmasining 1—2—3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997- yil Microsoft firmasi tomonidan EXCEL dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o‘z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi.

    Microsoft Excel elektron jadvali.

    MICROSOFT EXCEL (qisqacha EXCEL) dasturi ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko‘rgazmaliroq ko‘rsatish va chop etish imkoniyatini beradi.

    Ish O’rnining asosiy elementlari quyidagilardan iboratdir:

    • «Sarlavha paneli» — hujjat nomidan iborat bo‘lib, tepadan

    birinchi panel. «Sarlavha panelida» hujjatning tizimli menyusi tugmasi va uni boshqarish tugmalari mavjud;

    • menyular satri — ikkinchi yo‘lak menyular ro‘yxatidan iborat bo‘lib, ularning har biri shaxsiy menyusiga ega.

    • Standart uskunalar paneli — EXCELning ko’pchilik eng muhim uskunalarini o‘z ichiga oladi. Ixtiyoriy uskunani yuklash uskuna belgisida «Sichqoncha» ning chap tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi;
    • Formatlash uskunalar paneli — bu panel shrift o‘lchamni belgilovchi, shrift stilini o’zgartiruvchi, shrift turini tanlash imkonini beruvchi uskunalar tugmalaridan tashkil topgan.

    EXCEL ishchi panelining ko‘rinishi quyidagicha:

    •formulalar satri — ekranda ajratib olingan katakchadagi mavjud ma’lumotlami chiqarish uchun;

    • hujjatning ish varag‘i — ustun va satrlarga biriktirilgan katakchalar to‘plami;

    • satrlar va ustunlar sarlavhasi — ishchi varaqlarning ajratilgan ustun va satrlar tarkibi;

    • holat paneli — ekranning eng pastki yo’lagi bo‘lib, joriy joyni ko’rsatib turadi, bundan tashqari biror menyu yoki buyruq tanlanganda, bu buyruq yoki menyu nima ish bajarilayotgani paqida ma’lumot beradi.

    Microsoft Excel fayli.

    Ishchi kitob varaqlardan iborat bo'lib, 1 dan 255 gacha bo'lgan miqdordagi varaqlardan tashkil topgan. Yangi ishchi kitobi ochilganda, 1-varaq 2-varaq (1-list 2-list...) deb nomlanuvchi 16 ta varaq bo‘ladi. Ishchi kitobi tarkibida varaqlarning quyidagi asosiy ko'rinishlari bo‘lishi mumkin;

    ish varag'i;

    diagramma varag‘i;

    VISUAL BASIC tipidagi modul varag'i;

    muloqotlar varag‘i.

    Varaqlar nomlari ishchi kitobi oynasining pastki qismidagi darchada chiqadi.

    Ishchi varaq — axborotlarni saqlash va qayta ishlab chiqish uchun mo'ljallangan bo‘lib, ustun va satrlarga biriktirilgan katakchalar majmuyidir. Par bir katakcha o‘z nomiga ega ishchi varag'ining ustun va satrlar kesishishi orqali topiladigan nomlari bilan beriladi.

    4. Katakcha tushunchasi.

    Oraliq ishchi varaqdagi ikki yoki undan ko‘p ajratilgan bo‘laklar — katakchalardir.

    Oraliqlar yonma-yon bo‘lishi yoki bo’lmasligi mumkin. Yonmayon oraliqlarni hosil qilish uchun birinchi katakcha oralig'ida «Sichqoncha» ning chap tugmasini bosish, kursorni esa oxirgi katakchaga olib borish lozim.

    Yonma-yon bo'lmagan oraliqlarni hosil qilish uchun esa «Sichqoncha»ning chap tugmasi yordamida birinchi katakcha oralig‘i ajratib olinib, CTRL tugmasi bosiladi.

    5. Excel ning ixtiyoriy obyekti.

    Ishchi varag'idan ajratib olingan katakcha faol katakcha deyiladi.

    Faol katakchalar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:

    • katakchaga berilganlami kiritish;

    • katakchadagi mavjud berilganlami tahrirlash;

    katakchalarni nusxalash;

    • katakchalarni ko'chirish;

    • katakchalarni formatlash;

    • katakchalarni tozalash;

    • katakchalar faollashtirilgandan so‘ng, unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilganlarni kiritish — klaviaturada terish, ENTERni bosish;

    Formulalar (katakchaga yozilishi lozim bo‘lgan hisoblash ishlarining ketma-ketligi) — agar ishchi varag‘ining qiymatlari o'zgarsa, formulani hisoblash natijasida chiqadigan qiymatlar ham o'zgaradi.


    Download 42.06 Kb.




    Download 42.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Excel jadval prosessori va elektron hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi

    Download 42.06 Kb.