• Talabasi: Nasimova Yulduz Bahriddin qizi 2 Toshkent moliya instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.7905657
  • Tayanch so‘z va iboralar
  • Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy uz/index php/si 32 riskni barataraf etishda b2b biznes modelini qo‘llash mexanizmlari




    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #232936
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Ilm-fan va innovatsiya 0510



    ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
    ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
     
    in-academy.uz/index.php/si 
    32 
    RISKNI BARATARAF ETISHDA B2B BIZNES MODELINI QO‘LLASH 
    MEXANIZMLARI 
    O‘qtuvchisi:
     Ortiqov Ulug‘bek Akrombek o‘g‘li, 
    Talabasi:
     O‘sarov Javohir Bahodir o‘g‘li
    1
     
    Talabasi:
     Nasimova Yulduz Bahriddin qizi

    Toshkent moliya instituti 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7905657
      
    Annotatsiya
    : Raqamli iqtisodiyotning kirib kelishi bozor tizimlarida o‘zgarishlarni 
    shakllantirgani kabi biznes muhitidagi munosabatlarning shakllariga ham o‘z ta’sirini 
    ko‘rsatdi. Biznes ishtirokchilari hisoblangan davlat, ishbilarmonlar, aholi, korxona va 
    tashkilotlar, iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlar elektron formatda oson yechim topdi. Har 
    bir ishtirokchilarning o‘zaro hatti xarakatlari elektron platforma orqali aniq algoritmlarga 
    tayanib biznes modelining munosabatalrini ta’minlab beradi. Maqolada B2B biznes modelini 
    ishlash tartibi va riskni kamaytirishdagi mexanizmlari ochib beriladi. 
    Tayanch so‘z va iboralar:
    B2B, S2V, S2S, B2G, B2A, S2G, S2A, G2C, A2C, biznes modellar, 
    elektron platforma, biznes jarayonlar, raqamli iqtisodiyot,elektron savdo maydonlari, 
    elektron omborlar. 
    Kirish 
    Biznes jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun tizimli asosga ega bo‘lgan shablon modellardan 
    foydalanish zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylandi. Biznes modellar bo‘yicha 
    tushunchalar o‘rganilsa, biznesni ijrosi yuzasidan shakllantirilgan biznes strukturalari biznes 
    modellari sifatida tushuniladi. Xususan, biznesda muvaffaqiyatga erishgan va maqsadli bozor 
    liderlari hisoblangan kompaniyalarning biznes modellari turli darajadagi tadbirkorlar 
    o‘rtasida juda tez ommalashib bormoqda. Natijada, iqtisodiyotga yangi biznes modellari 
    tezkorlik bilan kirib kelmoqda. Oxirgi o‘n yillikda shakllangan biznes modellariraqamli 
    texnologiyalar asosiga qurilgan B2B kabi platformalarga asoslanadi. 
    Biznes model - foyda olishga yo‘naltirilgan, uning real shaklidan farq qiladigan tadbirkorlik 
    faoliyatining mavhumlashtirilgan tavsifini beruvchi tahliliy vosita hisoblanadi. Biznes model 
    kengroq ma’noda olganda, biznesni yuritishning aniq shablonlarga asoslangan tizimiy 
    vositalari to‘plami hisoblanadi. U o‘z ichiga ta’minot tizimidan boshlab, mahsulotni sotgandan 
    keyingi xizmatlarning shakllarini ham oladi. Umumiy qaraganda, kompaniyalar tomonidan 
    qo‘llaniladigan biznes modellari bir xil mantiqqa ega va shaklan bir-biriga zid bo‘lmagan 
    tizimlardan iborat konsepsiyani aks ettiradi. Lekin, muayyan tadbirkorlik muhitidagi tizim 
    osti harakatlar, brending, bozorni egallash uchun maqsadlarning qo‘yilishi, ish yuritish tizimi 
    va administrativ tuzilmalararo bog‘lanishlar biznes modellarini bir-biridan ajratib turadi. Bir 
    xil platformada biznes modeli arxitekturasini shakllantirgan va xatto bir xil faoliyat olib 
    boradigan ikkita korxonalarning biznes modellari falsafasida xilmaxilliklarni uchratish 
    mumkin. Natija, bu korxonalarning bozordagi raqobatbardoshlik pozitsiyasi orqali aniqlanadi. 
    Amazon va Alibaba korporatsiyalari deyarli bir xil faoliyat olib borgani bilan ularning 
    bozordagi pozitsiyasini turlichaligi biznes modellari o‘xshash bo‘lgani bilan inson va boshqa 
    omillar tufayli farqlanishi ko‘rsatib beradi. 
    Raqamli platformalarning muomalaga kiribi kelishi biznes modellarining yana bir yangi 
    shakliga yo‘l ochdi. Bular B2B, B2C, G2B kabi modellar hisoblanib, biznes ishtirokchilarining 
    o‘zaro munosabatlarini tartibga solishda qo‘llaniladi. 



    Download 0,52 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy uz/index php/si 32 riskni barataraf etishda b2b biznes modelini qo‘llash mexanizmlari

    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish