• Kalsiy. II guruh metallari
  • Mavzu: II guruhning asosiy guruhcha elementlari Reja: II guruh bosh guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi




    Download 63.32 Kb.
    bet1/7
    Sana01.11.2023
    Hajmi63.32 Kb.
    #92709
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2 guruhning asosiy guruhcha elementl


    Mavzu: II guruhning asosiy guruhcha elementlari
    Reja:

    1. II guruh bosh guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi

    2. Berilly, tabiatda uchrashi, fizik-kimyoviy xossalari, muhim birikmalari, ishlatilishi

    3. Magniy, tabiatda uchrashi, fizik-kimyoviy xossalari, muhim birikmalari, ishlatilishi

    4. Kalsiy.

    II guruh metallari
    Davriy sistemaning ikkinchi guruhning asosiy guruhchasiga berilliy, magniy, kalsiy, stronsiy, bariy va radiy elementlari kiradi. Asosiy guruhcha elementlari bir-biridan xossalari bilan nihoyatda farq qiladi. Ular atomlarining sirtqi qavatida ikkitadan elektron bo’lib, qaytaruvchilik xossalari ishqoriy metallarnikiga qaraganda kuchsizroq ifodalangan. Kalsiy, stronsiy va bariy ishqoriy-yer metallar deb ataladi, ular yengil metallardir, faqat radiy radioaktiv xossaga ega bo’lgan og’ir metalldir. Yer qobig’ida Ca ning 6 ta, Sr ning 4 ta, Ba ning 7 ta barqaror izotopi bor. Bulardan eng ko’p tarqalganlari 40Ca (96,97%), 88Sr (8,56%), 138Ba (71,66%) dir.
    Bu elementlar suyuqlanish harorati va qattiqligining yuqoriligi bilan ishqoriy metallardan farqlanadi, ularning faolligi kalsiydan bariyga tomon ortib boradi.
    Berilliy va magniy gidroksidlari suvda qiyin eriganligi tufayli suv bilan sekin reaksiyaga kirishadi. Ishqoriy-yer metallari havo kislorodi va azoti bilan birikib, MeO va Me3N2 tipdagi birikmalarini hosil qiladi. Bu guruh elementlarining peroksidlari Me2O2 ishqoriy metallarnikiga qaraganda barqarordir. Bu elementlar oksidlarining suv bilan birikishi va gidroksidlarining suvda erishi va ishqor xossasi berilliydan bariyga tomon ortib boradi. Be(OH)2 amfoter gidroksid, Mg(OH)2 kuchsiz asos, Ca(OH)2 kuchli asos, Ba(OH)2 esa suvda yaxshi eriydigan kuchli ishqordir. Ishqoriy-yer metallar aktiv metallmaslar bilan oddiy sharoitda reaksiyaga kirishadi. Reaksiya natijasida issiqlik ajralib chiqadi, ya’ni ekzotermik reaksiya sodir bo’ladi. Bu elementlar vodorod bilan MeH2 tipdagi gidridlarni hosil qiladi, ko’pgina tuzlari, sulfat, karbonat, fosfat va ftoridlari suvda amalda eriydi; xlorid, bromid, yodid va nitratlari yaxshi eriydi.



    Download 63.32 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 63.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: II guruhning asosiy guruhcha elementlari Reja: II guruh bosh guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi

    Download 63.32 Kb.