II BOB. ILMIY-TEXNIKA TARAQQIYOTI - TARAQQIYOT VA INTENSIVLASHTIRISH ASOSI ISHLAB CHIQARISH




Download 41,92 Kb.
bet3/7
Sana20.01.2024
Hajmi41,92 Kb.
#141779
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FAN TEXNIKA TARAQQIYOTINI JADALLASHTIRISH OMILLARI VA ISTIQBOLLARINI O`RGANISH

II BOB. ILMIY-TEXNIKA TARAQQIYOTI - TARAQQIYOT VA INTENSIVLASHTIRISH ASOSI ISHLAB CHIQARISH
2.1. O‘zbekistondagi ishlab chiqarish turlari. Ishlab chiqarishda yangi texnika va ilg‘or texnologiyalar

Ijtimoiy mehnat taqsimotiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining ikki katta sohasini – ishlab chiqarish (moddiy ishlab chiqarish) va noishlab chiqarish sohalarini o’z ichiga oladi. Ana shu sohalarning tarkibi, o’zaro munosabati va bir – biriga bog’liqligi mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari tuzilmasini tashkil etadi.

Iqtisodiyot tarmoqlarining noishlab chiqarish sohasiga aholiga tibbiyot, madaniy – maishiy xizmat ko’rsatish, boshqarish, rejalashtirish va boshqa ijtimoiy zarur vazifalarni amalga oshiradigan tarmoqlar kiradi. Bu soha kishilarning mehnat sharoitini, turmushini yaxshilashga xalqning farovonligini yuksaltirishga katta ta’sir ko’rsatadi.


Mamlakatimiz iqtisodiy qudratining asosi og’ir sanoat bo’lib, u ishlab chiqarish vositalarining (materiallar, mashinalar, asbob – uskunalar, jihozlarning) ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Aholi uchun madaniy – maishiy va xo’jalikka mo’ljallangan xilma-xil tovarlarni tayyorlash bilan asosiy mahsulot chiqarishdan tashqari sanoatning istisnosiz barcha tarmoqlari shug’ullanadi.
Qishloq xo’jaligi sanoati xom ashyo bilan, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. U o’simlikshunoslik (dalachilik, sabzavotchilik, mevachilik, yem – xashak tayyorlash va hokazolar) hamda chorvachilik (qoramolchilik, qoychilik, parrandachilik, baliqchilik va hokazolar) ni o’z ichiga oladi.
Qurulishning vazifasi ishlab chiqarish binolari, inshootlar, turar joylar, yo’llar, kasalxonalar, maktablar va boshqa obektlarni qurish hamda qayta ta’mirlashdir. Transport, sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa qurilishlar bir-biridan farq qiladi.
Transport iqtisodiyot tarmoqlari va aholini xilma-xil yuklarni tashish ehtiyojini uzluksiz hamda o’z vaqtida ta’minlaydi.
Aloqa jamiyatning ishlab chiqarish – xo’jalik faoliyatida, axolining madaniy – maishiy ehtiyojlarini qondirishda muhim ro’l oynaydi. U axborotlarning uzatilishini ta’minlaydi va pochta, telefon, radio, televideniyeni o’z ichiga oladi.
Iqtisodiyot tarmoqlari tuzilmasi to’xtovsiz takomillashmoqda. Masalan sanoatda energetika va mashinasozlikning yangi tarmoqlari vujudga kelmoqda.
Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning eng muhim yo’nalishi uning tarmoqlari strukturasini takomillashtirish – tarmoqlararo komplekslarni vujudga keltirishdir. Bunday komplekslarning bir necha turlari bor.
Mashinasozlik kompleksi mamlakat iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini mehnat vositalari bilan ta’minlaydi, shunga ko’ra ularning rivojlanish sur’atini va ishlab chiqarish samaradorligini ham ko’p darajada belgilaydi. Bu kompleksga energetika, og’ir mashinasozlik va transport, kimyo va neft, qurilish, yo’l va xizmat ko’rsatish mashinasozligi, stanoksozlik va asbobsozlik, elektrotexnika, elektron sanoat, asbobsozlik, avtomobil sanoati va boshqa ayrim tarmoqlar kiradi.
Mashinasozlik kompleksini, birinchi navbatda dastgohsozlik, hisoblash texnikasi, ishlab chiqarish, asbobsozlik kabi tarmoqlarni, elektrotexnika va elektron sanoatni jadal rivojlantirish mo’ljallangan. Fan-texnika taraqqiyoti eng avval mana shularning rivojlanish darajasida bog’liqdir.
4Konstruksion materiallar ishlab chiqarish kompleksiga qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, o’rmon, selyuloza qog’oz va yog’ochni qayta ishlash qurilish materiallari sanoati kiradi.
Yoqilg’i – energetika kompleksi o’zaro bog’liq tarmoqlar (ko’mir, gaz, neft, neftni qayta ishlash sanoati, elektr energetika), korxonalar, qurulma va inshootlardan iborat bo’lib, ular yoqilg’i energetika resurslari (ko’mir, gaz, neft va boshqalar) ni qazib olish, tashish, qayta ishlash, elektr energiyasi ishlab chiqarish va uni istemolchilarga yetkazish imkonini beradi.
Agrosanoat kompleksi – tarmoqlararo murakkab ishlab chiqarish – iqtisodiy tizim bo’lib, uchta asosiy sohani o’z ichiga oladi. Birinchisi – ishlab chiqarish vositalari unga traktor va qishloq xo’jalik mashinasozligi, chorvachilik va yem – xashak tayyorlash mashinasozligi, yengil va oziq – ovqat sanoati mashinasozligi, kombikorm va mikrobiologiya sanoati hamda sanoatning boshqa turlari kiradi. Ikkinchisi – bevosita qishloq xo’jalik ishlab chiqaishi (o’simlikshunoslik va chorvachilik tarmoqlari, agrokimyo hamda veterinariya – sanitariya xizmati, mehnatkashlarning yordamchi xo’jaliklari). Uchunchisi – qishloq xo’jalik xom ashyolarini (oziq – ovqat, go’sht-sut, un-yorma va hokazolar) ni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni ta’minlaydigan ishlab chiqarish tarmoqlari, shuningdek, maxsulotlarni realizatsiya qilish bilan bog’liq tashkilotlar. Agrosanoat kompleksining asosiy vazifalari qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini uzluksiz o’stirishga erishish, mamlakatni oziq-ovqat maxsulotlari va qishloq xo’jalik xom ashyolari bilan ishonchli ta’minlashdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlarining o’zaro bog’liq hamda moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayiraboshlash va istemol qilish jarayonlarida o’zaro yordamlashadigan barcha tarmoqlari iqtisodiyot tarmoqlari kompleksiga birlashgan.
Yoqilg’i-energetika kompleksini samaraliroq rivojlantirish metallurgiyada va konstruksion materiallar ishlab chiqariladigan boshqa tarmoqlarda chuqur sifat o’zgarishlarini ta’minlash zarur.

Download 41,92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 41,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. ILMIY-TEXNIKA TARAQQIYOTI - TARAQQIYOT VA INTENSIVLASHTIRISH ASOSI ISHLAB CHIQARISH

Download 41,92 Kb.