• Xulosa va takliflar
  • Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy uz/index php/si 32 riskni barataraf etishda b2b biznes modelini qo‘llash mexanizmlari




    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/7
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #232936
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Ilm-fan va innovatsiya 0510

    ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
    ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
     
    in-academy.uz/index.php/si 
    37 
    4-rasm. V2V modelida elektron auksionni amalga oshirish bosqichlari 
    Yuqoridagi rasmdan ko‘rinadiki, elektron auksion V2V modelining falsafasiga to‘la mos keladi. 
    V2V modelida auksionlar ham ta’minotchi, iste’molchi hamda vositachiga yo‘naltirilganlik 
    darajasiga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri auksion, teskari auksion va ayirboshlash auksionlariga 
    bo‘linadi. 
    To‘g‘ridan-to‘g‘ri auksioni ta’minotchiga yo‘naltiriladi. Ushbu auksion ta’minotchi talabni 
    haridorlardan oladi. Bu auksionda ishlab chiqaruvchilar ortiqcha tovar va modellardan tezroq 
    xalos bo‘lish maqsadida qatnashishga xarakat qiladilar. Auksion bir ishlab chiqaruvchi 
    tomonidan e’lon qilinadi. 
    Teskari auksionda eng past narx taklif qilgan ishtirokchi yutadi. Bu V2V modelida haridorga 
    yo‘naltirilgan tizimda amalga oshadi. Mazkur auksionda sotuvchilar soni oshib borgani sari 
    kelishuv narxi tushib boradi. 
    Ayirboshlash auksionida elektron tijorat maydonida sotuvchi va haridorlar ko‘pligi bilan 
    ajralib turadi. Bu o‘z-o‘zidan vositachiga yo‘naltirilgan V2V modeliga xos bo‘lgan auksion 
    sanaladi. Uni vositachi tashkil qiladi. Ushbu auksionda kelishuv bo‘lmaguniga qadar savdo 
    jarayonlari uzluksiz davom etib boradi. Ushbu auksionda 
    V2V platformasidagibarcha 
    ishtirokchilarga qatnashish huquqi beriladi. Ular hohlagan mahsulotlarini ayirboshlash 
    imkoniyatiga ega bo‘ladilar 
    Xulosa va takliflar 
    B2B biznes modelini qo‘llanilishi ishbilarmonlarning tranzaksiya xarajatlarini qisqarishiga, 
    biznes munosabatlarining muomala risklarini kamayishiga va to‘lovlar tizimida debitorlik va 
    kreditorlik qarzlarining kamayishiga olib keldi. Bugungi kunda biznes haridorlarning qariyib 
    70% biror mahsulotni sotib olish haqida qaror qabul qilish uchun undan foydalanishga 
    qaratilgan video roliklarni tomosha qilishi isbotlangan. Bundan ko‘rinadiki, risk boshqaruvida 
    B2B biznes modelini kengayishi xomashyo va materiallar, ularning ta’minoti bilan bog‘liq 
    qo‘shimcha hatarlarni kamayishiga, xarajatlarni qisqarishiga hamda muomala jarayonlarining 
    samaradorligini ortishiga olib keldi. Natijada, korxonalar o‘rtasida moliyaviy mablag‘lar 
    transferi bilan bog‘liq hatarlar ham kamaygan. 
    Respublikadagi korxonalar, ayniqsa tadbirkorlik sub’ektlarining elektron biznes modellaridan 
    ko‘proq foydalanishi hamda ushbu platformalardan foydalanish bo‘yicha malakalarini 
    muntazam oshirib borishlari zarur. Bu holatda, milliy bozordagi tadbirkorlik sub’ektlarining 
    raqobatbardoshligini ta’minlash bilan birga, xalqaro bozorlarga chiqish imkonini beradi. 
    Shuningdek, korxonalar o‘rtasidagi to‘lovlar tizimidagi moliyaviy risklarni oldini oladi. 

    Download 0,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy uz/index php/si 32 riskni barataraf etishda b2b biznes modelini qo‘llash mexanizmlari

    Download 0,52 Mb.
    Pdf ko'rish