Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари




Download 1,89 Mb.
bet44/139
Sana29.01.2024
Hajmi1,89 Mb.
#148083
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   139
Bog'liq
Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол

Qur’onning jamlanishi. Muhammad alayhis-salom hayotlik chog’larida yana vahy tushib qolar degan umidda Qur’on jamlanib, kitob holiga keltirilmagan edi. Payg’ambar vafotlaridan keyin Qur’on kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida saqlanib qoldi. Payg’ambardan so’ng musulmonlarga Abu Bakr (572-634) boshliq etib saylandi. Uning xalifalik davrida (632-634) mu’minlar va murtad(dindan qaytgan)lar o’rtasida shiddatli janglar bo’lib o’tdi. Ushbu janglarda Qur’onni to’liq yod olgan qorilar ko’plab shahid bo’ldilar. Shunda Umar ibn al-Xattob (585-644) Abu Bakrga «barcha qorilar shu zaylda o’lib ketaversa Qur’on nuqsonli bo’lib qolishi mumkin, shu sababli uni jamlab kitob holiga keltirish zarur» degan maslahatini beradi. Avvaliga Abu Bakr ikkilanib turadi, chunki bu ish Payg’ambar hayotlik paytlarida qilinmagan edi. Keyinroq Abu Bakr ham Qur’onni kitob shakliga keltirib qo’yish zarurligini anglab etdi va Zayd ibn Sobit ismli sahobani chaqirib bu ishni unga topshiradi. Chunki, Zayd Payg’ambar alayhis-salom bilan juda ko’p birga bo’lgan, Qur’onni juda ham yaxshi yod olgan va Rasululloh huzurlarida yozgan. Payg’ambar umrlarining so’nggi yilida farishta Jabroil alayhis-salomga Qur’onni avvalidan to oxirigacha o’qib berganlarida birga bo’lgan edi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Qur’onni kiyik terisidan bo’lgan sahifalarga yozib chiqdilar va bog’lab Abu Bakrning uyida saqlab qo’ydilar. Bu «suhuf» - sahifalar deb nomlandi. Abu Bakr olamdan o’tgandan keyin sahifalar Umar ibn al-Xattob uyiga, u olamdan o’tgandan so’ng, uning qizi - Payg’ambar alayhis-salom ayollari Hafsada qoldi.
Vaqt o’tishi bilan ko’plab xalqlar musulmonlikni qabul qilishi natijasida musulmonlarning soni ko’paya bordi. Turli tillar va shevalar o’rtasida mavjud farqlarga ko’ra Qur’onni qanday o’qish kerakligi borasida ixtiloflar chiqa boshladi. Bu holatni ko’rgan o’sha vaqtda xalifalik qilgan Usmon ibn Affon (644-656) Hafsa binti Umardan Abu Bakr va Umar davridagi suhuflarni so’rab olib undan nusxa ko’chirishga buyruq beradi.
Xalifa Usmon ibn Affon topshirig’iga binoan Zayd ibn Sobit barcha Qur’on suralarini yig’ib, taqqoslab chiqib qaytadan Qur’on matnini jamlagan. Qur’onning birinchi rasmiy nusxasi 651 yil taqdim etildi. U asl nusxa hisoblanib yana uchta, ba’zi manbalarga ko’ra ettita nusxa ko’chirtirilib, yirik shaharlardan - Basra, Damashq, Kufaga jo’natiladi. «Imon» deb nomlangan asl nusxa esa Madinada, xalifa Usmon huzurida qoldi. Ko’chirilgan nusxalar «Mushafi Usmon» deb ataldi.
Nusxalar tayyor bo’lgandan so’ng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nusxaga bitta qori qo’shib jo’natdilar va hammaga faqat Qur’onning shu nusxasidan ko’chirishga buyruq beradi.
Mazkur Qur’on 5553 varaqdan iborat bo’lib, varaqlar o’lchami 68x53 sm., matn hajmi 50x44 sm.dir. Sahifalar kiyik terisidan ishlangan bo’lib, har biriga 12 qatordan chiroyli kufiy xatida yozuv bitilgan. Ko’p varaqlari yo’qolgan va keyinchalik qog’oz sahifalar bilan to’latilgan.
Tataristonlik islom olimi Shihobuddin al-Marjoniyning (1818-1889) aytishicha, Qur’onni qayta tiklash Samarqandda joylashgan «Mug’ak masjidi» imomi Abdurrahim ibn Usmon (vaf. 1838 y.) tarafidan bajarilgan.
Arab tarixchilarining xabar berishlaricha, xalifa Usmon Qur’onni mutoala qilib o’tirganlarida o’ldirilgan. U kishining qoni Qur’onga to’kilgan. Shu tufayli ham Usmon Qur’oni asl nusxaligi va xalifa qoni to’kilganligi bilan musulmon dunyosida muqaddas kitob hisoblanib, alohida e’tiborga sazovordir. Bizdagi, ya’ni Toshkent shahridagi Usmon Qur’onida ham qon izlari bo’lib, shu nusxa xalifa Usmonga tegishli degan fikrlar mavjud.
Usmon Qur’oni ruslar O’rta Osiyoni bosib olguncha Samarqandda, Xo’ja Axror madrasasida saqlanar edi. Qur’onning Samarqandga keltirilishi haqida ham xalq o’rtasida har xil rivoyatlar mavjud. Ulardan birida muqaddas kitobni Abu Bakr al-Qaffol ash-Shoshiy (976 yili vafot etgan, Toshkentda dafn qilingan) Bag’doddan olib kelgan deb hikoya qilinadi. Avlodlar osha Abu Bakr Qaffol Shoshiy merosxo’rlaridan Xo’ja Ahror qo’liga o’tgan va u kitobni o’zi qurdirgan madrasaga qo’ydirgan. Ikkinchi bir rivoyatda esa Xo’ja Ahror muridlaridan biri Makkadan haj qilib qaytayotganida Istambulga kiradi va borib Sultonni og’ir hastalikdan davolaydi. Sulton minnatdorchilik bildirib, unga Qur’onni tortiq qiladi.
Bizning va arabshunos olimlarning fikricha bu Qur’on sohibqiron Temur tomonidan Basradan ko’plab qo’lyozma kitoblar va boshqa o’ljalar bilan birga Samarqandga keltirilgan va mashhur Temur kutubxonasiga qo’ydirilgan. Temuriylar davridagi o’zaro kelishmovchiliklarda Temur kutubxonasi yondirilib yuborilgan. Tasodifan shu nusxa omon qolgan.
Qur’onni chuqur ilmiy taftish etgan Sankt-Peterburglik sharqshunos olim A.V.Shebunin fikricha, Qur’on Basradan Sohibqiron Temur tomonidan Samarqandga keltirilgan. chunki, Shebunin Parij, Berlin va Makkadagi boshqa nusxalariga solishtirib, bizdagi Qur’onning Basra nusxasi ekanligini isbotlab berdi. 400 yil davomida bu muqaddas kitob Samarqandda saqlanadi.




  1. Download 1,89 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   139




Download 1,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари

Download 1,89 Mb.