Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy uz/index php/si 32 riskni barataraf etishda b2b biznes modelini qo‘llash mexanizmlari




Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana14.05.2024
Hajmi0,52 Mb.
#232936
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ilm-fan va innovatsiya 0510

ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
36 
4.
Kontentni boshqarish vositalari. Ushbu vositaning markaziy vazifasi ma’lum bir 
foydalanuvchi yoki operatsion tizimga moslashtirilgan tarkibni taqdim etish uchun V2V 
kontentini ko‘rib chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazishdir. Kontentni boshqarish ma’lum bir mijozga 
moslashtirilgan tarkibni yaratish uchun shaxsiylashtirish dasturi bilan sinxronlashtiriladi. 
5.
Elektron tijorat paketi. Paket mijozlarga xizmat ko‘rsatadigan xizmat ko‘rsatish 
modullari, tovarlar va buyurtmalarning bajarilishini boshqaradigan dasturlar, jumladan, 
do‘konlar va xarid qilish savatchalari bilan jihozlangan. 
V2V elektron tijorat modeli bozor ishtirokchilarining faolligini, turli nuqtalardan farqlantirib 
turish va tahlil qilish imkoniga ega. Bozor ishtirokchilari faolligining holatida nazoratchi 
rolida xaridor, yetkazib beruvchi yoki vositachi bo‘lishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, V2V 
modeli haridorga yo‘naltirilgan, ta’minotchiga yo‘naltirilgan va(yoki) vositachiga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. 
Haridorga yo‘naltirilgan (buyer-oriented) B2Bda biznes muloqotlari va bog‘lamlari to‘la 
haridorga qaratilgan bo‘ladi. V2V modeli modeli haridorning tashabbuskorlik ahloqiga bog‘liq. 
Ushbu platforma yirik ishlab chiqaruvchilarni o‘ziga jalb etadi.savdo jarayonlari 
samaradorligini oshirish maqsadida haridor ixtisolashtirilgan veb portalda salohiyatli 
yetkazib beruvchilar uchun savdoni tashkil qiladi. Bu bozorni hosil qilish uchun aslida 
inetrentdan foydalanish sanaladi. 
Ta’minotchiga yo‘naltirilgan (supplier-oriented) V2V modelida biznes muloqotlari va 
bog‘lamlari ta’minotchiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu tizim markazida ta’minotchi turadi. Buni 
ta’minotchi tomonidan reklama vazifasini bajarishga qiyoslash mumkin. Bunda yetkazib 
beruvchi imkon qadar xaridorlarni platformaga ko‘proq kirishini ta’minlashga xarakat qiladi. 
Vositachiga asoslangan (intermediary-oriented) V2V modeli biznes muloqotlari va bog‘lamlari 
vositachiga yo‘naltirilgan platforma hisoblanadi. Bu modelda ayriboshlash maydoni 
vositachilar tomonidan tashkil qilinadi va nazoratga olinadi. Uchinchi shaxs sifatida 
vositachilar bozor platformasining qoidalarini belgilaydilar. Bunda ta’minotchi va haridorlar 
platformaning tashkilotchisi sifatida passiv bo‘lishlariga qaramay savdoni erkin amalga 
oshirishlari mumkin bo‘ladi. Aytib o‘tilganidek, vositachi ushbu maydon markazida asosiy 
o‘rinni egallaydi. 
Savdo shakllarining ajralmas turlaridan biri bu auksionlardir. Offlayn bozorlarda va tijorat 
ishlarida auksionlar qanchalik muhim va samarali bo‘lsa, elektron auksionlarning 
samaradorligi va ishtirokchilarining masshtabi undan ham katta sanaladi. Elektron auksionlar 
V2V modelida bir qator o‘ziga xosliklarga ega: 
Birinchidan, elektron auksionlar geografiyasi butun dunyoni qamrab olishi mumkin. Offlayn 
auksionlarda esa auksion haqida xabar sub’ektiv ravishda yetib borganlargina bundan 
xabardor bo‘ladi. 
Ikkinchidan, internetda ishlaydigan barcha odamlar tili, dini, irqi va ijtimoiy kelib chiqishidan 
qat’iy nazar auksion ishtirokchisiga aylanishi mumkin. 
Uchinchidan, elektron auksionlarda korrupsiya ehtimoli minimal darajagacha past bo‘ladi. 
Sababi, V2Vning raqamli platformasida kirish huquqiga ega bo‘lgan barcha ishtirokchilarda 
auksiondan xabar topish va uni kuzatish imkoni mavjud bo‘ladi. Bu savdo jarayonlarini 
shaffofligini ta’minlab beradi. 
V2V modelida elektron auksionni amalga oshirish bosqichi offlaynda o‘tkaziladigan 
auksionlar bosqichlariga mos keladi. 



Download 0,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy uz/index php/si 32 riskni barataraf etishda b2b biznes modelini qo‘llash mexanizmlari

Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish