• 3.Dinga estetik yondashish, diniy axloq, axloqiy qadryatlar va meyorlar dialektikasi. Iymon va e’tiqodning shakillanishiga ijtimoiy muhitning ta`siri.
  • 5.O’zbekiston yoshlarining diniy manbalardagi axloqiy tarbiyaga oid g`oyalarni o`rganishning ahamiyati. Dunyoviy hayot va diniy qadryatlarning mutanosibligi.
  • Xulq
  • -mavzu. Duyoviy bilimlar va diniy e’tiqod birligiga erishishning ahamiyati




    Download 1,89 Mb.
    bet75/139
    Sana29.01.2024
    Hajmi1,89 Mb.
    #148083
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   139
    Bog'liq
    Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол

    15-mavzu. Duyoviy bilimlar va diniy e’tiqod birligiga erishishning ahamiyati.
    Reja:
    1.Yangi O‘zbekistonda dunyoviy va diniy ta`lim-tarbiyaga munosabat, diniy ta`limning yo`nalishlari.
    2.Yangi O`zbekiston oliy ta`lim muassasalarida diniy ta`limni tashkil etishning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati.
    3.Dinga estetik yondashish, diniy axloq, axloqiy qadryatlar va meyorlar dialektikasi. Iymon va e’tiqodning shakillanishiga ijtimoiy muhitning ta`siri.
    4.Texnogen sivilizatsiya davrida diniy e’tiqodni tarbiyalash va diniy matnlarni o`qishda hushyorlikni oshirishning zarurati.
    5.O’zbekiston yoshlarining diniy manbalardagi axloqiy tarbiyaga oid g`oyalarni o`rganishning ahamiyati. Dunyoviy hayot va diniy qadryatlarning mutanosibligi.

    15.1. Yangi O‘zbekistonda dunyoviy va diniy ta`lim-tarbiyaga munosabat, diniy ta`limning yo`nalishlari.


    Bugunki kunda respublikada 16 ta diniy konfessiyaga mansub 2238 ta diniy tashkilot, 130 dan ortiq millat vakillarini o‘zida jamlagan 140 ga yaqin milliy-madaniy markaz, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti, pravoslav va protestant seminariyalari faoliyat olib bormoqda. Ularda talabalar diniy ilmlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlarni olish imkoniyatiga ham ega.
    Sobiq Ittifoq davrida Buxoro shahridagi “Mir Arab” madrasasi va Toshkent shahrida Toshkent islom instituti faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, istiqlolning dastlabki yillaridanoq fuqarolarning diniy ta'lim olishga bo'lgan ishtiyoqi tufayli o'nlab diniy ta'lim muassasalari O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida faoliyat ko'rsata boshladi.
    1998 yildan diniy ta'lim muassasalari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qayta ro'yxatdan o'tkazilib, barcha madrasalar o'rta maxsus islom bilim yurti deb ataladigan bo'ldi. Bugungi kunda respublikada 10 ta diniy ta'lim muassasasi Toshkent islom instituti va 9 ta o'rta maxsus islom bilim yurtlari (shundan 2 ta ayol-qizlar bilim yurti) faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Mazkur diniy ta'lim muassasalarining ta'lim standartlari 2001 yildan boshlab umumta'lim fanlarini kasb-hunar kollejlari bilan bir xil shaklda o'qitilishi joriy qilinib, o'quv yurtlarida diniy va dunyoviy ta'limning uzviyligi ta'minlandi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi qaroriga asosan talabalarning qabul qilingan davlat me'yorlariga muvofiq diniy va dunyoviy bilimlar olayotganini inobatga olinib, mazkur o'quv yurtlarining bitiruvchilariga beriladigan diplomlar davlat ta'lim hujjati sifatida e'tirof etilib, ushbu hujjat (diplom)larga ega bo'lgan shaxslarga davlat oliy ta'lim tizimida o'qishni davom ettirish huquqi berildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan 1999 yil O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Toshkent islom universitetining tashkil etilishi yurtimiz tarixi zarvaraqlarida oltin harflar bilan muhrlanib qoldi. Istiqlol ne'mati bo'lgan ushbu ta'lim maskani yoshlarga diniy va dunyoviy fanlarni uyg'unlikda, ajdodlarimiz merosining falsafiy, ma'naviy ildizlariga tayangan holda o'rgatish uchun barcha qulayliklarga ega bo'lgan O'rta Osiyodagi yagona ta'lim muassasasi hisoblanadi.
    Shuningdek, diniy ta'lim muassasalari o'rtasida 1991 yildan boshlab “Qorilar musobaqasi”, 2001 yildan “Barkamol avlod” sport musobaqalarining o'tkazilishi, 2002 yildan boshlab o'rta maxsus islom bilim yurtlari talabalari o'rtasida “Yagona olimpiada” va “Yil o'qituvchisi” tanlovlarining o'tkazilishi talaba va pedagog-o'qituvchilar uchun keng imkoniyatlar ochib, ularni munosib tarzda rag'batlantirish, moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuni alohida ta'kidlash joizki, “Yagona olimpiada” musobaqasida 1-o'rinni egallagan g'olib talabaga O'zbekiston musulmonlari idorasining granti asosida test sinovlarsiz hamda qabul imtihonlarsiz Toshkent islom institutiga o'qishga kirish huquqining berilishi iqtidorli yoshlarni yanada ko'payishida muhim vosita bo'lib xizmat qilmoqda.
    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 martdagi 99-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Diniy ta'lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash to'g'risida”gi Nizom diniy ta'lim tizimini tartibga solishga qaratilgan asosiy normativ hujjat bo'lib, diniy o'quv yurtlari faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish, belgilangan davlat ta'lim standartlari va talablariga muvofiq dunyoviy fanlarni o'qitish, ta'lim jarayoniga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlarni tartibga solishda muhim o'rin egallamoqda.
    Jumladan, diniy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini yanada oshirish, o'quv jarayoniga oid me'yoriy hujjatlarni yagona shaklga keltirish maqsadida 2013-2016 yillar davomida 9 ta Nizom, 8 ta tartib va yo'riqnomalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori asosida diniy ta'lim muassasalarida chet tillarini “V1” dasturi bo'yicha o'qitish tizimining joriy qilinishi, “Fizika”, “Kimyo”, “Biologiya” fanlarini o'qitish bo'yicha eng zamonaviy laboratoriya xonalari tashkil etilishini alohida ta'kidlash joiz.
    Bundan tashqari o'rta maxsus islom bilim yurtlarida talabalarning kasb-hunar egallashiga alohida etibor qaratilib, o'g'il bolalar uchun duradgorlik, sartaroshlik, naqqoshlik, kosibchilik, qiz bolalar uchun tikuvchilik, to'quvchilik, pazandalik, oshpazlik to'garaklari faoliyati yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lib, to'garaklar faoliyati uchun zarar bo'lgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan.
    Barcha ta'lim muassasalarining Axborot resurs markazlari va komp`yuter sinflari zamonaviy komp`yuter va boshqa texnik vositalar bilan ta'minlangan. Bugungi kunda diniy ta'lim muassasalarining Axborot resurs markazlarida yuz mingdan ziyod diniy va dunyoviy adabiyotlar mavjud.
    Shuningdek, 2007 yilda Yurtboshimiz tashabbuslari asosida Toshkent islom instituti uchun Hazrati Imom majmuasida 2 qavatli yangi zamonaviy muhtasham binoning barpo etilishi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahridagi “Muhammad al-Beruniy” o'rta maxsus islom bilim yurti to'rt qavatli binoga ko'chirilib, zamonaviy uslubda kapital ta'mirlangani, hukumat qarori bilan Namangan shahridagi “Hidoya” o'rta maxsus islom bilim yurti joriy yilning yanvar` oyida hududi 10 gektardan ziyod bo'lgan yangi zamonaviy binoga ko'chirilishi mustaqillikning diniy ta'lim sohasidagi eng kata ne'matlaridan desak mubolag'a bo'lmaydi.
    Toshkent pravoslav va Toshkent protestant oliy seminariyalarining mamlakatimizda faoliyat olib borishini millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik tamoyillarining yuksak namunasi sifatida e'tirof etish mumkin.
    O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Toshkent islom instituti va o'rta maxsus islom bilim yurtlari bilan mazkur ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalari yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lib, talaba va o'qituvchilar ishtirokida ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar va davra suhbatlari hamda muhim sanalarga bag'ishlangan bayram tadbirlari muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq Samarqand viloyatida Imom Buxoriy xalqaro markazi tashkil etilib, islom dinining, Qur'oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma'naviy asoslarini, Imom Buxoriy, Imom Termiziy singari yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk hadisshunos allomalar merosini har tomonlama teran o'rganish, yuksak insoniy g'oyalar va muqaddas qadriyatlarimizni o'zida ifoda etgan manbalarni tadqiq etish, ulardan diniy ta'lim, ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur darslik va o'quv qo'llanmalari, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash, diniy xodimlarning bilim va tajribasini oshirish bo'yicha o'quv-uslubiy ishlarni amalga oshirish markazning asosiy vazifalari etib belgilandi.
    Markazning ilmiy xodimlari tomonidan ilmiy-tadqiqot yo'nalishlari bo'yicha “Buyuk hadisshunos allomalar merosini o'rganish va keng targ'ib qilish”, “Yosh avlodni ruhiy va ma'naviy olamini boyitish”, “Azaliy milliy qadriyatlarimizni saqlash va ulug'lash”, “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ma'naviy-ma'rifiy kurash asoslari” mavzulariga oid 33 nomdagi kitob, risola va monografiyalar, 14 ta tarjima ishlari, 300 ga yaqin ilmiy maqolalar nashr qilindi.
    Shuningdek, markazda diniy xodimlarning bilim va saviyasini oshirishga qaratilgan o'quv-mashg'ulotlari tashkil etilib, 2008-2015 yillar mobaynida I davra bo'yicha 32 ta bosqich, 2015-2016 yillarda II davra bo'yicha 6 ta bosqich o'quvlari tashkil etildi. Mazkur o'quvlarda respublikamiz masjidlarida faoliyat ko'rsatayotgan 2488 nafar imom-xatiblarning diniy va dunyoviy bilimlari oshirildi.
    Mustaqilik yillarida Toshkent islom instituti va o'rta maxsus islom bilim yurtlarini jami 7000 nafarga yaqin talaba bitirib, respublikamizning turli hududlarida diniy-ma'rifiy soha bo'yicha faoliyat olib bormoqda.
    15.2.Yangi O`zbekiston oliy ta`lim muassasalarida diniy ta`limni tashkil etishning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati.
    Hozirgi davrda diniy ma'rifatni takomillashishning yo'nalishlari.
    Ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahlili diniy-ma’rifiy sohadagi faoliyat samaradorligini oshirishni va malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining o‘rni va ishtirokini oshirish hamda 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
    1. Quyidagilar diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: “jaholatga qarshi ma’rifat” ulug‘vor g‘oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritish va bu sohadagi ilmiy-ma’rifiy faoliyatni jadal tashkil etish; islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur o‘rganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish; dinni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadigan buzg‘unchi yot g‘oyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholining, ayniqsa, yoshlarning xabardorlik darajasini oshirish; jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish; jamiyatda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikni, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining daxldorlik hissi va ishtirokini yanada oshirish; diniy-ma’rifiy tashkilotlarning moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash, soha vakillari mehnatini munosib rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish; globallashuv sharoitida jamiyatimizdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan axborot-tahliliy faoliyatni kuchaytirish; diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligini rivojlantirish asosida ta’lim sifatini oshirish, diniy-ma’rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimini yaratish.
    2. Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tuzilmasida 15 ta shtat birligidan iborat Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) tashkil etilsin.
    Markaz Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning diniy mavzularga oid adabiyotlar, Internet va ommaviy axborot vositalari materiallarini chuqur tahlil qilish, diniy-ijtimoiy muhitning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish faoliyatini amalga oshiradigan axborot-tahliliy tuzilmasi hisoblanadi.
    4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining O‘zbekiston islom akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi: O‘zbekiston musulmonlari idorasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita muassisligidagi Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk va b.) va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo‘lgan sohalar bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashga, o‘rta maxsus, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish bosqichlarida uzluksiz ta’limning yaxlit tizimini tashkil etishga va ilmiy merosni chuqur tadqiq qilish va asrab-avaylashga, diniy va dunyoviy bilim berishga ixtisoslashgan yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi; respublikadagi barcha islom ta’lim muassasalari faoliyatini o‘quv-me’yoriy va o‘quv-uslubiy jihatdan ta’minlash hamda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
    O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari va qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi; huquq va majburiyatlar bo‘yicha qayta tashkil etilayotgan O‘zbekiston islom akademiyasining hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining huquqiy vorisi hisoblanadi.
    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida sohaga tegishli fanlar bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi berilsin.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ–2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 14-bandida belgilangan imtiyozlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga ham tatbiq etilsin.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilsin.
    5.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlari mintaqaviy filiallariga ega bo‘lgan Malaka oshirish markazi tashkil etilishi inobatga olinsin.
    Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida imom-xatiblar, imom noiblari, diniy soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, oliy va o‘rta ta’lim muassasalarining sohaga tegishli pedagog kadrlari qayta tayyorgarlikdan o‘tadi va malaka oshiradi.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallari faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilsin. 
    6.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi mamlakatimizda dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ajdodlarimizning islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan boy diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qiluvchi, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazuvchi asosiy media tuzilma sifatida shakllantirilsin.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda “Ziyo” media markazi ishini samarali tashkil etish maqsadida uni aloqa vositalari, keng qamrovli Internet tarmog‘i, zamonaviy telestudiya, televizion uskunalar jamlanmasi, kompyuter texnikalari, dasturiy ta’minot va boshqa texnika vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 
    “Ziyo” media markazi 2021 yilning 1 mayiga qadar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan, zamonaviy telestudiya tashkil etish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, kompyuter va server texnikasi, texnika vositalari, shuningdek, boshqa moddiy-texnika resurslarini olib kirish uchun bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) to‘lashdan ozod etilsin. 
    7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining oliy diniy-ma’rifiy ta’lim muassasasi shaklidagi Hadis ilmi maktabini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 
    Qur’oni karim va hadislarning asl mohiyatini, hadis ilmining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rgangan, hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ vatandoshlarimizning ulkan ilmiy merosini puxta o‘zlashtirgan, hadisshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash hamda hadislardagi ezgu umuminsoniy g‘oyalarni xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish Hadis ilmi maktabining asosiy vazifalari etib belgilangani inobatga olinsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilsin.
    8. O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamoat fondi Vasiylik kengashi mazkur fondni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilganligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etilganligi, 2-ilovaga muvofiq ushbu jamoat fondining Vasiylik kengashi tarkibi ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. “Vaqf” xayriya jamoat fondining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanganligi qayd etilsin: fuqarolarning diniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash; masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; tarixiy-me’moriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlash, ta’mirlash, obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini yanada rivojlantirish; diniy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini, xususan imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; islom ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz, zamonamizning yetuk olim va ulamolari qalamiga mansub diniy-ma’rifiy asarlarni chop etish va aholiga yetkazishga ko‘maklashish; yurtimizdagi muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish; aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda O‘zbekiston musulmonlari idorasiga bir oy muddatda “Vaqf” xayriya jamoat fondining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tashkil etish, fuqarolardan zakot, fitr va boshqa xayriya mablag‘lari sifatida tushadigan mablag‘lar Fondning alohida hisob raqamida to‘planishi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan (shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali onlayn kuzatish imkoniyatini yaratgan) holda mablag‘larning tushishi va sarflanishida to‘liq shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘mak bersin.
    9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda uch oy muddatda respublikadagi barcha muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarni o‘rganib chiqsin hamda ularning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 1 iyulga qadar o‘rganish natijalari asosida muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarni “Vaqf” xayriya jamoat fondiga foydalanish uchun ijaraga berish huquqi bilan biriktirib berishni nazarda tutuvchi qarorni qabul qilsin. Muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar moddiy madaniy meros ob’ektlari hisoblanadi hamda ularning talab darajasida muhofaza qilinishi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan davlat nazorati o‘rnatiladi.
    10. O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Vaqf” xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan ushbu idora tizimidagi diniy-ma’rifiy tashkilotlarda: faoliyat yuritayotgan xodimlarga, shu jumladan imom-xatiblarga oylik ish haqi to‘lash; faoliyat yuritayotgan uy-joyga muhtoj xodimlarni xizmat uy-joylari bilan ta’minlash; ko‘p yillar davomida namunali faoliyat yuritayotgan, uy-joyga muhtoj imom-xatiblarga yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan uy-joylarni sotib olib, tekinga berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston musulmonlari idorasining buyurtmasiga asosan idora tizimidagi diniy-ma’rifiy tashkilotlar xodimlariga xizmat uy-joylari va ularga sotib olib berish uchun yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan uy-joylarning ajratilishini ta’minlasin. 
    11. Belgilansinki, 2018 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ishlovchi: o‘qituvchi, ilmiy xodim va mutaxassislarga yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlariga ko‘ra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 3 baravar (Markaz xodimlariga – 4 baravar) miqdorda qo‘llaniladi; pensionerlarga ularning ushbu tashkilotlardagi faoliyati yagona bo‘lgan taqdirda pensiyalari to‘liq to‘lanadi. Mazkur bandning uchinchi xatboshisi barcha diniy-ma’rifiy tashkilotlar xodimlariga tatbiq etilsin.
    12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Fanlar akademiyasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va keng jamoatchilikning islom ilm-fani va madaniyatiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti va boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, mamlakatimiz dovrug‘ini jahon miqyosida keng yoyish ishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida “Imom Buxoriy” davlat mukofotini ta’sis etish haqidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin.
    13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Adliya vazirligi bilan birgalikda diniy-ma’rifiy sohada namunali faoliyat yuritayotgan, ijtimoiy-ma’naviy ishlarda alohida o‘rnak ko‘rsatayotgan soha vakillarini rag‘batlantirish, shu jumladan davlat mukofotlariga taqdim etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritib borsin. 
    14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita: bir hafta muddatda qo‘mita faoliyatini takomillashtirish va uning yangilangan tuzilmasini tasdiqlash haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini; Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
    15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari R.T.Kamilov va R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
    3.Dinga estetik yondashish, diniy axloq, axloqiy qadryatlar va meyorlar dialektikasi. Iymon va e’tiqodning shakillanishiga ijtimoiy muhitning ta`siri.
    Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovro’pada esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo’llar edik. U dastlab manzildoshlik, yashash joyi, keyinchalik esa odat, fe’l, fikrlash tarzi singari ma’nolarni anglatgan; Yunoncha «ethos» so’zidan olingan.
    Uni birinchi bo’lib Yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo’ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa san’at, hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi Yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko’targanlar va «Etika» (ethika) deb ataganlar.
    Biroq bizda milliy-mintaqaviy axloqiy qadriyatlarimizning, dastlabki axloqiy g’oyalarning vujudga kelishi qadimgi Yunonlar yashagan davrdan o’nlab asrlar avval ro’y bergan. Ajdodlarimizning eng ko’hna e’tiqodiy-axloqiy kitobi - «Avesto» buning yorqin dalilidir. Shu sababli endilikda bu fanni ham ilmiy-tarixiy, ham zamonaviy-hayotiy talablar nuqtayi nazaridan «Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb bildik.
    Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o’rganadi. «Axloq» so’zi arabchadan olingan bo’lib, insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmuini, fe’lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so’zining ko’plik shaklidir. “Axloq” iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning predmetini anglatsa,(Demak etika fanining predmeti bu: Axloq). Muayyan tushuncha sifatida esa: inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini - xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
    Odob- inson haqida yoqimli taassurot uyg’otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi.
    Xulq - oila, jamoa, mahalla-ko’y miqyosida ahamiyatli bo’lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
    Axloq - jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig’indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa.
    Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba, hamma qatori o’tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro’parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O’tiring, otaxon!» deb joy bo’shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo’ladi va bu a’moli bilan atrofdagilarda yaxshi kayfiyat uyg’otadi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, ODOBLI yigitcha ekan», deb qo’yadilar. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o’zini mudraganga solib, qariyaga joy bo’shatmasa, g’ashimiz keladi, ko’nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o’tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg’otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo’shatgani yoki bo’shatmagani oqibatida vagondagi yo’lovchilar hayotida darhol biror-bir ijobiymi, salbiymi - muhim o’zgarish ro’y bermaydi.
    Axloqning paydo bo’lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi
    Qadimiy ona sayyoramizdagi hayot odatda uch olamdan iborat deb qabul qilingan. Bular – nabotot, hayvonot va bashariyat olami; ularning o’zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning asosiy omili hisoblanadi. Har uchalasiga ham paydo bo’lish, rivojlanish, o’zini muhofaza qilish, nasl qoldirishga intilish instinkti berilgan va hayotining bir kunmas–bir kun o’lim bilan nihoya topish qismati belgilangan. Chunonchi, o’simlik urug’dan paydo bo’ladi, rivojlanadi, singan shoxlari o’rnini sirach chiqarib davolaydi – muhofaza qiladi, urug’ini qoldirib, bir kun quriydi. Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a’zolari va qobiliyatiga hamda muayyan darajada idrok etish xislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so’z bilan aytganda, aql bor. Uni Imom G’azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkinchi yurak, yurak ichidagi yurak deb ataydi. Ana shu aql ixtiyor erkinligini, ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo etadi.
    Bu fikrni yoyibroq tushuntirish uchun insonning paydo bo’lishi tarixiga nazar tashlamoq joiz.
    Avvalo, shuni aytish kerakki, insonning paydo bo’lishi eng bahsli muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada bir–biriga qarama–qarshi ikki qarash mavjud. Biri – diniy, ikkinchisi – dahriycha qarash. Diniy–e’tiqodiy nuqtayi nazardan odamni Xudo yaratgan. Dahriycha qarash esa buni inkor etib, odamni tabiat yaratgan, u tabiatning bir qismi, degan g’oyani ilgari suradi. Ular orasida ingliz tabiyatshunos Charlz Darvin (1809– 1882) fikrlari alohida e’tiborga molik.
    Darvin tabiiy turlarning tanlov yo’li bilan kelib chiqishi haqidagi evolyutsion ta’limotni yaratdi. U odam bilan odamsimon maymunlarning qardoshligini isbotlashga urindi, biroq u to’g’ridan–to’g’ri odam maymundan tarqalgan jonzot, degan fikrni aytgan emas. Shuningdek, Darvin dahriy bo’lmagan, hamma qatori nasroniylik qonun–qoidalariga amal qilib yashagan. Buning ustiga uning o’zi Kembrij universiteti qoshidagi Iso kollejini tugatgan. Darvin tarjimayi holi asosida roman yozgan ingliz yozuvchisi Irving Stoun uning Xudoni inkor etmaganini bir necha o’rinda ta’kidlaydi. Mana shulardan biri: «Mening nazariyam Xudoning borligini inkor etmaydi. Tabiat uning qonunlariga bo’ysunadi xolos».5 Marks o’zining dahriycha qarashlarini isbotlash uchun undan material so’rab xat yozganida, Darvin unga rad javobini beradi.6 Shunga qaramay markschilar, Darvinning mohiyatini tushunmaganlari holda, uning nomini bayroq qilib, ta’limotini o’z foydalariga soxtalashtirishga tinimsiz harakat qildilar. Dahriycha qarashni Darvin nomi bilan bog’lab ish ko’rish yaqin–yaqingacha «sotsialistik lager» hududiga kirgan mamlakatlarda rasmiy, davlat yondashuvi sifatida hukm surib keldi. Totalitar tuzumga asoslangan bu davlatlar tanazzulga uchragach, yana insonni Xudo yaratgan, degan fikr ularda yetakchilik mavqeini egalladi.
    To’g’ri, bu o’rinda Darvinning evolyutsiya nazariyasi va Xudoning olamni olti kunda yaratgani haqidagi diniy aqida bir–biri bilan qanday sig’ishadi, degan savol tug’iladi. Gap shundaki, makon va zamonda ro’y bergan, milliardlab yil davom etgan evolyutsiya: nabotot–hayvonot–odamzod doirasi makon va zamondan tashqaridagi fazoviy, Ilohiy vaqt nuqtayi nazaridan juda qisqa muddatda voqe bo’lishi mumkin. Xudoning olti kuni o’z ichiga makon va zamonni sig’dirgan Mutlaq Vaqtga, evolyutsiya nazariyasiga asos qilib olingan milliardlab yillar esa – makon va zamon ichidagi nisbiy, insoniy vaqtga taalluqlidir.
    Umuman olganda, insoniyatning intellektual tarixida, hatto nisbatan dahriylik asri bo’lmish XX asrda ham, insonni Xudo yaratgan, degan fikr kamida to’qson foizni tashkil etadi. Biz ham ana shu ko’pchilik tomonidamiz. Ayni paytda, kamchilik bildirgan va bildirayotgan aksilfikr ham yashash huquqiga ega ekanini tan olamiz.
    XX asr buyuk olmon faylasufi Karl Yaspers, odamni boshqa jonzotdan keltirib chiqarishning nojoizligi haqida gapirib, inson transtendental bog’liqlikka ega, uning imkoniyatlarini, erkini hech bir jonzotniki bilan qiyoslab bo’lmaydi, inson hatto imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini o’zi ham bilmaydi, deb uni ulug’laganida, bizningcha, tamomila haq edi. Agar diqqat qilsak, asrimiz mutafakkirining fikri Qur’oni karim «Baqara» surasida marhamat qilingan quyidagi oyatlarga hamohangdir: «30. Eslang (Ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: «Men Yerda (Odamni) xalifa (yordamchi) qilmoqchiman», deganida, ular aytdilar: «U yerda buzg’unchilik qiladigan, qonlar to’kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug’laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz». (Alloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman». 31. Va u zot odamga barcha narsalarning ismlarini o’rgatdi. So’ngra ularni farishtalarga ro’baro qilib dedi: «Agar xalifalikka biz haqdormiz degan so’zlaringiz rost bo’lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!». 32. Ular aytdilar: Ey pok Parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta Sen o’zing ilm-u hikmat sohibisan». 33. (Alloh): «Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir», dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin (Alloh) aytdi: «Sizlarga, Men yer-u osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?». 34. Eslang (Ey Muhammad), Biz farishtalarga Odamga ta’zim qiling, deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib – kofirlardan bo’ldi».
    Vaholanki, sajda bungacha faqat Tangrigagina bajo keltirilar edi. Demak, Xudo bu bilan barcha mavjudotlardan oliy, daraja nuqtayi nazaridan o’zidan keyin turadigan buyuk zotni yaratganini e’lon etdi. Odam – Xudoning yerdagi xalifasi.



    Download 1,89 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   139




    Download 1,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Duyoviy bilimlar va diniy e’tiqod birligiga erishishning ahamiyati

    Download 1,89 Mb.