Joy ob'ektlari koordinatalarini aniqlash usullari




Download 1,38 Mb.
bet3/5
Sana22.12.2023
Hajmi1,38 Mb.
#126931
1   2   3   4   5
Bog'liq
oliy geodeyziya 22

Joy ob'ektlari koordinatalarini aniqlash usullari
Yer sirtidagi punktlar o'rnini (koordinatalari) GPS sistemasi yordamida avtonom va differensial tartib (rejim) da aniqlanadi. Avtonom tartib navigvsiya va harbiy priyomniklar o'rnini aniqlashni asosiy usuli hisoblanadi. Bunda ob'ekt o'rni navigatsiya yo'ldoshlari va bitta GPS priyomnigidan foydalanish asosida aniqlanadi.
Differensial tartib (DGPS) ob'ekt koordinatalarini yuqori aniqlikda topishga qaratilgan. U eng kamida ikkita priyomnikdan foydalanishga asoslangan, ulardan biri koordinatalari ma'lum punktda o'matiladi va asos (baza) stansiyasi hisoblanadi, ikkinchisi harakatdagi stansiya bo'lib, aniqlanadigan nuqtalar bo'yicha o'tadi. Koordinatalari aniq asos stansiya tuzatmalarni hisoblab yo'ldosh o'lchashlarini tuzatish (korreksiyalash) uchun efirga kombinatsiyalashgan xabarlarni uzatadi. Bu habarlar harakatdagi priyomnik (stansiya) tomonidan qabul qilinib, u orqali asos stansiyadan uzatilgan tuzatma hisobga olinadi. Ish bajaruvchi joyni navbatdagi nuqtasiga o'tib GPS priyomnik tugmachasini bosishi bilan ushbu nuqtaning aniq koordinatalari bir daqiqada topiladi. Yuqori aniqlikni ta'minlash asosida koordinatalari ma'lum punktlardan foydalanish yotadi. Bu esa yo'ldoshdan kelayotgan dalnomer signallarida kelib chiqadigan xatoliklar yig'indisini hisoblash imkonini beradi.
Asos (baza) stansiyasi joylashgan punkt hisoblashni yangi bosh nuqtasi bo'lib, undan ma'lum chegaralangan hududda joylashgan har qanday GPS priyomnikka tuzatish (korreksiyalash) radio signallarini uzatish mumkin.
Bu esa yagona tuzatish signali sistemadagi xatoliklarni, ularni kelib chiqishi manbaalaridan qat'iy nazar, to'g'rilaydi.Birinchi variantda priyomniklarga telemetrik kanallar bo'yicha xatoliklar to'g'risida habar uzatiladi, bu habarni priyomnik o'z o'rni haqidagi ma'lumot bilan kompyuterida ishlab chiqib nuqta koordinatalari aniqligini oshiradi. Ikkinchi variantda asos stansiya "soxta yo'ldosh" vazifasini bajaradi, ya'ni u sun'iy yo'ldoshga o'xshash soxta ehtimoliy kodlar signali va ma'lumotlar uzatadi.GPS priyomnigini joylashuviga qarab statik va dinamik o'lchashlar usullari qo'llaniladi.
Priyomnik oʻmini statik usulda aniqlashda u aniqlanadigan punktda oʻrnatilib ma'lum vaqt davomida kuzatishlar olib boriladi.Dinamik usulda kuzatishlarni olib borayotgan priyomnik harakatda bo'lgan transport vositasida o'rnatilgan bo'ladi.Geodezik GPS priyomniklar bilan ishlashda qo'yilgan maqsadga qarab quyidagi o'lchashlar uslubidan biri qo'llanadi: statika, ildam statika, kinematika va RTK.
Statika uzun chiziqlarni o'lchashda, geodezik tarmoqlarni rivojlantirishda, tektonik platformalar harakatini o'rganish va boshqalarda qo'llanadi. Statika eng yuqori aniqlikda o'lchash uchun qo'llanilib, stansiyada kuzatishlar vaqti bir soatni tashkil qiladi. Geodezik tarmoqlarni rivojlantirishda vektorlar eng aniq topilishi (o'lchanishi) kerak bo'ladi. Bunda tarmoqlar qat'iy bog'langan vektorlardan rivojlantiriladi va punktlarning aniq koordinatalari tarmoqni qat'iy tenglashdan topiladi.
Ildam statika zichlash tarmoqlari va s'yomka tarmoqlarini rivojlantirishda qo'llanadi. Bu usul kuzatish natijalarini kompyuterda ishlab chiqib koordinatalarni santimetr aniqlik darajasida aniqlashni ta'minlaydi.Asos (baza) chizig'ini hammasi boʻlib 8 daqiqada (8 - 30 daqiqa) aniqlash uchun bu usul eltish fazasini o'lchashdan foydalanadi.
Kerakli o'lchash vaqti qo'llanadigan priyomnik tipiga asos (baza) chizig'ining uzunligiga, ko'rinadigan sun'iy yo'ldoshlar soniga va ular geometriyasiga bog'liq.
Kinematika topografik s'yomkalarda va katta miqdordagi nuqtalar koordinatalarini qisqa vaqt ichida aniqlashda qo'llanadi. Bunda sun'iy yo'ldoshlardan kelayotgan signallar yo'lini daraxtlar, baland imoratlar va boshqalar to'sadigan bo'lsa vaqt sarfi oshadi, aniqlik esa pasayadi. Asos chizig'ining uzunligi 50 km bilan chegaralanadi va 1 santimetr aniqlikni ta'minlaydi.RTK kinematika usulida real vaqt davomida o'lchash uchun asos stansiyasi qabul qilgan sun'iy yo'ldosh ma'lumotlarini harakatdagi priyomnikka uzatish uchun radiomodemdan foydalanadi. Bu usul nuqtalar koordinatalarini dalada real vaqtda bilish imkonini beradi. Shuning uchun unda topografik s'yomkalarni bajarish juda unumli hisoblanadi. Lekin radiomodemda ishlash uchun asos stansiya bilan harakatdagi stansiyalar o'zaro ko'rinishi kerak bo'ladi. Bu usul real vaqtda santimetrik aniqlikni ta'minlaydigan yagona usul hisoblanadi.
Har bir sun'iy yo'ldosh ikkita unikal kodlarni uzatadi. Birinchi va nisbatan oddiy kodga C/A (qo'pol) kodi deyiladi. Ikkinchi kod P (aniq)kod deyiladi. Bu kodlar ikkita eltuvchi to'lqinlarni LI va L2modullashtiradi. LI C/A va Pkodni, L2 esa faqat P kodni eltadi. Koordinatalar trilateratsiya metodida har bir ko'rinadigan yo'ldoshgacha masofani aniqlashdan keyin topiladi. Uzoqlik kod yoki eltuvchi faza bo'yicha aniqlanadi.
Geodezik GPS priyomniklar fazani eltuvchi sikl chegarasida oʻlchaydi. LI va L2 to'lqinlar uzunligi ma'lum, shuning uchun yo'ldoshlargacha uzoqliklar faza domerini yo'ldosh bilan antenna orasidagi to'lqinlar soniga ko'paytirib masofa aniqlanadi.

Download 1,38 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1,38 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Joy ob'ektlari koordinatalarini aniqlash usullari

Download 1,38 Mb.