|
Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy uz/index php/si 32 riskni barataraf etishda b2b biznes modelini qo‘llash mexanizmlariBog'liq Ilm-fan va innovatsiya 0510ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
34
istalgan shakli kiradi. Ya’ni mahsulotni ko‘tarasiga sotishdan tortib, individual iste’mol uchun
sotishgacha. V2V modelining imkoniyatlaridan yana biri, mazkur tizimda iste’molchi o‘zi
buyurtma qilgan mahsulotining harakatini, unga yetib kelish vaqtini hamda yetkazish
tartiblarini kuzatish imkoniga ega hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, V2V nafaqat raqamli
platforma orqali tijorat jarayonlarini avtomatlashtirilgan bosqichini, balki savdo- sotiqni
shafoffoflashtiradi.
Internet tarmog‘idan olingan axborotlarga asosan, kompaniyalar tomonidan afzal ko‘rilgan
B2B marketing strategiyalari quyidagicha natijalarni bergan (financesonline.com):
2-rasm. Kompaniyalar tomonidan afzal ko‘rilgan B2B marketing strategiyalari
Statistik ma’lumotlardan ko‘rinadiki, aksariyat korxonalar B2B orqali marketing
strategiyalarni qo‘llashni maqul ko‘radilar.
B2B sohasida ajralib turish uchun savdoning o‘sish imkoniyatlari va ustuvorliklari bo‘yicha
o‘tkazilgan so‘rovda quyidagicha fikrlar olingan.
3-rasm. B2B sohasida ajralib turish uchun savdoning o‘sish imkoniyatlari va ustuvorliklar
Rasmdan ko‘rinadiki, 53% respondentlar sotuvchining obro‘si B2B modelini qurishda muhim
rol o‘ynaydi deb hisoblasa, 38% respondentlar sotib olish qulayligi modelni muvaffaqiyatli
qo‘llashda samara berishini ta’kidlagan. Yildan yilga B2B savdosi o‘sib bormoqda. 2019 yildagi
o‘sish 10,9 foizni tashkil etgan. 2018 yilda B2B elektron tijorat bozori hajmi 1,134 trillion
AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lib, u kutilgan ko‘rsatkichdan 954 milliard AQSh dollari yuqori
bo‘lgan. Ekspertlar 2027 yilga borib mazkur model bozori hajmi 20,9 trillion AQSh dollari
bo‘lishini prognoz qilmoqdalar. Bu raqamlardan ko‘rinadiki, jahon miqyosida ushbu
modelning nufuzi yildan- yilga ortib bormoqda (financesonline.com).
V2V modelini biznes hamkorlarga tijorat bitimlarini nisbatan oson tuzishga yordam beradi.
Lekin mazkur holat modelni xatosiz ishlashi uchun bir qator texnologik yechimlarni talab
qiladi. Bunday tizimlarning arxitekturasi anchagina murakkab va yetuk mutaxassis talab
qiladigan tizim hisoblanadi. U quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1.
Mahalliy va xalqaro bozorlarda ishtirokchilarning to‘xtovsiz almashib turishi,
bozorlarning kengayish
imkoniyatlari platformalarda to‘la inobatga olinishi lozim.
2.
Platformalarning texnik yechimlari ishonchli, kiberhavfsizlik talablariga javob
beradigan, yengil kengayadigan hamda katta hajmdagi ma’lumotlarga
javob berishi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy uz/index php/si 32 riskni barataraf etishda b2b biznes modelini qo‘llash mexanizmlari
|