• O‘zbekistonda hadisshunoslik rivoji
  • Buyuk muhaddislar hayoti va ijodi




    Download 1,89 Mb.
    bet40/139
    Sana29.01.2024
    Hajmi1,89 Mb.
    #148083
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   139
    Bog'liq
    Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол

    Buyuk muhaddislar hayoti va ijodi. Imom Ismoil al-Buxoriy (810-869 yy.) Buyuk hadisshunos olim Imom Buxoriy hayoti davomida 600 ming hadis to‘plab, ulardan 7275 hadisni o‘zining 4 jildlik «Ishonarli to‘plam»iga kiritdi. Islom dunyosining yirik olimi, hadisshunoslikda eng yuqori pog‘onaga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriyning 1205 yilligi 1998 yil xalqaro miqyosda tantanali nishonlandi va u vafot etgan Samarqand atrofidagi Chelak shahrida nihoyatda xashamatli ziyoratgoh qurildi. Bu erga jahonning turli joylaridan minglab odamlar ziyoratga kelmoqdalar.
    Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-894yy) Islom dunyosida mashhur bo‘lgan hadischi olim Imom at-Termiziy Termiz yaqinidagi Bug qishlog‘ida tug‘ilgan. 26 yoshidan boshlab Samarqand, Buxoro, Xijoz, Iroq, Nishopur shaharlarida mashhur muxaddis olimlar bilan uchrasha boshladi. Uning buyuk hadischi olim bo‘lib, etishishida Imom Ismoil al-Buxoriy ustozligi katta o‘rin tutadi. Umrini hadislar to‘plashga bag‘ishlagan At-Termiziydan katta ilmiy meros, jumladan: «Kitobi al-Jom’e as-saxix», «Kitob ul ilm», «Kitobi at-Tamoyili an-Nabaviy», «Kitobi az-zuxl», «Kitobul ismi val xuna» kabi asarlar qolgan.
    Burxoniddin Marganoniy. (1197-yilda vafot qilgan). To‘liq ismi Burxoniddin Marginoniy Ibn Abu Bakr al-Farg‘oniy al-Rishtoniy. Burxoniddin fi ilmiga (din, shariat haqidagi fan) oid bir nechta risolalarni «Bidoyatul mubtadiy» (ilmga-kirishuvchi dastlabki asos) «Al mazid» (ziyoda qilish) «Kitobul faroiz» (farzlar haqida kitob) va boshqa asarlarni yozib oldirgan. Burxoniddin Marginoniyning «Xidoya fi furu’ al-fukx» (Fikx sohalari bo‘yicha qo‘llanma) asari 56 kitobdan iborat bo‘lib, bu asar shariat kodeksi deb ataladi
    O‘zbekistonda hadisshunoslik rivoji. Turli mafkuraviy xurujlar avj olayotgan bugungi kunda yurtimizdan yetishib chiqqan alloma va mutafakkirlarimizning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ulardagi ezgu g‘oya va ta’limotlarni xalqimizga yetkazish va shu asosda yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni kuchaytirish, ularni azaliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash muhim vazifalardan hisoblanadi.
    Prezidentimiz 2017 yil 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida dolzarb mintaqaviy va global muammolar yechimi yuzasidan fikrlar bildirar ekan, jumladan, butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazish, uni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan tenglashtirmaslik zarurligi, Markaziy Osiyoning islom va jahon sivilizasiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ko‘plab yorqin namoyandalari, jumladan Imom Buxoriy boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida tarbiyalash, yoshlarni zo‘ravonlik g‘oyasi “virusi”dan himoya qilishni eng muhim vazifalar sifatida ta’kidlagan edi.
    Yurtimizda barcha sohalar qatori diniy-ma’rifiy yo‘nalishda ham ulkan islohotlar, xususan, muqaddas islom dinini o‘rganish, ajdodlar merosini qayta tiklash va ularni kelajak avlodlarga asl holicha yetkazish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbuslari bilan buyuk ajdodlarga munosib vorislarni tayyorlash maqsadida yurtimizda diniy ta’lim tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
    Movarounnahr zaminidan yetishib chiqqan buyuk muhaddislar Imom Dorimiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abdulloh ibn Muborak, Ibn Hibbon, Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad Barokotiy, Ibrohim ibn Ma’qil Nasafiy va Abd ibn Humayd Keshiylar tomonidan hadis maktablariga asos solingan bo‘lib, ushbu ilmu ma’rifat va ziyo maskanlari hadis ilmi rivoji hamda dunyo ilm-fan taraqqiyotida o‘chmas iz qoldirgan.
    “Hadis ilmining sultoni” nomini olgan buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” kitobi musulmon dunyosida Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, islom dini e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘i hisoblanadi.
    Buyuk allomalarimiz asos solgan hadis ilmi an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish, ular qoldirgan boy ilmiy merosni o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Hadis ilmi maktabi tashkil etildi.
    Yangi tashkil etilgan Hadis ilmi maktabining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
    – islom dinining asl mohiyatini, ilmiy-ma’naviy asoslarini, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar merosini o‘rganish, ijtimoiy, axloqiy masalalar hamda yoshlar tarbiyasiga doir manbalarni keng yoritish va targ‘ib qilish orqali “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori asosida faoliyat olib borish;
    – hadis ilmi asoslarini chuqur egallagan, unga oid tadqiqotlar bilan yaqindan tanishgan va sohadagi zamonaviy muammolarni hal qila oladigan, shuningdek, bu borada ilmiy izlanishlar olib bora oladigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash;
    – Qur’oni karim va hadislarning asl mohiyati, hadis maktabining ilmiy-ma’naviy asoslari, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy va yurtimizdan yetishib chiqqan boshqa muhaddis allomalar merosini har tomonlama o‘rganish va ular asosida ilmiy-tadqiqot va tarjima ishlarini olib borish;
    Bu ilm dargohining o‘ziga xos jihati shuki, unda “Sihohi sitta” ya’ni butun dunyo olimlari tomonidan “Olti ishonchli to‘plam” deb e’tirof etilgan hadis kitoblari to‘liq o‘qitiladi.
    Hadis ilmi maktabida Qur’on karim, fiqh, aqoid, tafsir, islom tarixi, arab tili va boshqa fanlar bo‘yicha chuqur bilimlar berilishi bilan bir qatorda, hadis va unga oid ilmlar o‘rgatiladi.
    Jumladan, “Hadis”, “Mustalahul hadis” (Hadis istilohlari), “Hadis va sharh, “Ahkomul-hadis” (Hukm olinadigan hadislar sharhi), “Jarh va ta’dil” (Roviylarni holatlari to‘g‘risidagi fan), “Taxrij va dirosatul asonid” (Hadis isnodlarini chiqarish va o‘rganish), “Ilalul hadis” (Hadis illatlari va uni zaif qiluvchi sabablar) kabi mutaxassislik fanlari o‘qitiladi.
    Albatta mutaxassislik fanlari qadimgi Samarqand, Buxoro diniy ta’lim tizimi an’analariga muvofiq tarzda, yurtimizda ming yillar davomida o‘qitilib kelingan moʻtabar darslik va o‘quv kitoblari asosida o‘rgatiladi.
    Shuningdek, Hadis ilmi maktabi bitiruvchilari respublikadagi diniy ta’lim muassasalarida hadis va unga oid fanlardan dars berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Download 1,89 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   139




    Download 1,89 Mb.