• Axborot, uning turlari, xususiyatlari va o‘lchov birliklari. Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish.
  • Klod Shennon
  • Mavzu: Informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari. Axborot, uning turlari, xususiyatlari va o‘lchov birliklari. Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish. Reja




    Download 3.35 Mb.
    bet1/6
    Sana16.04.2024
    Hajmi3.35 Mb.
    #198092
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-Mavzu
    2-лекция матрица и массив, Заковат баённома, Kompyuter tarmoqlari, simli va simsiz tarmoq texnologiyalari, 1-Labarotoriya ishi, 1-mavzu IRT, Beruniy 1- son KHM Ochiq eshiklar kuni

    Ma’ruza mashg‘ulotlar

    Mavzu: Informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari. Axborot, uning turlari, xususiyatlari va o‘lchov birliklari. Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish.
    Reja:

    1. Informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari.

    2. Axborot, uning turlari, xususiyatlari va o‘lchov birliklari.

    3. Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish.

    Tayanch tushunchalar: sеmantik, sintaktik, pragmatik, matn, son, tovush, grafik, audio, video.
    Nazariy ma’lumot
    XX asrning 50­-yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi. Informatika atamasi fransuzcha informatique (information – axborot va automatique – avtomatika) so‘zi negizida hosil bo‘lgan. Uning mazmuni «axborot bilan avtomatik ishlash» deb tushuniladi. Bu atamaning inglizcha varianti ham mavjud bo‘lib, u «Computer science», ya’ni «kompyuter ilmi» deb ataladi.
    Informatika kompyuter texnikasini qo‘llashga asosla ngan bo‘lib, inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi fandir
    Informatika fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:
    • hisoblash sistemalari va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;
    • uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadigan axborot nazariyasi;
    • inson bajarayotganda aniq bir intellektual kuch (mantiqiy xulosa, o‘qitish, nutqni tushunish, vizual idrok etish, o‘yinlar va hokazo)ni talab qiladigan masalalarni hal etuvchi dasturlar ishlab chiqishni ta’minlaydigan sun’iy intellekt usullari;
    • loyihalashtirilayotgan sistema vazifasi tahlili va ular javob berishi kerak bo‘lgan talablarni aniqlashni o‘z ichiga olgan sistemali tahlil;
    • mashina grafikasi usullari, animatsiya, multimedia vositalari;
    • butun insoniyatni yagona axborot uyushmasiga birlashtiruvchi global kompyuter tarmog‘ini ham o‘z ichiga oluvchi telekommunikatsiya vositalari;
    • ishlab chiqarish, fan, ta’lim, tibbiyot, savdo, qishloq xo‘jalik va boshqa turdagi barcha xo‘jalik hamda ijtimoiy faoliyatni o‘z ichiga oluvchi turli xil ilovalar ishlab chiqish.

    Axborot tushunchasi bilan biz har kuni to’qnash kelganimizga qaramay, uning umum e’tirof etilgan aniq ta’rifi yo’q.


    Shuning uchun, odatda, ta’rif o’rniga axborot haqidagi tushunchadan foydalaniladi. Tushunchalar ta’riflardan farqli o’laroq bitta ma’noda, bir qolipda berilmaydi, misollar bilan kiritiladi, bunda har bir fan o’zining pred-meti va vazifalariga eng yaxshi holda mos keladigan komponentlarni asosiy komponentlar sifatida ajratib, ko’rsatib ish ko’radi.
    Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik Klod Shennon axborot narsalar haqidagi bilimlarimizda noaniqlikning bartaraf etilishi kabi e’tirof etgan. Kibernetika fanining asoschisi Norbet Vinner axborot bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunni ifodalash kabi izohlagan.
    Аxbоrоt hаr bir kishi uchun bilimdir. Hаr bir kishi muаyyan yangilikni turli mаnbааlаrdаn оlаdi. Qаchоnlаrdir biz оtа-оnаmizdаn, o’qituvchilаrimizdаn kitоblаrdаn, shаxsiy tаjribаmiz оrqаli nimаlаrni bilgаn, o’rgаngаn bo’lsаk, ulаrni hаmmаsini xоtirаmizdа sаqlаymiz. Shuningdеk, kitоblаrdа, jurnаllаrdа, gаzеtаlаrdа nimа yozilgаn bo’lsа, yozilgаn mаzkur mаtnlаr muаllifning bilimini аks ettirаdi. Chunki bulаrni hаmmаsi аxbоrоtdir.
    Axoborot deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma’lumotlarga aytiladi. Axborot lotincha informatio so’zidan olingan bo’lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi ma’lumot ma’nosini anglatadi. Axborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi a’zolarimiz (ko’z, quloq, burun, og’iz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday ma’lumotni tushunamiz

    Sezish

    Ko‘rish

    Eshitish

    Tam bilish

    Hid bilish

    Axborot

    Tabiatni kuzatib, insonlar bilan muloqatda bo’lib, kitob va gazetalar o’qib, televizion ko’rsatuvlar ko’rib, biz axborot olamiz. Mаsаlаn, ko’chаdа kеtаyotgаnimizdа ko’zimiz оrqаli аxbоrоt yig’аmiz. Ko’zning nеrv hujаyrаlаridа yig’ilgаn аxbоrоt murаkkаb rаvishdа аlmаshinаdi vа bоsh miyaning ko’rish bo’limlаrigа uzаtilаdi. Bu еrdа аxbоrоtgа nаvbаtdаgi ishlоv bеrilаdi vа ishlоv nаtijаsidаn shu zаhоtiyoq fоydаlаnilаdi.
    Axborot ko’rinishlari va xususiyatlari.
    Axborotni hayotda har xil ko’rinishlarda yoki shakllarda tasvirlash mumkin.

    • Sonli

    • Matn

    • Grafika

    • Ovozli

    • Video


    Axborotdan hayot faoliyatida foydalana olish uchun, asosan quyidagi 3 ta muhim xususiyatga ega bo’lish lozim:

    • Axborot ma’lum darajada qimmatli bo’lishi kerak;

    • Axborot to’liqlik xususiyatga ega bo’lishi lozim;

    • Axborot ishonchli bo’lishi lozim;


    Yana sharoitdan kelib chiqib axborot tushunarli, qisqa yoki batafsil ifoda etilishi zarurligini ta’kidlab o’tish joiz.

    Download 3.35 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 3.35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari. Axborot, uning turlari, xususiyatlari va o‘lchov birliklari. Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish. Reja

    Download 3.35 Mb.