|
Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
|
bet | 71/139 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 1,89 Mb. | | #148083 |
Bog'liq Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолFundamentalizm – (lotincha – «asos») tushunchasining ma’nosi muayyan ijtimoiy hodisaning dastlabki ko‘rinishini anglatadi.
Diniy fundamentalizm – «ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin», degan fikrni ilgari surish ta’limotini anglatadi. Istilohda aqidaning o‘zgarmasligini himoya qiladigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang‘ich davrida belgilangan barcha yo‘l-yo‘riqlarni qat’iy va og‘ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo‘llaniladi.
«Fundamentalizm» atamasi aslida xristian dini bilan bog‘liqdir. Fundamentalizm iborasi birinchi bor I-jahon urushi arafasida vujudga kelgan protestantlikdagi ortodoksal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim 1910 -yildan keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an’anaviy aqidalariga, ayniqsa Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonishni mustahkamlash, uni so‘zma-so‘z sharhlashga qat’iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik Amerikada keng tarqalib ketdi. 1919 -yili Filadelfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
XX asrning 70-yillaridan boshlab, bu so‘z islomga nisbatan qo‘llanila boshladi. Bunda «fundamentalizm» atamasi – Qur’on va hadislarni so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan aqidalarni targ‘ib qiluvchi diniy-konservativ ruhdagi yo‘nalishga nisbatan ishlatildi. Buning natijasida jahon matbuotlarida islom niqobidagi mutaassib jangarilarni «fundamentalistlar» deb atash ham odat tusiga kirdi.
Shunday ekan, ekstremizm yoki fundamentalizmni faqat muayyan din bilan bog‘lash mutlaqo asossiz. Xususan, islom dini, u bilan bog‘liq turmush tarzi va qadriyatlar majmui hech qachon ekstremistik tuzilmalarning go‘yo din va musulmon jamoasi ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan terrorchilik xurujlarining asosiy sababi sifatida qaralishi mumkin emas.
Islom shiorlaridan tanlab foydalanadigan, dinning asl mohiyatini buzib talqin qiladigan ekstremistik tuzilmalar xuddi yuqoridagi kabi go‘yoki, keng xalq ommasi bilan uzviy birlik mavjudligini ko‘rsatish, aslida esa jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni yuzaga keltirish uchun mablag‘ yig‘ish, asosiy tahdid manbai sifatida odamlar ongini egallash, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishishdek ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko‘zlaydi.
Hozirgi davrda ko‘plab ekstremistik uyushmalar va mutaassib harakatlar turli dinlar, shu jumladan, islom, xristianlik, yahudiylik dinlari ta’limotlaridan foydalanmoqdalar.
|
| |