10
Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat
qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur.
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda
ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina
tizimdagi ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya
(yangilanish)
deb
yuritiladi.
Bunga geografiya o’quv darslarida 10-sinfda o’tiladigan bashorat mavzusini
misol tariqasida olsa bo’ladi. Sababi bashoratning bir nechta turlari mavjud bo’lib: ular
qisqa muddatli, o’rta muddatli, uzoq muddatli va hokazolarga bo’linadi.
Bordi-yu, faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning
natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa,
u innovatsiya