|
Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy uz/index php/si 32 riskni barataraf etishda b2b biznes modelini qo‘llash mexanizmlariBog'liq Ilm-fan va innovatsiya 0510ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
35
zarur. Foydalanuvchilar soni ortgani bilan xizmat sifati tushishiga yo‘l qo‘ymaslik
kerak.
3.
Elektron
platformaning
axborot kontentlari aniq standartlar bo‘yicha
yozilgan, dinamik o‘zgarib turadigan, dasturiy ta’minoti yangilanib turadigan bo‘lishi zarur.
4.
Platforma bozordagi tranzaksiyalardan tortib, qiymat yaratish zanjirini to‘la qamrab
olishi zarur. Shuningdek, mazkur tizim lozim darajada ishlashi uchun boshqa elektron
platformalar bilan integratsiya masalalarini ham yechish kerak. Bu esa V2V platformasining
xizmat sifatini ortishiga olib keladi.
5.
Platforma
tizimdagi
to‘lovlar, ishtirokchilarning turli darajadagi ma’lumotlari
kabi axborotlarni havfsizligini ta’minlashi zarur.
6.
V2V platformasi funksional jihatdan faqatgina savdo-sotiqni emas balki INKOTERMS
asosida yetkazib berish shartlari, logistik xizmatlar, turli tahliliy hisobotlar, auksionlar
o‘tkazish kabi qo‘shimcha xizmatlarni ham ko‘rsatishi kerak.
V2V platformasidan amaliy jihatdan 3 xil uslubiyot orqali foydalanish mumkin:
Elektron axborot almashinuvining internet- tizimlari (EDI over Internet);
elektron savdo maydonlari; elektron savdo omborlari.
Avval aytib o‘tilganidek, V2V tizimi elektron biznesning raqamli platformasiga asoslanadi.
Shuning uchun V2V tizimining amalda qo‘llanilishi axborot texnologiyalarga xos bo‘lgan jihoz
va qurilmalardan foydalaniladi. V2V modeli uchun funksional raqamli platforma quyidagi
tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi zarur (Skovikov, 2022): ilova serveri; V2V integratsiyasi
serveri; personallashtirishning dasturiy ta’minoti; kontentni boshqarish vositalari va elektron
tijorat paketi.
1.
Ilova serveri. V2V xizmatlarini ishlab chiqish, boshqarish va amalga oshirish uchun
uzluksiz jarayonlarni ta’minlaydi. Jumladan: barcha kiruvchi va chiquvchi trafikni qabul qiladi
va tarqatadi; aloqalarni o‘rnatishni nazorat qiladi; xizmatlar va ilovalarni boshqaradi;
xavfsizlik masalalarini tartibga soladi va V2V xizmatlarini 24/7/365 rejimida ishonchli,
muammosiz taqdim etilish sifatini ta’minlaydi.
2.
V2V integratsiyasi serveri. Uning ob’ektiv mavjudligi barcha darajadagi protokollardan
foydalangan holda V2V platformasida bir vaqtning o‘zida ishlaydigan juda ko‘p turli xil
tizimlar bilan izohlanadi. Bunday ko‘p qirrali faoliyatni sinxronlashtirish yetarli darajada
murakkab vazifa hisoblanadi. Ichki va tashqi axborot xizmatlari tomonidan shakllantirilgan
muhitda samarali hamkorlikni tashkil qilishdan tashqari, universal ichki ma’lumotlar
tuzilmalari va ularni uzatish formatlari uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlash talab etiladi.
Integratsiya serveri kompaniyaning kiruvchi va korporativ hujjatlarini, savdo jarayonlarida
foydalaniladigan ilova va tashqi ma’lumotlarni sinxronlashtirishni ta’minlashi kerak.
3.
Personallashtirishning
dasturiy ta’minoti. Albatta, V2V yechimlari tarmoq
iqtisodiyotidagi zamonaviy tendensiyalarni e’tiborsiz qoldira olmaydi. Bugungi kunda
xaridorlarni segmentlarga bo‘lish endi yetarli emas, garchi bu ham muhim bo‘lsa-da, lekin
boshqa bir qancha maqsadlar mavjud. Sotish personallashtirilgan bo‘lishi kerak.
Personallashtirish har bir aniq biznes sherigi uchun, uning axborot ehtiyojlari va hattoki
afzalliklarini hisobga olgan holda, umumiy axborot muhitining ko‘rinishlarini (bo‘limlarini)
yaratishga imkon beradi. Bunday vakilliklar biznes sherigining saqlangan profili, uning
tranzaksiya paytida o‘zini tutish strategiyasi va uslubi, imtiyozlar va an’analar kabi ichki
vositalar asosida shakllanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy uz/index php/si 32 riskni barataraf etishda b2b biznes modelini qo‘llash mexanizmlari
|