• Dasturiy ta’minotning hayot sikli
  • Ishlab chiqish jarayoni
  • Mavzu: Dasturiy tizim(ta’minot)ning hayot sikli evolyutsion modeli Reja




    Download 0.76 Mb.
    bet1/8
    Sana03.06.2023
    Hajmi0.76 Mb.
    #69310
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    dasturiy tizimlarning hayot sikli
    10-ìàâçó Ýêñïåðò èøëàðèäàí âà áîø à àóäèòîðëèê òàøêèëîòè ìàúëóì, Oqava suvlarni tozalash jarayonini avtomatlashtirish reja I. Kir(1), Qozoq, dastur uchun (2), Atmosfera yong’inlari va ularning yer yuzida taqsimlanishi, CamScanner 01.08.2023 17.18, Kuch-transformatorlarini-ishlatish, Kamerali qarshilik pechlari tuzilishi va ishlash prinsipi reja, elektrstansiya WPS Office, PIRLS, Mavzu Funksional fizik metod qanday metod , 3 илова Битирувчилар таркатиш жадвали, Labaratoriya17-18 (1), TMvaA 1-amaliy

    Mavzu: Dasturiy tizim(ta’minot)ning hayot sikli evolyutsion modeli
    Reja:

    1. Dasturiy ta’minotning hayot sikli;

    2. Dasturiy ta’minot hayot sikli modulining evolyutsiyasi;

    3. CASE – texnologiyalardan foydalanilganda dasturiy ta’minotning hayot sikl o’zgarishi.


    Dasturiy ta’minotning hayot sikli deb, ayrim dasturiy ta’minotni yaratish g’oyasi boshlangan vaqtdan uning ishlab chiquvchi – firma yoki kuzatuvchi vazipredmeti bajaruvchi firma tomonidan qo’llab – quvvatlash tugagan vaqtgacha bo’lgan davrga aytiladi. Hayot sikl jarayonining tarkibi xalqaro standart ISO / IEC 12207:1995 “Information Technologe – Software Life Cycle Processes” (“Axborot texnologiyalari – dasturiy ta’minot hayot siklining jarayoni”) bilan tartibga solinadi. ISO – International Organization for Standardization - Standartlashtirish xalqaro tashkiloti. IEC – International Electro technical Commission – Elektrotexnika bo’yicha xalqaro komissiya. Ushbu standart dasturiy ta’minot hayot siklining tuzilmasini va uning jarayonini tavsiflaydi. Hayot sikl jarayoni ayrim kirish ma’lumotlarining chiqish ma’lumotlariga o’zgaruvchi o’zaro bog’lik bo’lgan amallar majmui kabi aniqlanadi. Har bir jarayon aniq vazifalar va usullarningxulosalari, shuningdek, dastlabki ma’lumotlari va natijalari bilan xarakterlanadi.
    Ishlab chiqish jarayoni (Development process) standartiga muvofiq ishlab chiquvchi tomonidan bajarilayotgan amallar va vazifalarni ko’zda tutadi, hamda, berilgan talablargamuvofiq dasturiy ta’minot va uning komponentlarni yaratish bo’yicha ishlarni jumladan,loyiha va ekspluatatsion hujjatlarni rasmiylashtirishni, shuningdek, ishlash qobiliyatini vaxodimlarni o’qitish uchun zarur bo’lgan dasturiy ta’minot materiallar sifatiga muvofiqligini tekshirish uchun zarur materiallar tayyorlashini qamrab oladi.
    Standart bo’yicha ishlab chiqish jarayoni quyidagi amallarni o’z ichiga oladi:

    • Tayyorgarlik ishi – standartlar, usullar va ishlab chiqish vositalari hayot siklining modelini tanlash, shuningdek, ishlar rejasini tuzish;

    • Tizimga qo’yiladigan talablarni tahlil qilish – uning funksional imkoniyatlarini, ishonchlilik va xavfsizlikka qo’yiladigan talablar, tashqi interfeyslarga qo’yiladigan talablar va hokazo aniqlash;

    • Tizim arxitekturasini loyihalashtirish - zarur uskuna, dasturiy ta’minot tarkibi va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tomonidan bajariladigan amallarni aniqlash;

    • Dasturiy ta’minotga qo’yiladigan talablarni tahlil qilish – funksional imkoniyatlarni jumladan, ishlab chiqarish tavsifi, komponentlar, tashqi interfeyslarning ishlash muhitini, ishonchlilik va xavfsizlik talablarni foydalaniladigan ma’lumotlarga, o’rnatishga, qabul qilishga, foydalanish uchun hujjatlarga, ekspluatatsiya qilishga va kuzatishga qo’yiladigan talablarni aniqlash;

    • Dasturiy ta’minot arxitekturasini loyihalash – dasturiy ta’minot tuzilmasini aniqlash, interfeyslar, uning komponentlarini hujjatlashtirish, foydalanish hujjatlarning dastlabki versiyasini, shuningdek, testlarga qo’yiladigan talablarni va integratsiya qilish rejasini ishlab chiqish;

    • Dasturiy ta’minotni batafsil loyihalash – dasturiy ta’minot va ular o’rtasidagi interfeyslar komponentlarining batafsil izohi, foydalanish hujjatlarini yangilash, dasturiy ta’minot komponentlarining testlash rejasi va testlarga qo’yiladigan talablarni hujjatlashtirish, komponentlar integratsiya rejasini yangilash;

    • Dasturiy ta’minotni kodlash va testlash – har bir komponentni, shuningdek, testli protseduralarning jamini va ularni testlash uchun ma’lumotlarni ishlab chiqish va hujjatlashtirish, komponentlarni testlash, foydalanish hujjatlarini yangilash, dasturiy ta’minot integratsiya rejasini yangilash, dasturiy ta’minotni integratsiya qilish – integratsiya qilish rejasiga muvofiq dasturiy komponentlarni yig’ish va o’z xususiyatlarigamos keluvchi, hamda, berilgan ekspluatatsiya qilish sharoitlarida foydalanishga tayyor sifatida dasturiy mahsulotni kvalifikatsiyalash zarur bo’lgan mezonlar to’plamini yoki sharoitlardan iborat kvalifikatsion talablarga muvofiqligiga dasturiy ta’minotni testlash;

    • Dasturiy ta’minotni malakaviy (kvalifikatsion) testlash - dasturiy ta’minotnibuyurtmachi ishtirokida uning ekspluatatsiya qilish talablariga muvofiqligi va tayyorgarligini namoyish qilish uchun testlash, bunda texnik va foydalanish hujjatlarinining tayyorgarligi va to’liqligi tekshiriladi;

    • Tizimning integratsiyasi - barcha tizim komponentlarini, jumladan, dasturiy ta’minot va uskunani yig’ish;

    • Tizimni malakaviy testlash – talablarning tizimga muvofiqligi uchun tizimnitestlash va hujjatni rasmiylashtirilishi va to’liqligini tekshirish;

    • Dasturiy ta’minotni o’rnatish - dasturiy ta’minotni buyurtmachining uskunasiga o’rnatish va uning ishlash qobiliyatini tekshirish;

    • Dasturiy ta’minotni qabul qilish - dasturiy ta’minotni malakaviy testlashnatijalarini va butun tizimni baholash, hamda, buyurtmachi bilan birgalikda baholashning natijalarini, buyurtmachiga dasturiy ta’minotni oxirgi uzatishni hujjatlashtirish.

    Dasturiy ta’minot hayot siklining modeli o’zgarishi bilan mahsulotlar interatsion tarzda yaratilmoqda: avval nisbatan oddiy versiya ishlab chiqariladi, keyin katta imkoniyatlar, so’ngra keyingisi va hokazo. Xuddi shu, ISO / IEC12207 standartga muvofiq hayot siklning ayrim jarayonida birga qo’shilish bosqichini ajratishga sabab bo’ldi. Ko’rib chiqilayotgan standart – dasturiy ta’minot hayot siklining jarayonlarini nomlaydi va aniqlaydi, u ushbu jarayonga kirgan amallar va vazifalarni qanday amalga oshirish yoki bajarishni batafsil aniqlashtirmaydi. Ushbu masalalar tegishli usullar, uslublar va boshqalar bilan tartibga solinadi. Oxirgilarni batafsil ko’rib chiqishga o’tishdan oldin yuzaga kelgan vaqtdan hozirgi vaqtgacha dasturiy ta’minotni ishlab chiqish sxemasini tahlil qilish zarur.




    Download 0.76 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Dasturiy tizim(ta’minot)ning hayot sikli evolyutsion modeli Reja

    Download 0.76 Mb.