• Lyuminessentli indikatorlar.
  • Gaz razryadli indikatorlar




    Download 260.5 Kb.
    bet4/6
    Sana27.02.2024
    Hajmi260.5 Kb.
    #163111
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3. Fotoelektronika
    1-mavzu, foydali qazilmalarni boyitish, elektrotexnikadan 50ta test (Автосохраненный), qo\'rg\'oshin, o\'zgaruvchan tok, Korxonada maxsulot(xizmat,ish) tannarxini kamaytirish yo\'llari, Korxonada maxsulot(xizmat,ish) tannarxini kamaytirish yo\'llari, Boshqaruv samaradorligi va uni oshirish yo’llari, topshiriq IL, Individual loyiha, Boshsahifa, imtihon 2021
    Gaz razryadli indikatorlar.
    Gaz razryadli indikatorlarning ishlashi gazlardagi elektr razryadlarida kuzatiladigan nurlanish hodisasiga asoslangandir. Yorug‘lik nurlarining rangi indikator asbobi to‘ldirilgan gazning turiga bog‘liq, ya’ni neon-zarg‘aldoq, geliy-sariq, argon-zangori shula tarqatadi.
    Gaz razryadli indikator ichi gaz bilan to‘ldirilgan shisha ballonga joylashgan to‘r ko‘rinishidagi metall anod va raqamlar, harflar, turli belgilar shaklidagi ingichka metall simdan yasalgan bir necha katodlardan iboratdir. Elektrodlardan ballon tashqarisiga oyoqchalar chiqarilgan. Anod va biror katod orasiga tashqi kuchlanish berilsa, gazda elektr razryadi sodir bo‘ladi va katod shaklida ko‘rsatilgan belgi nurlanadi.
    Gaz razryadini yoqish va uni ushlab turish uchun tashqi manba kuchlanishi katta qiymatga (50 - 400V) ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun gaz razryadli indicatorlar statsionar turdagi o‘lchov-nazorat apparatlarida, axborot shitlarida va boshqalarda ishlatiladi.
    Lyuminessentli indikatorlar. Lyuminessentli indikatorlarning ishlashi o‘zgaruvchan elektr maydoni ta’sirida segment shaklidagi metallga qoplangan lyuminaforning o‘tish hodisasidagi elektro-lyuminessentsiyaga (yuqori kuchlanishli elektr maydoni ta’sirida yarim o‘tkazgichlarning yorug‘lik nurlarini tarqatib o‘tkazuvchanligini oshishi) asoslangandir.
    Elektro-luminessentli indikatorga tuzilishi 3.4-rasmda ko‘rsatilgan elektro-luminessentli kondensator misol bo‘ladi. Yorug‘lik tarqatuvchi poroshokli lyuminafor (1) dielektrik bilan organik bog‘langan moddadir. Lyuminafor dielektrikli (2) va metall (5) elektrodlar orasiga joylashgan va bu elektrodlarga lyuminafomi nurlantiruvchi, ya’ni teshuvchi kuchli elektr kuchlanish beriladi. Segment shaklidagi kondensatorning mexanik chidamliligini oshirish uchun kondensator tiniq bo‘lmagan (3) va tiniq bo‘lgan (4) plastinalar orasiga joylashtirilgan. Bunday segment ko‘rinishidagi kondensatorlardan raqam, harf va belgi shakllari aks ettiruvchi indikator tayyorlanadi.
    Elektro-luminessentli indikatorlar 220V kuchlanishli elektr tarmog‘idan reklama qurilmalarida ishlatiladi.
    Yarimo‘tkazgichli indikatorlar Yarimo‘tkazgichli indikatorlarning ishlashi p-n o‘tishda sodir bo‘ladigan jarayonlarga, ya’ni yorug‘lik diodlaridan to‘gri tok o‘tganda ulami yorug‘lik tarqatish hodisasiga asoslangandir. Hozirgi vaqtda turli xildagi va turli ko‘rinishdagi yorug‘lik diodlari bor. Oddiy ko‘rinishdagi diodlar asosida matrisa ekranidan tashkil topgan belgilar ko‘rinishidagi indikator (3.5,a-rasm) va segmentlardan tashkil topgan belgilar ko‘rinishdagi indikator (3.5,b-rasm) yaratilgan bo‘lib, ular yordamida barcha raqam va harflarni aks ettirish mumkin.
    Yarimo‘tkazgichli indikatorlar tashqi manba kuchlanishining kichik qiy- matlariga (1,5-3V) va alohida yorug‘lik diodlari yoki segmentlaridan o‘tadi- gan kichik tok qiymatlariga (2-30mA) egadirlar. Shuning uchun yarimo‘t- kazgichli indikatorlar kichik hajmli ko‘chma elektron qurilmalarda ishlatiladi.


    Download 260.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 260.5 Kb.