• Mavzu: Indikator asboblar
  • Mavzu: Fotoelektron asboblar




    Download 260.5 Kb.
    bet3/6
    Sana27.02.2024
    Hajmi260.5 Kb.
    #163111
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3. Fotoelektronika
    1-mavzu, foydali qazilmalarni boyitish, elektrotexnikadan 50ta test (Автосохраненный), qo\'rg\'oshin, o\'zgaruvchan tok, Korxonada maxsulot(xizmat,ish) tannarxini kamaytirish yo\'llari, Korxonada maxsulot(xizmat,ish) tannarxini kamaytirish yo\'llari, Boshqaruv samaradorligi va uni oshirish yo’llari, topshiriq IL, Individual loyiha, Boshsahifa, imtihon 2021
    Fototiristorlar Uch p-n o‘tishli va ikki elektrodli, yorug‘lik ta’sirida boshqariladigan (ochilib-yopiladigan) yarimo‘tkazgichli asbob fototiristor deyiladi. Fototiristorning konstruktiv tuzilishi shundayki, yorug‘lik oqimi uning o‘rtadagi ikkala sohasiga (bazasiga) tushadi. Fototiristorni ochilishi boshqarish elektrodining tokini hosil qiladigan yorug‘lik oqimining qiymatiga bog‘liqdir.
    Fototiristorning shartli belgisi, ulanish sxemasi va volt-amper xarakte- ristikasi 3.3-rasmda keltirilgan. Fototiristorlarda yorug‘lik oqimi tushish vaqtini o‘zgartirib uning ochilish onini (momentini) boshqarish mumkin.


    Mavzu: Indikator asboblar

    O‘zida axborotni elitayotgan elektr signallarini ko‘zga ko‘rinadigan tasvirga aylantirib beradigan elektron asboblarga axborotni aks ettirish yoki indikatsiya asboblari deyiladi.


    Tasvirni hosil qilishda qo‘llaniladigan fizik jarayonlarni ko‘rinishiga qarab indikatsiya asboblari turli xilda bo‘ladi. Hozirgi vaqtda indikatsiya asboblaridan eng ko‘p tarqalgani yarimo‘tkazgichli, elektr lyuminessentli, gaz razryadli, suyuq kristalli indikatorlar va elektron nurli trubkalardir. Ular nurlanishning ravshanligi, tejamkorligi, axborotni saqlash hajmi, integral mikrosxemalar bilan birika olish qobiliyati kabi qator xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
    Universal va eng ko‘p tarqalgan qayd qilish asbobi elektron - nurli trubkadir. U tasvirni elektr tebranishlariga (vidikon, vidiokamera) va aksincha, elektr signallarini tasvirga aylantirish (kineskop) uchun xizmat qiladi. Kompyuterlarning elektron-nurli trubka displey deb ataladi va raqamli signallarni (kodlarni) jadval, grafik va yozuv ko‘rinishidagi tasvirga aylantirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy radioelktron qurilmalarda elektron-nurli trubkalar mustahkam o‘rin egallagan; ammo boshqaruv, himoya, o‘lchov elektron asboblarida; reklama va axborot tablolarida hamda maishiy elektron qurilmalarida gaz razryadli, elektro- lyuminesentli, yarimo‘tkazgichli va suyuq kristalli indikatorlar keng qo‘llanmoqda.

    Download 260.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 260.5 Kb.