|
Mavzu: Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash
|
bet | 2/6 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 24,23 Kb. | | #144878 |
Bog'liq Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash Ixtiro - avvaldan hayotda mavjud bo’lmagan, biror qurilma yoki mexanizmni yaratish. Masalan: televizor, avvaldan tabiatda yoki olamda umuman mavjud bo’lmagan. Kimdur televizorni o’z qoli bilan yasadi va televizor mavjud bo’ldi. Samaliyot va avtomobilning yaratilishini ham ilmga, tabiat qonuniyatlariga asoslangan ixtiro deyish mumkin. Demak ixtiro-bu talabchanlik, noziktablik yoki ,,aql o’yini’’ emas, balki inson faoliyatini yangi, uning uchun qulayroq bo’lgan vaziyatga olib chiquvchi taraqqiyot yo’lidir. Insondagi anu shu ijodkorlik, ixtirochilik sifatlari uning tabiat kuchlari bilan raqobatni yengib, yangi- tafakkur qobiliyatining shakllanishiga zamin yaratadi. Ixtironi tan olish uchun u oldingilaridan texnik yechimlari, ijobiy samarasi, tuzilishidagi yangiligi bilan farqlanishi kerak. Ixtiro obyektiv bo’lishi mumkin: yangi qurilma, yangi metod, yangi maxsulot, yangi maqsadlarda eski metod, qurilmalarni qo’llash va boshqalar. Ixtiro- umumjahon ahamiyatiga ega bo’lib, talabnoma bergunga qadar uning mohiyati oldin respublikamizda ham, yer yuzida ham ochilmagan bo’lishi shart. Muallifga ixtironi tan olinganligi haqida hujjat beriladi. Ixtiro tan olinishi uchun taklifda biror texnik masalaning yechimi bo’lishi shart. Shu bilan birga u yangi va oldindan ma’lum bo’lgan texnik yechimdan farq qilib, ko’proq foyda keltirishi zarur. Ixtiro ham kashfiyot singari dunyoviy yengiliklar bo’lmog’i lozim, ya’ni ixtiro to’g’risidagi ariza berilgunga qadar u haqda hech qayerda e’lon qilinmasligi kerak. Chunki ixtiroga bitta haqiqiy guvoxnoma beriladi. Agar bitta ixtiro uchun bir nechta ariza berilgan bo’lsa, u holda ixtiro birinchi bo’lib ariza bergan ixtirochiga tegishli bo’ladi. Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi (TRIZ) to’g’risida XX asrning 40- yillari oxirida Rossiyalik olim Genrix Saulovich Altshuller o’z oldiga texnikada yangi ixtirolarni qanday qilib maqsadli yaratish mumkin degan muammoni qo’ydi. Ta’kidlash kerakki, u paytgacha texnikadagi mutloq hamma ixtirolar, shu bilan birga fan va san’atdagi kashfiyotlar amal va xatolar yo’li bilan qilinar edi. Ijodkorlik faoliyatining ilmiy asoslangan texnalogiyalari yo’q edi. Bu muammoni yechish uchun Altshuller texnik ixtirolarning patent fondini tahlil qildi, bu jarayonda texnikaning rivojlanish qonuniyatlarini ochdi va 60-yillarning boshlarida u ixtirochilik masalalarini yechish algoritmning birinchi modifikatsiyasini yaratdi.
|
| |