Mavzu: geodezik tayanch punktlarda sputnik apparatlarining ahamiyati




Download 1,38 Mb.
bet5/5
Sana22.12.2023
Hajmi1,38 Mb.
#126931
1   2   3   4   5
Bog'liq
oliy geodeyziya 22

Harbiy priyomniklar P-kodni qabul qilish imkoniga ega va hamma diapozonlarda ishlashni ta'minlay oladi. Ob'ekt koordinatalarini aniqlash xatosi 10-20 metrga teng.
GAT priyomniklari signal fazalarini, odatda bitta chastotali, o'lchashga mo'ljallangan va koordinatalarni 1-5 metr xatolik bilan aniqlashni ta'minlaydi.
Geodezik priyomniklar signal fazasini, odatda bitta chastotali, o'lchashga mo'ljallangan. Bunda ular bitta chastotali signal bilan va birdaniga ikki chastotali signallar bilan ishlashi mumkin. Bu priyomniklar nuqtalar koordinatalarini 1-2 santimetr xatolik bilan aniqlash imkonini beradi.
GPS priyomniklari konstruktiv xususiyatlariga qarab bitta kanalli, ikki va to'rt kanalli priyomniklarga bo'linadi.
Bitta kanalli priyomniklarni oddiy masalalarni yechishda qoʻllanishi uchun birin - ketin to'rtta sun'iy yo'ldoshlarni kuzatib ulargacha bo'lgan masofalarni ketma ket aniqlashga to'g'ri keladi, buning uchun 2 soniyadan 30 soniyagacha vaqt talab qilinadi. Bu priyomniklarni kamchiligi ular o'rnatilgan ob'ekt harakatda bo'lsa yo'ldoshni kuzatish imkoni bo'lmaydi, chunki bunda o'lchash aniqliq pasayib ketadi. Bundan tashqari navbatdagi yo'ldoshdan signalni qabul qilish imkoni bo'lmaydi, chunki bu vaqtda (30 soniya) oldingi yo'ldoshdan olingan signalni ishlab chiqish bilan priyomnik band bo'ladi.
Yuqorida aytilgan kamchiliklardan qutilish maqsadida ikki kanalli priyomnik qo'llanadi. Bunda bitta kanal qabul qilgan signallarni ishlab chiqish bilan band bo'lsa, ikkinchisi navbatdagi yo'ldosh bilan radioaloqa bog'lab o'lchashni amalga oshiradi. Birinchi kanal ma'lumotlarni ishlab chiqishni tugatib navbatdagi yo'ldosh bilan aloqa bog'lash va o'lchashga tushadi va shu ketma-ketlikda ishlar davom etadi.
Ikki kanalli priyomniklarda, ularda o'rnatilgan soatlar yurishi xatoligini bartaraf etuvchi hisoblash algoritmlardan foydalanadi.Ikki kanalli priyomniklarning kamchiligi-bitta kanalli
priyomniklardan qiymat va ko'p energiya sarflaydi. Parallel (to'xtovsiz) kuzatuvchi priyomniklar birdaniga 4 ta va undan ortiq sun'iy yo'ldoshlarni kuzatishga moslangan bo'lib ular bir onda ob'ekt koordinatalari va tezligini beradi. Bu esa yuqori dinamikali ob'ektlar o'mini yuqori daraja aniqlikda topish imkonini beradi.GPS primnik to'rtta asosiy modullarni o'z ichiga oladi: energiya ta'minlash bloki, boshqarish moduli, antenna moduli va qabul qiluvchi modul.Energiya ta'minlash bloki priyomnik komplektiga kiruvchi akkumulator batareyalardan tashkil topadi.Boshqarish moduli priyomnik rejimini belgilash va boshlang'ich parametrlarni kiritish uchun xizmat qiladi. U o'z ichiga boshqarish pulti (ish rejimi va boshlang'ich ma'lumotlarni kiritishni ta'minlaydi) va displey (qiziqtiradigan ma'lumotlarni ko'z bilan kuzatish uchun) ni oladi. Boshqarish moduli antenna moduli va qabul qilish moduli bilan bevosita bog'langan.Antenna moduli antennani qaratilish diagrammasini boshqarish moslamasi va signallarni kuchaytirish moslamasidan tashkil topadi. U sun'iy yo'ldoshlar signallarini qidirib topish va qabul qilish, ularni kuchaytirish va qabul qilish moduliga uzatishni ta'minlaydi. Qabul qilish moduli ishlashi yo'ldosh generatori ishlashi bilan sinxronlashtirilgan kvars generatori, signallarni ishlab chiqish protsessori, mikroprotsessor va yodda tutuvchidan iborat. Antennani kuchaytiruvchisidan signallar ularni ishlab chiqish protsessoriga uzatiladi, bu yerda signallar tanilib ularni parametrlari mikroprotsessorga uzatiladi.Priyomniklarni asosiy tavsiflari va tiplari 2 jadvalda keltirilgan.Yuqori aniq geodezik priyomniklarda amalda chiziqlarni o'lchash aniqligi quyidagi daraja 5 мм +1×10D ni tashkil qiladi, bu yerda D- asos (baza) chizig'ining uzunligi (5-10 km).Hamma yo'ldosh priyomniklari amaldagi davlat qonunlari, me'yoriy hujjatlar va qoidalarga asosan metrologik attestatsiya va sertifikatlashdan o'tishi shart.
Yo'ldosh priyomniklarini ichki (kiritilgan) dasturlari, ularni ish rejimlariga asosan turli funksiyalarni, ya'ni koordinatalar va navigatsiya parametrlarini hisoblash, koordinatalarni to'g'rilash, marshrut ma'lumotlarini tayyorlash, marshrut bo'yicha yurgizish, kompyuter bilan ikki tomonlama aloqa bog'lashlarni bajaradi. Dasturlar yo'ldosh sistemasi almanaxini priyomnik yodiga yozishni kompyuter yoki uning tablosiga orbita gruppirovkasi haqidagi ma'lumotlarni chiqarishni ta'minlaydi.
Tashqi dasturlar priyomnik komplektiga kiritiladi yoki alohida beriladi. Ular "menyu" va "sichqoncha" tipidagi manipulyator tizimlari bilan boshqariladi.
Tashqi amaliy dasturlar topografik quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: geodezik ishlarga tegishli tuzish;
Ishlarni rejalash;
Kerakli miqdordagi yo'ldoshlardan ma'lumotlarni yozib olish;
Differensial korreksiyalash (to'g'rilash) dasturi uchun fayllar Differensial korreksiyalash;
Ma'lumotlarni grafik tasvirlash;
Asos (baza) chiziqlarni hisoblash; Koordinatalarni hisoblash va ularni boshqa sistemalarga
o'zgartirish;
Oʻlchashlar aniqligini baholash;
Ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
Geodezik tarmoqni tenglash;
Berilgan masshtabdagi plan va kartani avtomatik texnologiyad tuzish va chiqarish.
GPS priyomniklari bilan ishlash rejasi quyidagilardan iborat: ishlash joyida yo'ldoshlarni ko'rinishi ma'lumotini tuzish, geometrik omillarni dastlabki omillarini hisoblash, aniqlanadigan punktlar (nuqtalar) orasidagi harakat chizmasini tuzish.
XULOSA
Insonni qadim zamonlardan qiziqtirib kelgan muammolardan biri, u o'zini Yer planetasini qaysi joyida turganini aniqlashdan iborat bo'lgan. Kishi o'z atrofini o'rab olgan ob'ektlarga nisbatan turgan o'rnini osongina aniqlab olishi mumkin. Bordiyu atrofda bunday ob'ektlar bo'lmasa, hammayoq boʻm-bo'sh cho'l yoki bepoyon okean sathi bo'lsachi? Ko'p asrlar davomida bu muammoni Quyosh va yulduzlardan foydalanib yechib kelingan. Shu jumladan geodezistlar, geologlar va boshqalar geodezik tayanch punktlardan foydalanib kelishgan, ulardan boshlab o'lchashlar olib borilgan yoki yo'llar aniqlangan, lekin bu usullardan foydalanish imkoni har doim bo'lavermaydi. Masalan, Quyosh va yulduzlar bulutli ob-havoda ko'rinmaydi. Joyda bajariladigan aniq o'lchashlar ko'p vaqt va mehnat talab qiladi va har doim maqsadga to'la erishish imkoni bo'lmaydi. 1970 yillar boshida GPS yangi loyihasi taqdim etildi va unga ko'ra kishi o'z turgan o'rnini yer yuzasini hoxlagan nuqtasida, hoxlagan vaqtda, har qanday ob-havo sharoitida yuqori aniqlikda aniqlash imkoniga ega bo'ldi.
Download 1,38 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1,38 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: geodezik tayanch punktlarda sputnik apparatlarining ahamiyati

Download 1,38 Mb.