|
Foyda hajmiga ta’sir etuvchi omillar
|
bet | 7/11 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 218,71 Kb. | | #228304 |
Bog'liq Mavzu Foydani iqtisodiy mazmuni,uning turlari va unga ta’sir qi4. Foyda hajmiga ta’sir etuvchi omillar
Foyda va uning hajmiga ta’sir etuvchi omillar Foyda - korxona, pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismiga aytiladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag`lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni i.ch. va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xo`jalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy ko`rsatkichlaridan biri. F. pulda ifodalanadi. F. bozor daromadi bo`lib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. F. kapital, i.ch. omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. F. topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta`minlaydi.Foydaning mazmuni. Foydaning normasi va massasi. Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi. Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlanganidan keyin qoladiga qismi foyda deb yuritiladi. Korxona foydasining mutloq miqdori ya'ni yil davomida olingan foyda xajmi uning massasini tashkil kiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.Foyda normasini xisoblash: 1. P/ = ( P / W ) * 100 bu yerda: P/ - foyda normasi P – foyda massasi W – iqtisodiy yoki ishlab chiqarish harajatlari 2. P/ = ( P / Kаvаns ) * 100 bu yerda P/ - foyda normasi P – foyda massasi K – avans.Foyda va uning miqdorini belgilovchi omillar. Korxona foydasi Korxonaning barcha pul daromadlari va qilingan sarf – xarajatlari o`rtasidagi farq. Korxona sof foydasi Korxona umumiy foydasidan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.Bugalteriya Foydasi Sotilgan maxsulot uchun olingan umumiy pul tushumlaridan ishlab chiqarishning tashki xarajatlarini chiqarib tashlash yo`li bilan aniqlanadi. Foyda massasi Korxona olgan foydasining umumiy xajmi yoki mutloq miqdori Foyda normasi Foyda massasi yoki mikdorining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatining foizdagi ifodasi.Foyda miqdorini belgilab beruvchi asosiy omillar: Ishlab chiqarish xarajatlari darajasi Bozor baholari darajasi Yalpi foyda hosil bo`lishi va taqsimlanish Pul daromadlari tushumi Ishlab chiqarish xarajatlari Yalpi foydaYalpi Foyda Renta to`lov-lari Foiz to`lov-lari Sof foyda Soliqlar Xayriya va boshqa fondlarga to`lovlar Investit-siyalar Kadr-lar tayyorlashga Ijtimoiy fondlarga Ekologiyaga ajratmalar Korxona egasi va shaxsiy daromadAmaliyotda F. (F) daromad (D) bilan xarajatlarning (W) ayirmasi sifatida qaraladi (F=D—W). F. 3 omilga bog`liq: a) bozorbop tovar va xizmatlarini yarat i sh , natijada ularni sotishdan kelgan pul tushumi ko`payadi, buning tarkibidagi F. ham ortadi; b)daromadlar — tushumlar miqdori (D). Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan har birining narxi (R)ga bog`liq (D=QP); v)xarajatlar miqdori. Bozorda narxlar o`zgarmay krlgan takdirda xarajatlarning pasayishi F.ni ko`paytiradi, ularning ortishi esa uni qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bog`liq. Meqnat unumdorligining ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali F.ni ko`paytiradi. Shu sababli F.ni ko`p olish sharti — mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish hisoblanadi.Корхона умумий пул тушуми таркибидаги иқтисодий ва бухгалтерия фойдасининг фарқланиши. Бухгалтерия харажатлари Бухгалтерия фойдаси Ташқи харажатлар Ички харажатлар Даромад Ишлаб чиқариш харажатлари Иқтисодий фойда Нормал фойда Бухгалтерия атамаси бўйича Умумий тушум таркиби Иқтисодчилар атамаси бўйичаXarajatlar pasaygan sharoitda F.ning daromaddagi hissasi ortadi, aksi yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir bo`lib, ularning bozor narxi oshsa, o`zo`zidan va xarajatlardan kati nazar, F. ortadi. Narxning foydaga ta`siri shundan guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi F. ko`rish mumkin emas. Har qanday firma F.ni eng ko`p olishga, ya`ni uni maksimumlashtirishga intiladi, F. mikdoriga ta`sir etuvchi omillarni ishga soladi. F.ning o`z o`lchami bor. Bu uning normasi va massasidir. F. normasi (G`") nisbiy ko`rsatkich bo`lib, kapital qanday ishlatilib, qanday F. ko`rilganini bildiradi va u orqali F. (F) kapitalning (K) ning qanday qismiga tengligi
F. ko`rilgan. F. normasi kapitalining naqadar samarali aniqlanadi.
ishlatilishini bildiradi. F. ko`rish tadbirkorlikning maqsadi bo`lganidan har doim F. normasini oshirishga intilish saklanib qoladi. F. massasi — bu foydaning mutlaq miqdoridir. F. massasi qanchalik ko`p bo`lsa, F. shunchalik maksimumlashgan hisoblanadi. Agar F. normasi goqori bo`lsa, oz kapital bilan ham ko`p F. olish mumkin, bordiyu F. normasi past bo`lsa, kapitalni ko`paytirib F.ni ko`paytirish mumkin. F. maksimumlashtirish uchun ham F. normasi, ham kapital summasi katta bo`lishi zarur. F. normasini pasayishi hisobidan F. massasi qisqargan chog`da, bu yo`qotishni bartaraf etish uchun investitsiyapar hisobidan kapital ko`paytiriladi. Olingan F.ning bir qismi investitsiyaga aylanadi, bu bilan u kapitallashadi. Amortizatsiya va kredit hisobidan ham pul investitsiyalanganda kapital ko`payadi. Natijada F. normasi pasaygan chog`da ham olinadigan F. mikdori qisqarmaydi. Agar F. normasi pasayishiga nisbatan kapital tezroq ko`paysa F. massasining ortishi yuz beradi.Qayerda hosil bo`lishiga qarab sanoat, tijorat, bank, servis, agrobiznes va b. F. turlari mavjud. Qanday usul bilan hosil bo`lishiga qarab oddiy va ustama F.ga bo`linadi. Oddiy F. erkin — mukammal raqobat sharoitida ko`pchilik tadbirkorlar oladigan F.dir. Us t am a F.ni firmaning monopol mavqei, ya`ni tovarlar taklifining tanho yoki ozchilik firmalar qo`lida to`planishi yuzaga keltiradi. Monopol mavqe bozordagi hukmronlikni, ya`ni narxlarga ta`sir etish imkoniyatini beradi. Monopol firma narxlarni oshirish hisobidan ustama F. oladi. F. nima hisobidan yaratilishiga qarab normal, iqtisodiy va omad F.dan iborat bo`ladi. Normal F.ni tadbirkorlik qobiliyati yaratadi. Bu ishbilarmonlik uchun mukofot tarzida eng kam deganda malakali ishchi yoki mutaxassisning ish haqiga teng bo`lishi kerak, aks holda tadbirkorlik bilan mashg`ul bo`lish o`rniga yollanib ishlash ma`qul bo`ladi.Bundam F. xarajatlar tarkibiga kiradi, chunki tovarlar xarajatlarga teng narx bilan sotilganda ham tadbirkor daromad topadi va biznesni tashlab ketmaydi. Biznesni boshqarish kapital sohibidan menejerlarga o`tgan taqdirda normal F. ularga mukofot shaklida tegadi. Iqtisodiy F. xarajatlar bilan daromad o`rtasidagi farkdan iborat, uni kapital yaratgani sababli bu F. kapital egasiga tegadi. Omad F.si — bu F.ni bozor konyu`yunkturasidagi juz`iy o`zgarishlar yuzaga keltiradi. Bozorda talab vaktinchalik oshib, narxlar ko`tarilganda omad F.si hosil bo`ladi. Iqtisodiyotda tavakkalchilik F.si ham bor. Bu tavakkaliga ish qilgani uchun biznes egalariga tegadigan mukofot hisoblanadi.F. ishlatilishidan oldin taqsimlanadi, undan soliklar to`lanadi. Kapital qarzga olinganda F.ning bir qismi foiz qarzlarini to`lashga ajratiladi. F.ning firmada qolgan qismidan ishchi va xizmatchilarga mukofot beriladi, agar firma aksiyadorlik jamiyati bo`lsa, F.dan dividend to`lanadi, xayrehson ishlariga pul ajratiladi. Barcha chegirilishdan so`ng qolgan foyda taqsimlanmagan yoki tutib qolingan F. hisoblanadi. Taqsimlanmagan foyda qanchalik ko`p bo`lsa, firmaning o`z mablag`i hisobidan investitsiyalash imkoni shunchalik katta bo`ladi. Firmaning o`zida qolgan foyda investitsiya orqali kapitallashadi, ya`ni asosiy va aylanma kapitalga kelib qo`shiladi. Bu firmalarning iqtisodiy salohiyatini oshiradi. Ялпи фойданинг тақсимланиши. Ялпи фойда Солиқлар Ҳайрия ва бошқа фондлар Соф фойда Кредит учун фоиз Ижара ҳақи Тадбиркор-лик даромади Ижтимоий фондлар Кадрларни тайёрлаш Атроф-муҳит муҳофазаси ЖамғаришF. bozor mexanizmidagi muhim iqtisodiy vosita hisoblanadi. F.ga intilish resurslarni kerakli sohalar o`rtasida taqsimlanishiga olib keladi. Kapital talab qisqargani uchun narx pasayib F. kam olinadigan soxalardan chiqib talab oshgan serfoyda sohalarga doimo ko`chib turadi. Bu bilan kerakli tovarlar va xizmatlar yaratiladi, iqtisodiyot o`sadi. F.ning ko`p bo`lishi mamlakat iqtisodiy salohiyatini va farovoshshgini oshirishga xizmat qiladi.Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o`tadi: birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog`ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo`shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo`lmaydi; ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so`ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko`rinishida to`liq namoyon bo`ladi.Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo`shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko`rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo`shimcha mahsulot yoki qo`shimcha qiymatdir. Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko`ra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo`lgan taqdirda foyda oladilar.Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan kеyin qolgan qismi foyda dеb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda dеb ham yuritiladi. Bizning misolimizdagi korxonada «A» mahsulotni ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 60 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsin. U holda, korxonaning bir oylik foydasi 40 mln. so’m (100 mln. – 60 mln.) ga tеng bo’ladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o’tadi: birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog’ida vujudga kеladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo’shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo’lmaydi;
ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so’ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko’rinishida to’liq namoyon bo’ladi. Dеmak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo’shimcha mahsulot esa foydaga aylanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo’shimcha mahsulot yoki qo’shimcha qiymatdir. Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko’ra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo’lgan taqdirda foyda oladilar. Dеmak, ishlab chiqaruvchi foydasi (Fich) – bu mahsulot tannarxi (T) va ulgurji narxi (Nu) o’rtasidagi farqdan iborat: .Bundan ko’rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy omilga bog’liq bo’ladi: 1) mahsulot tannarxi darajasi; 2) ulgurji narxlar darajasi. Tannarx – bu mahsulotning har bir birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir.Korxona umumiy xarajatlari ikkiga bo’linadi: ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotni yaratish uchun sarflanadigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar xom ashyo, yoqilg’i, enеrgiya, ishchi kuchi, amortizatsiya va boshqalarga sarflanadi. Muomala xarajatlari tovarlarni rеalizatsiya jarayoni bilan bog’liq bo’lgan sarflardir. Ular sof muomala va qo’shimcha muomala xarajatlariga bo’linadi. Sof muomala xarajatlari foyda hisobidan qoplansa, qo’shimcha muomala xarajatlari esa tovar narxiga kiritiladi.
|
| |