Mavzu: Innovatsion ta’lim texnologiyalarining turlari, nazariy asoslari va ulardan geografiya o’quv mashg’ulotida foydalanish masalalari




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana24.06.2024
Hajmi0,55 Mb.
#265506
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Muhammadova Marjona Sodiq qizi 6-12




Mavzu: Innovatsion ta’lim texnologiyalarining turlari, nazariy asoslari va 
ulardan geografiya o’quv mashg’ulotida foydalanish masalalari. 
Muhammadova Marjona Sodiq qizi Buxoro davlat universiteti 2- kurs 
magistranti 
Abbasova Gulnoza Baxshilloyevna Buxoro tuman 6-maktab oliy toifali 
katta o’qituvchi 
Annotatsiya: 
Innovatsion ta’lim texnolgiyaning turlari va ulardan geografiya 
fanlarida foydalanish xususida so’z yuritiladi. 
Kalit so’zlar: 
Innovatsiya, novatsiya, innovator, innovatsion ta’lim, ta’lim 
innovatsiyalari 
Lug‘aviy jihatdan “Innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda 
(“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi 
mazmunan aniq holatni ifodalaydi. Innovatsiya
 – 
muayyan tizimning ichki tuzilishini 
o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatdir.
 
“O‘zbekiston 
Milliy 
ensiklopediyasi”da 
ko‘rsatilishicha, 
innovatsiya 
quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” – 
kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni 
ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va 
ilg‘or tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil 
etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat 
doiralarida qo‘llanishi”
1
.
 
A.I.Prigojinning fikriga ko‘ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan 
ijtimoiy birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha 
yondashish, bu munosabatni bir qadar turg‘un elementlar bilan boyitib borish 
tushunilishi lozim. Bu o‘rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy 
munosabatlar, ularga nisbatan innovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi. Shundan 
kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, qolaversa, turli 



ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o‘ziga xos innovator faoliyatni 
tashkil etadi. 
Amerikalik psixolog E.Rodjers o‘z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega 
ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga 
yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning 
yangilikka bo‘lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga 
bo‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari o‘rtasidagi innovatsion 
xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini o‘rgangan. 

Download 0,55 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Innovatsion ta’lim texnologiyalarining turlari, nazariy asoslari va ulardan geografiya o’quv mashg’ulotida foydalanish masalalari

Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish