Dinshunoslikning boshqa ijtimiy fanlar bilan o`zaro aloqasi. Qiyosiy dinshunosliklikning metodlari




Download 1,89 Mb.
bet9/139
Sana29.01.2024
Hajmi1,89 Mb.
#148083
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   139
Bog'liq
Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол

6. Dinshunoslikning boshqa ijtimiy fanlar bilan o`zaro aloqasi. Qiyosiy dinshunosliklikning metodlari.

Dinshunoslik, diniy e’tiqodning, qaysi shaklda bo‘lmasin, ezgulik, odamiylik va adolat g‘oyalariga bo‘ysunganligini isbotlashga ko‘maklashadi, dinlar o‘rtasida mazkur g‘oyalar asosida ma’naviy yakdillik va hamjihatlik aloqalari mavjudligini isbotlashga xizmat qiladi. Dinshunoslikning vazifalari o‘zaro aloqador bo‘lib, ularni amalga oshirishda boshqa fanlar bilan hamkorlik qilish talab qilinadi. Masalan, falsafa kishilarning dunyoqarashi, dunyoga munosabati masalalari, ularni o‘rganish usullari, dinning jamiyatdagi ma’naviy, ijtimoiy, ruhiy ildizlarini o‘rganadi. Dinshunoslik dinni o‘rganishda falsafiy qonuniyatlar, masalaga yondashish usullari, dunyoqarash muammolari kabilarga tayanishi mumkin. Huquqshunoslik dinning konstitutsiyaviy mavqei, huquqqa ta’siri, vijdon erkinligi, so‘z erkinligi kabilarga bog‘liqligi masalalarini o‘rganadi. O‘zbekiston tarixi fani dinning qadimgi zamonlardan hozirgi davrga qadar jamiyat hayotidagi ahamiyatini, uning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotga ta’siri jarayonlarini o‘rganadi. Tarixda bu jarayonlarning barcha jabhalarida dinning o‘rni va o‘ziga xos ta’siri bo‘lgan. Dinshunoslik tarixiy davrlarda dinning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va ahamiyatini o‘rganishda tarix fani ma’lumotlariga tayanadi. Dinshunoslik boshqa ijtimoiy fanlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iborat:


– dinshunoslik dinni ijtimoiy-ruhiy voqelik sifatida kompleks tarzda, boshqa ijtimoiy fanlar esa dinni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganadi. Jumladan, huquqshunoslik dinning huquq bilan bog‘liq jihatlarini, falsafa diniy dunyoqarashni, ruhshunoslik (psixologiya) diniy hissiyot va kechinmalarni, dinshunoslik esa dinning barcha jiatlarini bir-biriga bog‘liq holda o‘rganadi;
– dinshunoslik dinni o‘rganishga ilmiy jihatdan xolisona yondashuvga asoslanadi. Masalan, ilohiyot xudo va diniy qadriyatlarni himoyalab, ularning ustuvor qadriyat ekanligini isbotlashga harakat qilsa, ateizm dinning insoniyat uchun zararli ekanligini isbotlashga intiladi. Ammo ikkala yondashuv ham ilmiy yondashuvga ziddir. Dinshunoslik fanini o‘rganish ichki ishlar organlari xodimlari uchun ham katta ahamiyatga ega. Bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Birinchidan, dinshunoslik ichki ishlar organlari xodimlarining din to‘g‘risidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishga yordam beradi, muammoga mustaqil munosabatni vujudga keltiradi. Ikkinchidan, bu fan ichki ishlar organlari xodimlarining fuqarolar bilan muomalada, ularning diniy tuyg‘usi, qadriyatlarini hurmat qilish va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni o‘rnatishlariga ko‘maklashadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, din murakkab, ko‘p tarmoqli ijtimoiy ong shaklidir. Shuning uchun ijtimoiy fanlar dinni o‘rganishga doimo jiddiy e’tibor beradilar. Dinshunoslik dinni o‘rganishda boshqa fanlarning yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy munosabatlarning yanada rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.



Download 1,89 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   139




Download 1,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dinshunoslikning boshqa ijtimiy fanlar bilan o`zaro aloqasi. Qiyosiy dinshunosliklikning metodlari

Download 1,89 Mb.