• Mutaassiblik
  • Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари




    Download 1,89 Mb.
    bet72/139
    Sana29.01.2024
    Hajmi1,89 Mb.
    #148083
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   139
    Bog'liq
    Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол

    Aqidaparastlik (arab. – «aqida» – «ishonch», «biror narsani ikkinchisiga bog‘lash») muayyan sharoitda, biron-bir g‘oyaga qat’iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi. U muayyan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy kengaytirishga urinishda yorqin namoyon bo‘ladi.
    Mutaassiblik (arab. – «g‘uluv ketish», «chuqur ketish») o‘z fikr-mulohaza va dunyoqarashi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonib, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo‘nalishlar orasida keskin nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
    Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy mutaassiblik g‘oyalarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu jarayonning eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyatga intilish, dindan odamlar orasiga nifoq solish, qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g‘arazli manfaatlarni ro‘yobga chiqarishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda.
    Demak, diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo‘lishidir. Mutaassiblik diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi. Shu o‘rin qayd etish joizki, ko‘p manbalarda «aqidaparastlik» so‘zi hozirgi voqelikdan kelib chiqib «mutaassiblik» so‘zi bilan almashtirilgan holda iste’foda etilmoqda.
    Mutaassiblik va g‘uluv Qur’oni karimda muhokama qilingan mavzulardan hisoblanib, uning har qanday ko‘rinishi qat’iy rad etilgan. Jumladan, «Moida» surasida shunday deyiladi:
    «Ey, imon keltirganlar! Sizlar uchun Alloh halol qilib qo‘ygan narsalarni haromga chiqarmangiz va haddan oshmangiz! Zero, Alloh haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi» (Moida, 87).
    Payg‘ambarimiz (alayhis-salom) ham o‘zlarining qator hadislarida diniy masalalarda haddan oshganlar noto‘g‘ri yo‘lda ekanini ko‘p bor ta’kidlab, ularning aksariyati Allohning g‘azabiga uchrab, halok bo‘lganini aytib o‘tganlar. Jumladan, Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda: «Albatta, din osonlikdir. Kim dinda chuqur ketsa, u yengiladi», deyilgan. Boshqa bir hadisda esa, Rasululloh (alayhis-salom) «Dinda chuqur ketadiganlar halok bo‘ldi. Dinda chuqur ketadiganlar halok bo‘ldi. Dinda chuqur ketadiganlar halok bo‘ldi», deb uch bora takror aytganlarining o‘zidan ham mutaassiblik va g‘uluvning naqadar yomon illat ekanini ko‘rishimiz mumkin.
    2.Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari. Terrorizm (lotincha – «qo‘rqitish», «vahimaga solish») – aholining keng qatlamlarida vahima va qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir.
    Terror – ommaviy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun zo‘ravonlikdan hamda zo‘ravonlik qilish bilan tahdid solishdan muntazam foydalanishdir. Shunday qilib, «terror» dushmanni jismoniy zo‘ravonlik yo‘li bilan qo‘rqitish, hatto uni jismonan yo‘q qilishni anglatadi. «Terrorizm» esa terror amaliyotidir. Bu ikki tushunchani shu tarzda chegaralash maqbul bo‘lsa, u holda terrordan kelib chiqqan terrorizm aslo yangi hodisa bo‘lmay, bugungi kungacha asrlar qo‘ynidan yetib kelgan, deb hisoblash mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida «terrorizm»ga quyidagicha ta’rif berilgan: «Terrorizm –xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy va yuridik shaxsni biron bir faoliyatini amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo‘rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek, terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishini, ishlab turishini, moliyalashtirilishni ta’minlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalar va resurslar berish yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat».
    Yuqorida keltirilgan ta’riflarda terrorizmning nihoyatda muhim bir xususiyati – uning muayyan siyosiy maqsad yoki amaliy natijalariga emas, balki u yoki bu xuruj natijasida odamlar orasida, ijtimoiy fikrda yuzaga keladigan xavotirli aks-sado, shov-shuvga erishishga qaratilgani ta’kidlangan. XX asrning 60-yillaridan boshlab, terrorizmning mojarolarni keltirib chiqaruvchi hodisa sifatidagi salohiyati, butun-butun mintaqalar yo‘nalishi turlicha bo‘lgan terrorchi tashkilotlar va guruhlar faoliyat ko‘rsatgan joylarga aylanib qoldi. Buning natijasida, terrorchilik harakatining ko‘lamigina emas, balki metodlari ham o‘zgardi. Uning eng dahshatli ko‘rinishlaridan biri – o‘zini avvaldan o‘limga tayyorlagan terrorchi-kamikadzelar tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlarni keltirish mumkin.
    Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy bo‘la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg‘otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
    Demak, terror, terrorchilik faoliyati, terrorchi birgalikda bir butun hodisa sifatida terrorizmni tashkil etadi. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi.

    Download 1,89 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   139




    Download 1,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари

    Download 1,89 Mb.