Kesmalarning o'lchami sifatida qaralgan sonlar ustida
arifmetik amallarni tarifi va amallar bajarish
xossalari
Reja:
1.
Arifmetik amallarni o’rgatishda amallar
bajarish
metodikasining umumiy masalalari.
2.
Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni
o’rgatish metodikasi
3.
Kesmalarning o'lchami sifatida qaralgan
sonlar ustida
arifmetik amallarni tarifi va amallar bajarish xossalari
Interfaol metod - ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidadagi
faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish,
shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari:
norasmiy bahs – munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va
ifodalash imkoniyati,o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga
imkoniyatlar
yaratilishi, kichik guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish va
boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim – tarbiyaviy ishlar samaradorligini
oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega.Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish
sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va
tarbiya usullarini joriy
qilishdan iboratdir.Barcha fan o’qituvchilari shu jumladan boshlang’ich sinf
o’qituvchilari ham dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol metodlardan borgan
sari keng ko’lamda foydalanmoqdalar.
Interfaol metodlarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash,
tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda
himoya
qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari
shakllanib, rivojlanib boradi.Interfaol degani, o’qituvchi va o’quvchilar orasida
o’zaro hamkorlik tufayli dars samaradorligini oshadi, yangi darsni o’quvchi
mustaqil harakat, mulohaza, bahs-munozara orqali o’rganadi, qo’yilgan maqsadga
mustaqil o’zi darsda o’quvchi faol ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob
topishga
harakat qiladi,ya’ni ham fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham
gapiradi, ham tinglaydi, eng keragi o’zi faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining
negizidagi topshiriq mazmunini anglab yetgan o’quvchilar ta’lim jarayoniga o’zlari
bilmagan holda qiziqish bilan kirishib ketadilar.Boshlang’ich sinflarda
qo’llanadigan texnologiyalaridan foydalanishning maqsadi:O’quvchilarda
hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin fikrlashga asoslangan
tafakkur tarzini shakillantirishdan iborat. Hozirda keng qo’llanib kelayotgan
interfaol metodlar turlari juda ko’p bo’lib, ularning hammasi ham boshlangich
ta’limda qo’llash uchun yaroqli emas. Bunga 1-navbatda boshlangich sinf
o’quvchisining o’qish, yozish tezligining kichikligi va sinfda aksariyat hollarda 30
tadan ortiq o’quvchi o’qishi bo’ladi. Interfaol metodlar
nisbatan kichik
auditoriyalarga (30 tagacha ) va ko’proq uzluksiz ta’lim tizimining o’rta va yuqori
bo’ginlariga mo’ljallangan bo’lib, boshlangich sinflarda qo’llash tajribalari juda
kam. SHuning uchun yangi texnologiyalarning faqat boshlangich sinf
matematika
darslarida qo’llash mumkin bo’lganlari haqida so’z yuritamiz.Interfaol metod
sinfda o’tiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni muhokama qilishda
“Aqliy hujum”, “Adashgan zanjirlar”, “Savol bering”, “Insert”, ”BBB”, “Bahs –
munozara”, “Muammoli savollar”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Burchaklar
metodi“, “Kubiklar”
metodlari asosida bahs, munozara orqali ularni yechimini
topishda yaqindan yordam beradi.“