• Milliy jamiyat shaklida.
  • Mavzu: fransiya respublikasi iqtisodiyoti reja: Fransiya sanoat ishlab chiqarish




    Download 157.5 Kb.
    bet4/6
    Sana02.11.2022
    Hajmi157.5 Kb.
    #28818
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    FRANSIYA RESPUBLIKASI IQTISODIYOTI
    Toklar magnit maydon, 1-topshiriq eshtemirov sardor, 6-topshiriq Boltayev shuhrat, significance of phonetics in learning english, umumiy psxologiya, Презентация (1), 2 5316600004079532241

    Fransiya chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va poʻlat, ofis mashinalari, don mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq, goʻsht, sut, kiyimkechak, poyabzal, upaelik va hokazolarni chiqaradi. Chetdan yonilgʻi, sanoat xom ashyolari, transport jihozlari, mashinalar, isteʼmol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, shuningdek, AQSH va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Fransiyada xalqaro turizm rivojlangan:-yiliga 50 mln. kishi kelibketadi. Pul birligi — frank.

    Fransiya — yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Jahondagi eng rivojlangan yetti davlatdan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 16,9 %, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon, baliq xoʻjaligining ulushi 2,7 %., xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 80,4 % ni tashkil etadi (2022).

    Fransiyaning biz ta’kidlagan monopolik kapitali uchun harakterli jihatlardan biri moliya va pul-kredit munosabatlari barqarorligini ta’minlab turishdan iborat. Agarda iqtisodiyotning bu muhim tarmoqlarida pasayish darajasi sezilsa davlat ushbu zahiralardan foydalaniladi. 1980 yillar o‘rtalarida Fransiya hukumati mamlakatda keng ko‘lamli xususiylashtirish dasturini e’lon qildi. Natijada yalpi ichki mahsulot ulushida davlat sektori ishtiroki pasaydi, ya’ni davlat ishi bilan band bo‘lganlar 16 foizni, ishlab chiqarish bilan band bo‘lganlar 28 foizni, jami pul aylanma harakatda 36 foizni tashkil etdi. Xususiy sektor esa elektr energiya ishlab chiqarilishida 70 foiz, aloqa va transport sohasida 59 foiz, aviatsiya sanoatida 84 foiz, avtomobil ishlab chiqarishda 40 foiz, qurol-yarog‘ ishlab chiqarishda esa 75 foiz ulushiga ega bo‘ldi. Davlat 90 foiz depozit va 85 foiz kredit mablag‘larini o‘z nazoratiga oldi.

    Fransiyada davlat mulki asosan uch xil shaklda boshqariladi: 1. Milliy jamiyat shaklida. (masalan, «Gaz de Frans», Elektrisiti de Frans», «Sharbonaj de Frans» banki va boshqalar kabi); 2. Ma’muriy boshqaruv. (Atom energiyasi bo‘yicha kommisariat, pochta xizmati, tamaki va gugurt sanoati boshqaruvi va boshqalar). 3. «Aralash iqtisodiyot» jamiyati. («Fransez de petrol» kompaniyasi). Bundan tashqari davlat mulkini tashkil etuvchi jihatlar yangi tarmoqlarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan (masalan, informatika, energetikayadro sanoati, bioindustriya) va faoliyati turini o‘zgartirgan, keskin burilish yoqasida turgan kompaniyalar sanaladi. Aksariyat mamlakatlarda asosiy mablag‘, ichki iqtisodiy kengayish va takroriy ishlab chiqarish ta’minoti kabi vazifalarni davlat hal etmaydi. Ya’ni, davlat bu borada islohatchi emas. Ammo, Fransiya uchun harakterli tomon aynan shu – ya’ni bosh islohatchi sifatida bu jarayon idora etadi, hatto tijorat banklarining aktivlari va stavka foizlarini doimiy nazoratida ushlaydi.


    Download 157.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 157.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: fransiya respublikasi iqtisodiyoti reja: Fransiya sanoat ishlab chiqarish

    Download 157.5 Kb.