Aqliy hujum”
texnologiyasini qo’llash bir
muammoni hal qilish yo’lidan turlicha va iloji boricha ko’proq taklif, fikr –
mulohazalarni yig’ishdan iborat. Avvaliga har qanday takliflar qabul qilinadi.
Keyin esa, ularning ichidan eng ma’qulini tanlab olinadi. Bu metodni qo’llashda
eng nozik tomoni hamma takliflarni “Eslab” qolishdir. Shuning uchun ularni yozib
borish kerak bo’ladi. O’qituvchi ularni shartli belgilar va qisqartirishlar bilan doska
yoki vatman qog’ozga yozib boradi.Masalan: 3 – sinfda mavzuga oid quyidagi
mashqni hal qilish yuzasidan hamma takliflarni yig’ish mumkin.“Quyidagi shaklda
nechta to’rt burchak bor?”
Bunda takliflar to’rtburchaklar sonini sanash usuliga oid
bo’lib, ularning sonini to’g’ridan – to’g’ri aytish talab
qilinmaydi.
Bunda turli takliflar bildirish mumkin. Eng maqbuli
avval 1 katakli, keyin 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 katakdan tuzilgan
to’rtburchaklar sonini sanashni taklif qilish mumkin.
Yoki biror ifoda qiymatini qulay usulda hisoblash yuzasidan takliflar yig’iladi.
Masalan: 1 dan 20 gacha bo’lgan barcha natural sonlar yig’indisini topish yo’li
so’raladi. Hamma takliflar qabul qilinadi. Ularning bir nechtasi bo’yicha yig’indi
topiladi va usullar taqqoslanadi. Eng qulay usulni taklif qilgan guruh yoki juftlik
taqdirlanadi.
Darsda berilgan masala, misol va topshiriqni juft bo’lib hal qilishi ham
o’quvchilarni o’zaro fikr almashishga, bir – birini to’ldirishi, kerak bo’lsa bir –
biriga o’rgatishga o’rgatadi. Bunday usulni “Juftlikda ishlash” deb ataladi.
O’qituvchi o’quvchilar mustaqil hal qilishi mumkin bo’lgan istalgan vazifani
juftlikda topshiradi. Bunday topshiriqni ijodiy harekterda bo’lishi maqsadga
muvofiqroqdir.
“
Adashgan zanjirlar”
usuli boshlang’ich sinflarda biror bir ketma – ketlikni
tiklash uchun qo’llanadi. Bunda o’qituvchi biror mavzu, tushuncha, algoritmga oid
ketma – ketlikni alohida – alohida va tartibsiz qo’yadi. O’quvchilar tartibsiz
joylashgan so’zlarga mantiqiy bog’langan zanjirni tuzishlari kerak. Bu metodni 4-6
kishilik guruhda qo’llash ham, butun sinf bilan ishlash ham mumkin.
O’qituvchi bilim uzatuvchi rolidan o’quv jarayonini tashkil qiluvchi, o’qish
faoliyatini boshqaruvchi, o’quvchilar faolligini psixologik va pedagogik jihatdan
oqilona qo’llab quvvatlab rivojlantiruvchi roliga o’tishi, deb hisoblaymiz.
Pedagogik texnologiya nazariyasi va uni ta’lim jarayonida qo’llash muammolariga
bag’ishlangan zamonaviy tadqiqotlar mazkur nazariyaning ta’lim rivojini
ta’minlashdagi ahamiyatini chuqur anglab yetish, uning imkoniyatlarini aniqlash
va keng ko’lamli axborot maydonini egallashga yordam beradi.
Pedagogik texnologiya nazariyasini shakllantirish va undan foydalanish
mexanizmini bilish, ta’lim jarayonini rivojlantirish va boshqarishning eng samarali
shakl va metodlarini aniklash imkonini beradiki, buning nafaqat nazariy, balki
amaliy ahamiyati ham beqiyosdir.
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida pedagogik texnologiyalarni tadqiq etish ishi
fanlararo (pedagogika, psixologiya, metodologiya, pedagogik metodologiya,
falsafa, sotsiologiya va boshqa fanlar) aloqadorlik va bog’liqlik asosida
yondashuvni talab etadi. Ko’rsatib o’tilgan fan yo’nalishlarining har birida ta’lim
texnologiyalarining ma’lum nazariy jihatlari va texnologiyani ta’lim jarayoniga
tatbiq etishda alohida o’rin tutuvchi qulay shart-sharoitlari bir qadar to’liq taxlil
qilingan.
Texnologiya mehnat jarayonining o’ziga singdiriladi. Texnologiyaning amalga
oshirilish shaklidan qatiy nazar, asosiy maqsad umumiy jarayon operatsiyalarining
tavsifi, predmeti, vositalari va yakuniy natija bilan belgilanadi. Binobarin,
pedagogik texnologiyaning pedagogik jarayoni amalga oshirish shakli sifatidagi
mohiyati pedagogik faoliyat sohasida namayon bo’ladi insonning ongi jamoaviy
o’zaro ta’sir in’ikosining ideal shakli hamda dialektik qarama-qarshiligini ifoda
etib, o’zgartirilgan mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra ongi qayta
shakllantirish qonuniyatlarini ijtimoiy texnologayadan, ushbu qonuniyatlarini joriy
etishning asosiy shakllarini pedagogik texnologiyaga asoslangan pedagogik
amaliyotdan izlash taqozo etiladi;
- pedagogik texnologiya ijtimoiy texnologiyadan ajralib chiqib, o’z taraqqiyotida
shartli jamoaviy repetitsiyaviy (mashqlantiruvchi) refleks bosqichini bosib o’tgan
holda, asosiy texnologik o’zaro ta’sirlarni maqsadga muvofiq tarzda takrorlovchi
harakat va operatsiyalar tizimiga ajratadi. Bundan kuzatilgan maqsad ijtimoiy ongi
mustahkamlash va to’plangan tajribani yangi avlodlarga yetkazishdan iborat bo’lib,
uning predmeti esa ideallashtirilgan tavsifga ega;
-pedagogik texnologiya nazariyasining yaratilish va rivojlanish mantiqi asosiy
bosqichlarda umumiy texnologik nazariyaning shakllanishini aks ettiruvchi
holat sifatida namoyon bo’ladi. Mazkur xislat asosi fikrlash jarayonining eng
muhim shakli sifatida xulosa chiqarish imkonini beruvchi deduktiv yondashuv
hisoblanadi;
- pedagogik texnologiya nazariyaning yaratilishi uchun "g’isht qo’yishning" asosiy
davri pedagogiktexnologiyaning boshlang’ich "hujayrasi"ni ifoda etuvchi
pedagogik jarayonda texnologik besh jihatning mohiyatini ochishga
yordam beruvchi, o’ziga xos tushuncha va kategoriyalar tizimini aks ettiruvchi
texnologik o’zgarish, texnologik vosita hamda texno-pedagogik o’zaro ta’sir bilan
bog’liqdir.
|