• Internetning salbiy jihatlari
  • Internet xavfsizligi nima uchun kerak
  • Foydalanilgan manbalar
  • Internet nima uchun kerak va uning qanday foydalari bor?




    Download 24,17 Kb.
    bet2/2
    Sana23.05.2024
    Hajmi24,17 Kb.
    #250981
    1   2
    Bog'liq
    internet va telefon

    Internet nima uchun kerak va uning qanday foydalari bor?
    Ko`pchilik internetdan yangiliklar o`qish, musiqa tinglash, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish kabi, asosan, ko`ngilochar maqsadlarda foydalanadi. Ammo internet insonlarga taqdim etadigan qulaylik va foydalar faqat bulardan iborat emas.
    Oddiy elektron pochta (email) xizmatini olib ko`raylik. Bir necha soniya ichida maktub yozib, uni komputer yoki telefoningizdagi bitta tugmani bosish orqali dunyoning istalgan joyiga bir soniyada jo`natishingiz mumkin. Internetdan oldin bu mumkinmidi? Albatta, yo`q. Buning uchun ilgari an`anaviy pochta yoki telegraf xizmatlaridan foydalanish lozim bo`lgan. Hozir esa bunga hojat yo`q. Yoki internet orqali savdo qilishni olib ko`ring. Hozir uyingizda o`tirib, internet orqali istagan narsangizni sotib olishingiz va uyingizgacha olib kelib berishlarini buyurtma qilishingiz mumkin. O`zbekistonda ham internet orqali savdo asta-sekin rivojlangib boryapti. Asaxiy.uz, Udobno.uz kabi saytlarni shu yo`lda boshlangan dastlabki qadamlar deb aytish mumkin.
    Internet nafaqat siz bilan biz kabi oddiy foydalanuvchilar tomonidan, balki xususiy va davlat kompaniyalari tomonidan ham keng qo`llanilmoqda. Hozir deyarli barcha yirik kompaniyalar o`z xodimlari va mijozlari bilan aloqalarni to`liq internet orqali olib boradi. Yangi mahsulotlarini internet orqali ommaga taqdim etadi, sotadi va boshqa turli xizmatlar ko`rsatadi. Internet hukumatlar ishlarini ham osonlashtirgan. Fuqarolarning deyarli barcha murojaatlari ko`p davlatlarda hozir elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Bu qog`ozbozlik, fuqarolarning idoraga borib rasmiylar bilan yuzma-yuz ko`rishishi, navbat kutib uzoq o`tirishi kabi noqulayliklarni kamaytiradi. O`zbekistonda ham xuddi shu maqsadda my.gov.uz loyihasining boshlanganini ijobiy va quvonarli hol, deb aytishimiz mumkin.
    Internetning salbiy jihatlari?
    Bu ommaviy kommunikatsiya turi dastlab paydo bo`lganda, aksariyat ishlarning elektron shaklga o`tishi oqibatida ko`plab ish o`rinlari boy beriladi, degan xavotirlar bo`lgan. Chunki internetdan oldin bu ishlar qog`ozlar orqali yoki ofis-idoralarda ishchi-xodimlar qo`li bilan amalga oshirilardi. Ammo internetning iqtisodiyot uchun, kompaniyalar uchun keltirgan ulkan foydasi bu xavotirlarni yo`qqa chiqardi. Endigi asosiy xavotir va tahdid internetda shaxsiy va biznes ma`lumotlarini almashishning qanchalik xavfsiz ekani haqida bo`lmoqda. Xavotirlar shu darajada oshdiki, hatto hukumatlar internet tahdidlarining oldini olish uchun ko`proq e`tibor va resurslar ajratmoqda. Kiber xuruj va kiber urush degan atamalar paydo bo`ldi.
    Internetda foydalanuvchilar uchun eng katta tahdid ularning shaxsiy ma`lumotlari boshqalarning qo`liga tushishi yoki oshkor qilinishi xavfi hisoblanadi.
    Biz onlayn xizmatlardan foydalanganimizda, ijtimoiy tarmoqlar yoki elektron pochta orqali muloqot qilganimizda ko`plab shaxsiy ma`lumotlarimizni internetga kiritamiz. Bular shaxsiy suratlar, bank yoki moliya ma`lumotlari, sog`liqqa oid ma`lumotlar, do`stlarimiz bilan o`zaro maxfiy yozishmalarimiz yoki email va ayrim saytlarga kirish uchun ishlatiladigan login va parollar bo`lishi mumkin. Odatda, bu ma`lumotlarning xavfsiz saqlanishini onlayn xizmatni taqdim etuvchi saytlar ta`minlaydi, ammo shunday holatlar ham bo`ladiki, bu ma`lumotlaringiz istalmagan uchinchi bir tomon qo`liga o`tib qolishi va ular bu ma`lumotlardan g`arazli maqsadlarda foydalanishi mumkin.
    Demak, faqat o`zimizgagina tegishli bo`lgan, boshqalarga bizning roziligimizsiz berilmaydigan barcha ma`lumotlar bizning shaxsiy mulkimiz hisoblanadi va ular ustidan shaxsiy daxlsizlik huquqiga egamiz.
    Shaxsiy ma`lumotlarning oshkor bo`lishi o`z aybingiz bilan yoki xakerlar kabi maxsus hujum uyushtiruvchi shaxs yoki shaxslar xatti-harakati natijasida sodir bo`lishi mumkin. Shaxsiy ma`lumotlarning oshkor bo`lishi sizga moddiy va ma`naviy zarar keltirishi mumkin.
    B itta misol keltiramiz. Masalan, siz ijtimoiy tarmoqdan foydalanish tartibini yaxshi tushunmasdan, faqat do`stimga yuboryapman, degan ishonch bilan ayrim shaxsiy surat yoki ma`lumotlarni hamma ko`radigan joyga joyladingiz. Yoki hech kimga ko`rinmaydi, deb o`ylab, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim saytlarga qo`yilgan shubhali havolalar ustiga bosdingiz; bilmasdan uni o`z sahifangizda baham ko`rdingiz yoki ehtiyotsizlik bilan shubhali saytni ochganingiz uchun sizning roziligingizsiz bu sayt haqidagi ma`lumotlar hammaga ko`rinadigan sahifangizda paydo bo`lib qoldi. Shaxsiy hayotingizga taalluqli bo`lgan bunday ma`lumotlarning boshqalarga oshkor bo`lishi sizning obro`ingizga putur yetkazishi yoki siz haqingizda boshqalarda salbiy tasavvur hosil bo`lishiga olib kelishi mumkin. Bu ma`naviy zarar hisoblanadi. Bundan tashqari, bu kabi ehtiyotsizlik natijasida sizning nomingiz bilan turli taqiqlangan saytlarga tashrif buyurishlari mumkin.
    Moddiy zararga bir misol. Agar elektron pochtangizga kelgan shubhali maktubdagi havolani bosib, uni ochsangiz va natijada shaxsiy ma`lumotlarni o`g`irlashni maqsad qilgan zararli dastur kompyuteringizga o`rnashib olsa, u kompyuteringiz va elektron pochtangizdagi barcha shaxsiy ma`lumotlarni ko`chirib, ushbu dastur ortida turgan shaxslarga jo`natishi mumkin. O`g`irlangan ma`lumotlar orasida bank va kredit karta ma`lumotlari bo`lishi mumkin va ulardan foydalangan holda kiberjinoyatchilar pulingizni o`marishi turgan gap.
    Oddiy odamlarni nishonga oluvchi internet xurujlari ortida, asosan, moddiy boylik orttirishni maqsad qilgan jinoiy shaxs yoki guruhlar turadi. Ular odamlarning elektron pochtalari, kompyuter yoki boshqa elektron qurilmalariga kirib olib, shaxsiy ma`lumotlarni o`girlashadi va shu orqali ularning bank yoki kredit karta ma`lumotlarini topib, ulardan pul o`marishadi. Shaxsiy ma`lumotlar, surat va videolarni o`g`irlab, ularni tarqatib yuborish tahdidi bilan odamlarni shantaj qilib, pul talab qilishlari ham mumkin.Hukumat idoralari ham noqonuniy faoliyat bilan shug`ullanuvchi shaxslarni topish uchun internetdan keng foydalanmoqda. Agar shubhali yoki bahsli sayt va onlayn resurslardan foydalansangiz va ulardan qanday xavfsiz foydalanish yo`llarini bilmasangiz, hech qanday jinoyat sodir qilmagan taqdiringizda ham, xavfsizlik idoralari e`tiboriga tushib qolishingiz mumkin va bu siz uchun istalmagan noxushliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
    Internet xavfsizligi nima uchun kerak?
    Yuqorida tilga olingan noxush holatlarning oldini olish uchun internetdan xavfsiz foydalanish yo`l-yo`riqlarini bilish kerak.Virus va zararli dasturlar hujumidan saqlanish uchun, odatda, maxsus himoya dasturlaridan foydalaniladi. Ammo bu kabi tahdidlarga qarshi eng yaxshi himoya vositasi – internet gigienasiga rioya qilishdir. Ya`ni, internetdan to`g`ri foydalanish qoidalarini bilsangiz va shubhali manbalarni ishonchli saytlardan farqlay olsangiz hamda ularga duch kelganda nima qilish lozimligini bilsangiz, kiber xurujlar qurboni bo`lishingiz ehtimoli juda kam.
    Xulosa
    Internetning insoniyat uchun foydasi va imkoniyatlari kundan kunga oshib bormoqda. Shu bilan birga xavfsizlik borasida ham muammolar kamaygani yo`q.
    Barcha kerakli avtiviris va boshqa axborot xavfsizligini ta`minlovchi dasturlarga ega bo`lsangiz ham, sizning internetdagi faoliyatingiz hech qachon 100 foiz xavfsiz bo`lmaydi. Parolni kuchli tanlash yoki zararli saytlarga kirmaslik orqali sizga bo`ladigan xavf darajasini minimumga tushirishingiz mumkin, ammo agar xakerlar shaxsan sizini hujumga olishni qasd qilsa, ular tahdididan omon chiqishingiz ehtimoli juda kam. Albatta, oddiy odamlarning qasddan qilingan xakerlar hujumiga duch kelishi deyarli uchramaydi.
    Axborot asri davrida yoshlarga yopirilib kеlayotgan axborotlardan foydalana olishlari, xususan, nosog`lom axborotlardan himoyalana olishlari, kommunikatsiya vositalaridan to`g`ri foydalana bilishlari uchun bilim va tajriba kеrak bo`ladi. Aynan mana shu borada ular kattalar, ayniqsa, ota-onalar va pеdagoglarning ma`naviy-ruhiy ko`magiga muhtoj. Shunday ekan, yoshlarga sog`lom axborot muhitini yaratib, ular ma`naviy olamining daxlsizligini asrash asosiy vazifalarimizdan biridir. Zеro, yoshlar ma`naviyatiga daxldor yumushlarda bеparvolikka yo`l qo`yib bo`lmaydi
    Ha, bugun internet imkoniyatlarini, uning foydali jihatlarini hech kim inkor etolmaydi. Faqat undan foydalanish madaniyatini shakllantirmoq, o`quvchilarni unga o`rgatmoq zarur. Binobarin, yoshlarimizning ruhiy-ma`naviy olamini zararli unsurlardan himoya qilish orqali taraqqiyot poydevori yaratiladi.
    Ma`naviy barkamollik esa jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.

    Foydalanilgan manbalar:

    1. A.Abduqodirov “Axborot texnologiyalari” Toshkent 2013 yil


    2. “Ziyonet” axborot ta`lim portal.
    4. Abdullayeva R.M., Djurayeva M.T. Kasbiy psixologiya. O’quv qo’llanma. T. TDIU. 2012.
    5. G’oziyev E.G’., Asomova R. Kasb psixologiyasi.O’quv qo’llanma. T. TDIU. 2009.
    6. Qodirov B.R., Qodirov K.B. Kasbiy tashxis metodikalari to’plami. Metodik qo’llanma. T.2003. 96 b. 5. Sog’inov N.A. Ta’lim tizimida psixologik xizmatni amalga oshirishda psixodiagnostik vositalardan foydalanish. Uslubiy qo’llanma. T.2001.
    Download 24,17 Kb.
    1   2




    Download 24,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internet nima uchun kerak va uning qanday foydalari bor?

    Download 24,17 Kb.