• Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metod
  • Mavzu: Funksional fizik metod qanday metod?




    Download 22.47 Kb.
    bet1/4
    Sana06.03.2024
    Hajmi22.47 Kb.
    #167876
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Mavzu Funksional fizik metod qanday metod
    10-ìàâçó Ýêñïåðò èøëàðèäàí âà áîø à àóäèòîðëèê òàøêèëîòè ìàúëóì, Oqava suvlarni tozalash jarayonini avtomatlashtirish reja I. Kir(1), Qozoq, dastur uchun (2), dasturiy tizimlarning hayot sikli, Atmosfera yong’inlari va ularning yer yuzida taqsimlanishi, CamScanner 01.08.2023 17.18, Kuch-transformatorlarini-ishlatish, Kamerali qarshilik pechlari tuzilishi va ishlash prinsipi reja, elektrstansiya WPS Office, PIRLS, 3 илова Битирувчилар таркатиш жадвали, Labaratoriya17-18 (1), TMvaA 1-amaliy

    Mavzu: Funksional fizik metod qanday metod?

    Mavzu: Funksional fizik metod qanday metod?
    Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari, tamoyillari ta’riflanadi, ular esa, o‘z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan oqilona o‘zaro aloqasini ta’minlaydi. Umumilmiy metodlar qatoriga tizimli va strukturaviy-funksional, ehtimoliy yondashuvlar, modellashtirish, formalizatsiya hamda boshqalar kiradi.

    Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metod yaxlit tizimlarda ularning strukturasini, strukturaning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi barqaror munosabatlar va o‘zaro aloqalarni hamda ularning bir-biriga nisbatan rollari (funksiyalari)ni ajratish asosiga quriladi.

    Struktura–tizimning tuzilishi va ichki shakli, mazkur tizimning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning birligini ifodalovchi falsafiy tushuncha. Funksiya esa mazkur tizim har bir tarkibiy qismining «vazifasi» deb tushuniladi (ma’lum biologik a’zo funksiyalari, davlat funksiyalari, nazariyaning funksiyalari va h.k.).

    Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metodning (unga ba’zan sistemali yondashuvning turi deb ham qaraladi) asosiy talab (jarayon)lari:

    a) tizimli ob’ektning tuzilishi, strukturasini o‘rganish;

    b) uning tarkibiy qismlarini va ularning funksional xususiyatlarini tadqiq qilish;

    v) mazkur tarkibiy qismlardagi va ularning funksiyalaridagi o‘zgarishlarni tahlil qilish;

    g) butun tizimli ob’ektning rivojlanishi (tarixi)ni ko‘rib chiqish;

    d) barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan ob’ektning barcha tarkibiy qismlariga shu barqarorlikni saqlashga xizmat qilayotgan tizim sifatida qarash.

    Formallashtirish–ma’lum mazmunni muayyan shakl-belgilar holiga keltirish. Bu har xil talqin qilish imkoniyatini istisno etish maqsadida fikrni aniq ifodalashga xizmat qiladi. Formallashtirishda ob’ektlar haqidagi mulohazalar belgilar (formula) sohasiga o‘tkaziladiki, bu sun’iy tillar (matematika, mantiq, kimyo tili va sh.k.)ni yaratish bilan bog‘liq.

    Maxsus shakl-belgilardan foydalanish oddiy, tabiiy tilning ko‘p ma’noliligini bartaraf etish imkonini beradi. Formallashtirilgan fikrlarda turli belgi qat’iy ma’noni bildiradi. Formallashtirish algoritmlashtirish va hisoblash moslamalarini dasturlashtirish jarayonlariga, bu bilan esa bilimning nafaqat ilmiy-texnikaviy, balki boshqa shakllarini ham kompyuterlashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

    Formallashtirish jarayonining eng muhim xususiyati shundaki, sun’iy tillarning formulalari ustida amallarni bajarish, ulardan yangi formula va nisbatlarni keltirib chiqarish mumkin. Aytilgan fikr mantiqiy xulosa asosida chiqariladi. Amaliyotda turli timsollar asosida xulosalar chiqariladi. Bu timsollar aksiomalarni ifodalaydi. Formallashtirish keng ma’noda mantiqiy xulosa chiqarish haqidagi ta’limotdir. Mantiqiy xulosa natijani izohlab tushuntirib beradi. Xulosa chiqarish timsollar tizimi va unga asoslanish demakdir. Ammo, XX asrda ijod qilgan avstriyalik mantiqchi va matematik K. Gedel mazmun nazariyasida har doim aniqlanmagan, formallashtirilmagan qoldiq qolishini ko‘rsatadi. Tobora chuqurlashib borayotgan bilim mazmunini formallashtirish hech qachon mutlaq to‘liqlikka erishmaydi, chunki bilish predmeti va u haqdagi bilimlarning rivojlanishi (o‘zgarishi) hech qachon to‘xtamaydi. Bu formallashtirishning ichki imkoniyatlari cheklanganligidan dalolat beradi. Zotan, har qanday fikrni hisoblash bilan almashtirish imkonini beruvchi umumiy metodning yo‘qligi isbotlangan. Gedelning teoremalari ilmiy fikrni va, umuman, ilmiy bilimni to‘liq formallashtirish mumkin emasligini mukammal isbotlab bergan.

    Modellashtirish–borliqni bilvosita o‘rganish usuli. Biron ob’ektning xususiyatlarini ularni o‘rganish uchun maxsus tuzilgan boshqa ob’ektda qayta hosil qilishdir. Modellashtirish asosida tadqiq qilinayotgan ob’ekt bilan uning modeli o‘rtasidagi o‘xshashlik, muvofiqlik yotadi. Mazkur usul ilmiy tadqiqot jarayonini engillashtiradi, ob’ektning o‘rnini bevosita tadqiq etish mumkin bo‘lmagan, qimmat bo‘lgan, juda uzoq vaqt talab qiladigan va holatlarda modelga ehtiyoj paydo bo‘ladi.

    Modellashtirish shakllari xilma-xil bo‘lib, foydalanilayotgan modellarga va modellashtirish qo‘llanayotgan sohaga bog‘liq. Modellarning xususiyatiga qarab moddiy (predmetli) modellashtirish va ideal modellashtirish farqlanadi. Moddiy modellar tabiiy ob’ektlar hisoblanadi. Ular o‘z faoliyatida tabiiy qonunlar–fizika, mexanika qonunlariga bo‘ysunadi. Ideal modellar tegishli belgilar shaklida ifodalanadi.

    Muayyan ob’ektni moddiy (predmetli) modellashtirishda uni o‘rganish original bilan bir xil fizik tabiatga ega bo‘lgan ma’lum modelni tadqiq qilish bilan almashtiriladi (samolyot, kema va kosmik apparatlarning modellari).

    Ideal (belgili) modellashtirishda modellar grafiklar, chizmalar, formulalar, tenglamalar sistemalari, tabiiy va sun’iy til gaplari (timsollar) shaklida bo‘ladi. Hozirgi vaqtda matematik modellashtirish (kompyuterda modellashtirish) keng tarqalgan.

    ehtimoliy-statistik metodlar barqaror takroriylik bilan tavsiflanadigan ko‘plab tasodifiy omillarning ta’sirini e’tiborga olishga asoslanadi. Bu ko‘plab tasodiflarning umumiy ta’siri orqali o‘ziga yo‘l ochadigan zarurat (qonun)ni ochish imkonini beradi. Mazkur metodlar ko‘pincha tasodiflar haqidagi fan deb ataladigan ehtimollik nazariyasiga tayanadi.

    Ehtimollik–haqiqatga da’vogarlik qiluvchi va bunga etarli asosi bo‘lmagan ilmiy hayotiy tushuncha. ehtimollikning diapazoni–noldan (mumkin emaslikdan) birgacha (voqelikkacha). Mazkur metodlar dinamik va statistik qonunlarni farqlashga asoslanadi. Bunda ular mazkur qonunlardan kelib chiqadigan bashoratlarning xususiyatiga tayanadi. Dinamik qonunlarda bashoratlar aniq belgilangan bir ma’noli xususiyatga ega bo‘ladi (masalan, klassik mexanikada).

    Statistik qonunlarda bashoratlar haqiqiy emas, balki ehtimoliy xususiyatga ega bo‘ladi. Bu xususiyat ko‘plab tasodifiy omillarning ta’siri bilan belgilanadi. Ilmiy bilish tarixi ko‘rsatganidek, «biz zarurat va tasodif bilan bog‘liq barcha muammolarning ahamiyatiga endi-endi munosib baho bera boshlayapmiz».

    Ehtimoliy-statistik metodlar tasodifiy xususiyatga ega bo‘lgan ayrim hodisalarni emas, balki ommaviy hodisalarni o‘rganish (kvant mexanikasi, statistik fizika, sinergetika, sotsiologiya va boshqa fanlar)da keng qo‘llaniladi. Bugungi kunda fanga ehtimoliy fikr yuritish tarzi kirib kelayotganligi to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda.

    Umumilmiy yondashuvlarning muhim roli shundan iboratki, o‘zining «oraliq xususiyati»ga ko‘ra, ular falsafiy va alohida ilmiy bilim (shuningdek, tegishli metod)larning o‘zaro o‘tishida vositachilik qiladi. Mazkur metodlar barcha fanlarda qo‘llanilganligi uchun ham ular umumilmiy metodlar deb ataladi. Ammo ularni fanlarda qo‘llashda har bir fan yoki fan sohasining xususiyatlari, tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy hodisalarni bilish xususiyatlari e’tiborga olinadi.




    Download 22.47 Kb.
      1   2   3   4




    Download 22.47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Funksional fizik metod qanday metod?

    Download 22.47 Kb.