|
Mavzu: Genetik algoritm
|
bet | 5/6 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 237,7 Kb. | | #256230 |
Bog'liq MO\' 5-mustaqil ishTestlar:
1. Qanday holatda bog’liqlik korrelyasion deb aytiladi?
a) agar omilning har bir qiymatiga natijaviy omilning muayyan tasodifiy qiymati mos kelsa;
b) agar omilning har bir qiymatiga natijali belgining ko’plab qiymatlari, ya’ni muayyan statistik taqsimot mos kelsa;
v) agar omilning har bir qiymatiga natijaviy omil qiymatlarining butun bir taqsimoti mos kelsa;
g) agar omilli belgining har bir qiymatiga natijali belgining muayyan belgilangan qiymati mos kelsa.
2. Tahliliy ifodaga ko’ra bog’liqlik qanday turlarga bo’linadi?
a) teskari; b) chiziqli; v) egri chiziqli; g) juft.
3. Regression tahlil nimani aniqlashdan iborat?
a) bog’liqlikning tahliliy shaklini, unda natijaviy omilning o’zgarishi bir yoki bir necha omillarning ta’siri bilan shartlangan, natijaviy omilga ta’sir ko’rsatuvchi barcha boshqa omillar ko’pligi esa doimiy va o’rtacha qiymatlar sifatida qabul qilinadi;
b) ikkita omil o’rtasidagi (juft bog’liqlikda) hamda natijaviy omil bilan omillar ko’pligi o’rtasidagi (ko’p omilli bog’liqlikda) bog’liqlikning jipsligini;
v) ikkita tasodifiy o’zgaruvchi o’zaro ta’sirining statistik ulchovini;
g) tartibli o’zgaruvchilar o’rtasidagi statistik bog’liqlik darajasini.
4. Alohida korrelyatsiya deganda nima tushuniladi?
a) natijaviy omil hamda tadqiqotga kiritilgan ikki yoki undan ko’p omillarning bog’liqligi;
b) ikkita omil (natijaviy va omillar yoki ikkita omil) o’rtasidagi bog’liqlik;
v) boshqa omillar qiymati qat’iy belgilangan hollarda natijaviy omil va bitta omil o’rtasidagi bog’liqlik;
g) sifatiy omillar o’rtasidagi bog’liqlik.
5. Quyidagi qiymatlardan qaysi biri korrelyatsiyaning juft koeffitsiyentini qabul qila olmaydi?
a) -0,973; b) 0,005; v) 1,111; g) 0,721.
6. Korrelyatsiya chiziqli koeffitsiyentining qaysi qiymatida Y va X omillar o’rtasidagi bog’liqlikni jips (kuchli) deb hisoblash mumkin?
a) -0,975; b) 0,657; v) -0,111; g) 0,421.
7. Agar Y va X omillar o’rtasidagi korrelyatsiya juft koeffitsiyenti 1 ga teng bo’lsa, u nimani anglatadi?
a) bog’liqlikning yo’qligi;
b) teskari korrelyatsion bog’liqlikning mavjudligi;
v) teskari funksional bog’liqlikning mavjudligi;
g) to’g’ri funksional bog’liqlikning mavjudligi.
8. Agar Y va X omillar o’rtasidagi korrelyatsiya juft koeffitsiyenti 0,675 qiymatni qabul qilsa, u holda determinatsiya koeffitsiyent nimaga teng?
a) 0,822; b) -0,675; v) 0,576; g) 0,456.
9. Regressiya parametrlarining baholari (eng kichik kvadratlar usuli baholarining xususiyatlari) qanday bo’lishi kerak?
a) siljimagan; b) geteroskedatik; v) samarali; g) asoslangan.
10. Chiziqli juft regressiya tenglamasida a 1 parametr nimani anglatadi?
a) natijaviy omil hisobga olinmagan (tadqiqot uchun ajratilmagan) omillarning o’rtacha holatga keltirilgan ta’sirini;
b) omil 1 foizga o’zgarganda natijaviy omilning o’rtacha o’zgarishini;
v) agar x o’zgaruvchi bir o’lchov birligiga oshirilsa, u natijaviy omilni o’rtacha qancha miqdorga o’zgarishini;
g) u natijaviy omil belgi variasiyasining qanaqa ulushi modelda hisobga olinganligini va u x o’zgaruvchining ta’siri bilan shartlanganligini.
11. Regressiya tenglamasi yx = 2,02 ± 0,78x ko’rinishga ega. Agar x o’zining bir o’lchov birligiga oshirilsa, y o’rtacha o’zining qancha o’lchov birligiga o’zgaradi:
a) 2,02 ga oshadi; b) 0,78 ga oshadi; v) 2,80 ga oshadi; g) o’zgarmaydi.
12. Omil 1 foizga o’zgarganda natijaviy omilning o’rtacha o’zgarishini qanaqa koeffitsiyent belgilab beradi?
a) regressiya koeffitsiyenti; b) seterminatsiya koeffitsiyenti;
_
v) korrelyatsiya koeffitsiyenti; g) elastiklik koeffitsiyenti.
13. Hisoblangan modelning adekvatliligini tekshirish qanaqa mezondan foydalaniladi?
a) Fisherning F-mezoni; b) Styudentning t mezoni;
v) Pirson mezoni; g) Darbin-Uotsonning d-mezoni.
14. Keskin farq qiluvchi ma’lumotlarni chiqarib tashlashda qanaqa mezondan foydalaniladi?
a) Smirnov – Grabs mezoni; b) Styudentning t mezoni;
v) Pirson mezoni; g) Darbin-Uotsonning d-mezoni.
15. Tajriba natijalari dispersiyalarning bir jinsliligi haqidagi farazni tekshirishda qanaqa mezondan foydalaniladi?
a) Kochren mezoni; b) Smirnov – Grabs mezoni;
v) Styudentning t mezoni; g) Pirson mezoni.
|
| |