• 1. Ilmiy faktni konstatatsiya qilish.
  • Mavzu: Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash




    Download 24,23 Kb.
    bet3/6
    Sana24.01.2024
    Hajmi24,23 Kb.
    #144878
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash

    Kashfiyot bu- moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo’lgan obyektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari, ilmiy g’oyalar, ilmiy asosga ega farazlar, va hodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning bilish darajasini tubdan o’zgrtiruvchi ta’sirga ega bo’ladi. Kashfiyot- avvaldan hayotda ma’lum bo’lib, lekin insonlarga noma’lum bo’lgan va hech kim bilmagan biror yangilikni ochib berishi. Masalan: Hindistonning kashf qilinishi deganda o’z- o’zidan Hindiston avvaldan yerda mavjud bo’lgan lekin insonlar bu haqida bilishmagan. Shu sababdan kashf qilindi iborasi ishlatiladi. Yana bitta misol keltiradigan bo’lsak, Nyutonning butun olam tortishish qonuni kashf qilinishi. Bu qonun avvaldan olamda mavjud bo’lgan, biroq bu haqida insonlar bilishmagan. Haqiqatdan ham fizika, kimyo, astronomiya va boshqa fanlarda topilgan qonunlar azal azaldan mavjud, ammo insonlar bu qonunni keyinroq bilib olganlari tufayli qonun kashf qilindi deb aytiladi. Har qanday ixtiro kashfiyot bo’la olmaydi, lekin ixtiro kashfiyotga suyangan holda qilinadi. Kashfiyot bilan ixtironi bir- biridan farqlay bilish kerak. Kashfiyot tushunchasining me’yoriy sifatlari. Yuqorida keltirilgan kashfiyot tushunchasining ta’rifidan uning me’yoriy tushunchalari sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

    1. Ilmiy faktni konstatatsiya qilish.

    2. Yangiligini asoslash.

    3. Ishonchliligini asoslash. Ushbu me’yoriy tushunchalarni quyidagicha tavsiflash mumkin: Birinchi keltirilgan << moddiy dunyoda obyektiv mavjud bo’lgan qonuniyatlar, xususiyat va hodisalarni qayd qilish>> tushunchasi – kashfiyotning obyektiv borliqni bilish faoliyati natijasi ekanligini anglatadi. Bu o’rinda bilish tushunchasi o’z ichiga olgan obyekt (qonuniyat hodisa, xususiyat) ning mavjudlik sharti hamda ilmiy talqinga ega ekanligi to’g’risidagi holatlarni qamrab oladi. << Kashfiyotning yangiligi>> ga O’zbekistonda jahon miqyosidagi yangilikka ega bo’lish talabi qo’yiladi. Kashfiyotning jahon miqyosidagi yangiligi mezoniga tayanilganda, jahon miqyosidagi yoki vatanimizdagi birinchilikka da’vogar bo’lgan har qanday manba e’tiborga olinadi. Kashfiyotning birinchiligi qonuniyat birinchi bo’lib shakllantirib, matbuotda da’vo sifatida e’lon qilingan sanasi asosida aniqlanadi. ,,Kashfiyotning ishonchliligi" obyektiv maavjud bo’lgan qonuniyat, xususiyat va hodisaning aniqlanishi bilan belgilanadi. Har bir yaratilgan obyektiv yangilik (hodisa, xossa va obyektiv qonuniy bog’liqlar) nazariy yoki amaliy jihatdan asoslanadi. Kashfiyot – ilmiy ekspertizadan o’tgandan keyingina huquqiy jihatdan tan olinadi. Ilmiy ekspertizadan o’tkazish uchun mualliflar qilingan kashfiyot bo’yicha talabnoma beradi. Talabnoma namuna bo’yicha to’ldiriladi. Talabnoma o’z ichiga – kashfiyot bo’yicha diplom berish uchun ariza, qilingan kashfiyotning to’liq tasnifi, kashfiyotning afzalligini belgilovchi hujjatlar, ilmiy- amaliy ahamiyati va ishonchligi haqida xulosa, kashfiyotga tegishli chizmalarni oladi. Respublika patent idorasi dastlabki ilmiy ekspertizadan o’tkazadi va ma’qul topsa, kashfiyotning xaqiqatligi haqida qaror qabul qiladi. Shu asosda muallifga diplom beriladi. Kashfiyotning ahamiyatiga qarab pul mukofoti beriladi. Kashfiyot ham ixtiro ham qonunchilikda muhofaza qilinadi. Ilmiy kashfiyotlar va ixtirolarni ro’yxatga olish, mualliflik huquqini qonunlarda mustahkamlab qoyish davlat tizimi mavjud.


    Download 24,23 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 24,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash

    Download 24,23 Kb.