|
Nuqtalar koordinatalarini transformatsiyalash
|
bet | 4/5 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 1,38 Mb. | | #126931 |
Bog'liq oliy geodeyziya 22Nuqtalar koordinatalarini transformatsiyalash
Hozirgi zamon sun'iy yo'ldosh navigatsiyasi sitemalarida nuqtalar koordinatalari dastlab umumer geotsentrik koordinatalar sistemalarida aniqlanadi. NAVSTAR GPS navigatsiya sistemasida umumer koordinatalar sistemasiga WGS84, GLONASS da PZ - 90 sistemalari foydalanadi. Amaliy ishlarni bajarishda esa, masalan, geodezik injenerlik tadqiqot ishlarida yassi to'g'ri burchakli koordinatalar sistemalari SK - 42 va SK 95 foydalanadi. Shu sababli bitta koordinatalar sistemasidan ikkinchisiga o'tish, transformatsiya masalasi tug'ildadi.
Transformatsiyalashni turli usullari mavjud. Har bir usul transformatsiya parametrlarini aniqlash uchun dala ishlari jarayoni bir > Birinchidan joyda hech bo'lmaganda 3 ta umumiy punktlarnı koordinatalari har ikkala koordinatalar sistemalarida (masalan, WGS84 va mahalliy sistemada) ma'lum bo'lishi kerak. Bunday umumiy punktlarda mahalliy sistemada koordinatalari va ortometrik balanliklari ma'lum, (masalan, joyda mavjud geodezik tarmoqlar punktlarida) GPS o'lchashlarni bajarib olinadi. Shundan keyin transformatsiyalashni usullaridan birida uni parametrlarini hisoblash mumkin.
Sun'iy yo'ldosh GPS priyomniklari
Hozirgi kundagi kosmik navigatsiya priyomniklarini juda ko'p xillari mavjud bo'lib, ularni funksional vazifalariga qarab quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:
-navigatsiya priyomniklari;
-harbiy maqsadlardagi priyomniklar;
-kartografiya va geoaxborot tizimlari (GAT) uchun mo'ljallangan priyomniklar;
-geodezik priyomniklar.
O'zini texnik ko'rsatkichlari bo'yicha qabul qiladigan kodlariga qarab priyomniklar quyidagilarga bo'linadi:
-Selektiv kodlar (C/A) ni;
-Selektiv kod va L1 chastotadagi signal fazasini;
-Selektiv kod va L1 va 2chastotadagi signallar fazasini;
-Selektiv kod, P-kod va L1, L2 chastotalardagi signal fazasini.
Navigatsiya priyomniklari selektiv kodni qabul qilishni ta'minlaydi. Bunda ob'ekt koordinatalarini aniqlash xatosi 150-200 metrni tashkil qiladi.
|
| |