|
Hadis tushunchasining ma’nosi, uning islom dinidagi roli va ahamiyati
|
bet | 38/139 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 1,89 Mb. | | #148083 |
Bog'liq Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолHadis tushunchasining ma’nosi, uning islom dinidagi roli va ahamiyati. Hadis (arabcha: xabar, gap, yangilik) — Muhammad (s.a.v) aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, iqrorlari to‘g‘risidagi rivoyat. Islom dinida Qur’ondan keyin 2-manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat bo‘ladi: matn va isnod. Hadis 2 turga — hadisi qudsiy (ma’nosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan bo‘lgan hadislar) va hadisi nabaviyga bo‘linadi. Hadislar e’tiborga olinishi jihatidan 3 qismga bo‘linadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif.
Qur’onda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (s.a.v) o‘z hadislarini aytardi. Bu hadislarni payg‘ambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Payg‘ambar vafotidan so‘ng hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda to‘play boshladilar. Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis to‘plamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu to‘plamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan bo‘lib, ularda payg‘ambar hadislari bilan sahobalar va tobe’inlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi.
Hadislarni o‘rganish va tarqalish jarayoni. Hijriy 3-asrda hadis tahlil etish sohasida „musnad“, „sahih“, „sunan“ deb atalmish turli yo‘nalishlar vujudga keldi. „Musnad“ yo‘nalishida tasnif etilgan to‘plamlarda turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga ko‘ra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalg‘ning hadis kitoblari shu yo‘nalishga mansub. „Sahih“ yo‘nalishiga to'g‘ri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu yo‘nalishga Imom Buxoriy asos solgan. „Sunan“ yo‘nalishidagi to‘plamga esa, to‘g‘ri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda „zaif“ hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso at-Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja to‘plamlari shu yo‘nalishga mansubdir.
Movarounnahrda birinchi bo‘lib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy hadis to‘plamini ta’lif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh al-Marvaziy, Haysam ibn Kulayb ash-Shoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Ma’qul an-Nasafiy va boshqalar hadis to‘plamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixti-loflar natijasida, payg‘ambar nomidan yolg‘on hadislar to‘qish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgo‘ylik oqibatida ko‘plab ishonarsiz, to‘qima hadislar yuzaga kelgan.
Davr o‘tishi bilan hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9— 10-asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta to‘plami vujudga kelgan. Bular: „Sahihi Buxoriy“, „Sahihi Muslim“ (q. Muslim ibn Hajjoj), „Sahihi Termiziy“, „Sunani Abi Dovud“, „Sunani Ibn Moja“, „Sunani Nasoiy“. „Sahihi Buxoriy“ ko‘proq e’zozlanadi. Bu 6 ta hadis to‘plamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik bo‘lgan. Hadislar to‘plami sunna deb nom olgan. Hadislarni yig‘uvchi, sharhlovchi, targ‘ib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan.
Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va g‘oyaviy merosining ko‘p unsurlari islomga hadis shaklida o‘tgan. Hadis yig‘ish o‘rta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati bo‘lib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. Hadis har qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi bo‘lgan; undan hikmatli so‘z va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning „Sahihi Buxoriy“ asari islom olami oliy o‘quv yurtlarining shariat fathlarida asosiy o‘quv qo‘llanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning „Sahihi Buxoriy“ hadislar to‘plami 4 jildda (1-jild — 1991, 2-jild — 1996, 3-jild — 1994, 4-jild −1992), 2-nashri esa 1997-yilda Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Muhammad Termiziyning „Sahihi Termiziy“ hadislar to‘plami 1-jildining o‘zbekcha tarjimasi 1999-yil Toshkentda chop etildi. Bulardan tashqari „Ming bir hadis“ tarjimasi, „Qudsiy hadislar“ tarjimasi ham nashr etildi.
|
| |