|
GPS va mahalliy koordinatalar sistemalari
|
bet | 2/5 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 1,38 Mb. | | #126931 |
Bog'liq oliy geodeyziya 22 GPS va mahalliy koordinatalar sistemalari
GPS geodezik va navigatsiya ommaviy asboblari bo'lib borishi sababli geodezistlar va navigatorlar GPS koordinatalarini standart geodezik koordinatalar sistemalari bilan qanday bog'lanishda ekanligini bilishlari zarur.GPS o'lchashlarni bajarishda xatoliklarga yo'l qo'yishni asosiy sababi, bu bog'lanishlarni to'g'ri tushinmaslik oqibatidir.Koinotdan Yerga qaralganda uning sirti bir tekis koʻrinsada amalda bunday emasligi aniq.GPS yer sirtidagi har qanday nuqta koordinatalarini aniqlab berishga xizmat qilgani sababli, u ellips sirtiga asoslangan geodezik koordinatalar sistemasidan foydalanadi.Ellipsoid (sferoid deb ham ataladi) bu qutblaridan siqilgan sferoiddir. Ellipsoidni tanlashdan maqsad esa u Yer sferasiga o'xshash- ligidadir. Bunday ellipsoid hech qanday fizik sirtga ega bo'lmaydi, lekin u matematik aniqlangan sirtdir.Amalda turli ellipsoidlar yoki matematik aniqlanadigan sirtlar (Yer sirtiga o'xshash) ko'p uchraydi.GPS sistemasida qo'llanadigan ellipsoidga WGS84 yoki 1984 Umumjahon Geodezik Sistema deb ataladi. Ma'lumki Yer sirtidagi nuqtaning o'rni uning kengligi, uzoqligi va ellipsoidal balandligi bilan aniqlanadi.Nuqta o'mini aniqlashni alternativ usuli bu Dekart (to'g'ri burchakli) koordinatalar sistemasi bo'lib, unda koordinatalarni qabul qilingan bosh nuqtasi yoki sferoidni markazidan X, Y va Z oʻqlari bo'yicha o'lchanadigan kesimlar nuqta o'rnini ifodalaydi.
Bu usul GPS yordamida nuqtaning fazoviy o'rnini aniqlashda qo'llanadi.
Yer sun'iy yo'ldoshlarining harakati to'g'ri burchakli inersional geotsentrik koordinatalar X, Y, Z sistemasida ifodalanadi (yoziladi).Hozirgi sun'iy yo'ldosh navigatsiyasi sistemasida dastlabki koordinatalar umumer geotsentrik koordinatalar sistemasida aniqlanadi. NAVSTAR GPS navigatsiyasida umumer koordinatalar sistemasi sifatida WGS-84, GLONASS sistemasida esa P3 (Yer parametrlari) foydalanadi. GPS koordinatalar sistemasiga o'xshash mahalliy koordinatalar sistemalari turli davlatlarda ular hududlarida geoidni aniqroq ifodalay oladigan mahalliy ellipsoid (referens ellipsoid) ga asoslangan.Odatda bu sistemalarda zonalar sistemasiga tegishli bo'lgan to'g'ri burchakli koordinatalarni olish uchun nuqtalar tekislikka proeksiyalanadi. Mahalliy koordinatalar sistemasida foydalanadigan ko'pgina referens- ellipsoidlar jahon davlatlarida ko'p yillar avval kosmik geodeziyani vujudga kelishidan oldin aniqlangan bo'lgan.Bu ellipsoidlarni tanlashdan maqsad qiziqtirayotgan hududni eng aniq tashkil etuvchi sirtni tanlab olishdan iborat bo'lgan, shu bilan birga bu ellipsoidlarni Yerning boshqa qismlarida qo'llash imkoni bo'lmaydi. Shundan kelib chiqib har bir davlat o'zini ellipsoidi va unga mos fazoviy koordinatalar sistemasini tanlab oladi.GPS sistemasida koordinatalar dastlab WGS-84 ellipsoidiga nisbatan aniqlanadi.
Mavjud koordinatalar kataloglari odatda mahalliy sistemadagi koordinatalardan tuzilgan bo'ladi, shu sababli GPS koordinatalari mahalliy sistemaga qayta hisoblab o'tkazilishi talab qilinadi.GPS yordamida o'lchangan balandliklar WGS-84 ellipsoidi sirtiga tegishli bo'ladi va ellipsoidal balandliklar deyiladi. Amaldagi kataloglarda esa o'rtacha dengiz sathiga nisbatan o'lchangan ortometrik balandliklar beriladi.Dengizni o'rtacha sathi geoid deb ataladigan sathga to'g'ri keladi. Geoid murakkab shaklga ega bo'lib, ellipsoidga mos kelmaydi. Yer massasining zichligi geoidga ta'sir etib u zich joylarda balandliklar va zichlik kam qismlarda pastliklarni hosil qiladi.Amalda foydalanadigan kartalarning ko'pchiligida ortometrik balandlik (geoid sirtiga nisbatan) berilgan. Shunga ko'ra GPS da aniqlangan balandliklardan ortometrik balandlikka o'tishga to'g'ri keladi. Bu masala ellipsoidal balandliklardan ortometrik balandlikka o'tish uchun ishlab chiqilgan geoid modeli orqali amalga oshiriladi.
|
| |