|
Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
|
bet | 37/139 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 1,89 Mb. | | #148083 |
Bog'liq Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолUsmon mus’hafi tarixi. Bundan yuz yil muqaddam Samarqand shahridagi Usmon Mushafi Peterburgdagi podshoh kutubxonasiga olib ketilgan va Oktyabr inqilobidan keyin musulmonlarning talabi bilan O‘zbekistonga qaytarilgan edi. U Toshkentdagi qadimiy yodgorliklar muzeyida maqomiga yarasha ko‘z qorachig‘iday asraladigan va e’zozlanadigan, muborak boylik sifatida saqlanadigan merosga aylandi. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining kutubxonasida shu Mushafdan fotografiya usuli bilan olingan nusxalar saqlanar edi. Yaqin yillardan beri ushbu kutubxonani ziyorat qiluvchilar soni ko‘paydi. Ular bu yerda mazkur nusxani ko‘rib, ba’zilari yodgorliklar muzeyiga borib, unda Mushafning aslini ziyorat qilishga musharraf bo‘la boshladilar va bundan juda hayratlandilar. Bu orada Mushafi Usmoniy xalq ichida juda mashhur bo‘lib ketdi va ommaning unga bo‘lgan qiziqishi ortdi. Shu munosabat bilan diniy idora Mushafni o‘rganish, uning qadimiy va hozirgi holatlari ustidan sirli pardani olish lozim va vojib deb bildi. Mushafga qiziquvchi va tadqiqotchilarning ehtiyojlariga javob beradigan uning tarixi va haqiqati to‘g‘risida bir kitob chiqarilishini zarur deb topdi. Bu borada olib borilgan ko‘p izlanishlardan so‘ng, Islom olamini Mushafning mavjudligi va uning maqomi bilan tanishtirish uchun fazilatli olim, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining rais noiblari, shayx Ismoil Maxdum hafizahulloh hazratlari muxtasar bir kitob tasnif qildilar.
Mazkur Mushaf bir paytlar Samarqandda bo‘lib, uning ulug‘ qadriyatiga hamma ham e’tibor bermas edi, uni asl mohiyati va tarixini bilmagan holda, tabarukkona ziyorat qilinardi, xolos. Chunki, o‘sha vaqtda bu o‘lkada ilmu irfon nuri susaygan va bid’atlar kuchaygan davr hukmron edi. Ruslar Samarqandni ishg‘ol qilgach (1285 hijriy va (1868 melodiy) yil.) bu qimmatli gavharga qiziqib qoldilar. Tezda uning dovrug‘i hamma yoqqa tarqaldi. Shu paytdan boshlab uning to‘g‘risida gazeta va jurnallarda maqolalar paydo bo‘la boshladi. Sovetlar davrida bu Mushafni tadqiq qilib o‘rganuvchilar ko‘paydi. Bu davrga kelib ilm-fanning ko‘p tarmoqlari vujudga keldi. O‘zbekistonda har sohaning o‘z olimlari yetishib chiqdi. Toshkent asta-sekin ilm-ma’rifat markaziga aylandi. Poytaxtga jahonning barcha yurtlaridan delegasiyalar, turli sayyohlar kela boshladilar. Ular Mushafning xabarini eshitgach, uni ziyorat qilish istagini bildirib, tarixi bilan qiziqdilar. Ayniqsa, musulmon delegasiyalarining a’zolari bu muborak Mushaf to‘g‘risidagi haqiqatni bilishga katta ehtirom ko‘rsatdilar. Shu bois O‘rta Osiyo va Qozog‘iston (hozirgi Movarounnahr. Tarj.) musulmonlari diniy idorasi bu Mushafi sharif to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida bir kitob yozishni zarur deb topdi. Kamina Allohdan madad so‘rab mazkur muhim vazifani ado etish uchun diyorimizda mashhur bo‘lgan Usmon Mushafiga taalluqli rivoyatlarni va mashhur asarlardagi unga tegishli xabarlarni jamlab, risola holida tasnif qildim. Uning avvaliga Qur’oni karim tarixini va hazrati Abu Bakr va Usmon roziyallohu anhular davrlaridagi uni jam’ qilishga taalluqli muhim masalalarni kiritdimki, ushbu Mushafi sharifimizning o‘rganilishi ana shular sifatiga bog'liqdir.
Qur’on oyatlari Payg‘ambar alayhissalomga nozil bo‘lish chog‘ida, ul zot huzurlaridagi sahobalarga vahiyni tilovat qilib berar va uni yozib oluvchilarga oyatning joyini ko‘rsatib, bu oyatni falon suraning falon joyiga qo‘yinglar deb, amr qilar edilar. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytib turgan oyatlarni xurmo po‘stloqlariga, yapaloq tosh-taxtachalarga, terilarga va hayvonlarning kurak suyaklariga yozib olar edilar. Rasulullohning huzurlarida Qur’ondan nozil bo‘lgan oyatlarni eshitgan kishilar darhol ushbu oyatlarni yodlab olar va boshqalarga yetkazar, qiroat qilish, uni fahmlash uchun takror-takror o‘qir edilar.
Imom Muslim Abu Saiddan quyidagi hadisni keltiradilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mendan Qur’ondan bo‘lak hech narsani yozmanglar». Mana shu tartibning o‘ziga binoan Payg‘ambar alayhissalom Qur’onni namozlarda va boshqa munosabatlar bilan tilovat qilgan chog‘larida sahobai kiromlar uni yodlab olar va o‘rganar edilar. Shunday qilib, Qur’onning yozilishi va qalblarda yod olinishi, uning nozil bo‘lishi bilan bir vaqtda kechdi, sahobalarning ba’zilari Qur’onni to‘la yod olgan bo‘lsalar, ba’zilari esa bir qancha suralarni yod bilar edilar. Rasululloh vafot etgan vaqtlarida Qur’oni karim to‘liq holda sahobalar tomonidan yod olinib, xurmo, tosh-taxtacha va boshqa narsalarga yozilgan edi. Rasululloh davrlarida Qur’onni to‘liq yod olgan sahobalardan o‘ttiz kishi sanab o‘tilgan. Rasulullohning 44 ta vahiy yozuvchi-kotiblari bo‘lgan. Shundan 14 talari mashhur. Ular navbatma-navbat kotiblik qilganlar. Bulardan tashqari huzurlarida hozir bo‘lgan boshqa kishilar ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan oyatlarni yozib olar va yodlar edilar.
|
| |