|
Reklama faoliyati marketing xizmatining tarkibiy turlaridan biridir. Uning taklif etayotgan mahsulotlarini sotish jadallashadi. Reklama bilan bir qatorda quyidagilardan ham foydalaniladi
|
bet | 5/5 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 126,36 Kb. | | #240593 |
Bog'liq REKLAMANING IJTIMOIY MAZMUN-MOHIYATIReklama faoliyati marketing xizmatining tarkibiy turlaridan biridir. Uning taklif etayotgan mahsulotlarini sotish jadallashadi. Reklama bilan bir qatorda quyidagilardan ham foydalaniladi: - savdoning bevosita harakati (sotuvga yordam) -xizmat turi yoki mahsulot sotilishining qisqa muddatda erishilgan sur’atda ushlab turishga haratilgan harakatlar. Masalan, mahsulotga bepul bonlar, namunalar, mukofotlar, sovg‘alar, bahoni pasaytirish, imtiyozlar, bepul xizmat qilish, pasaytirilgan narxda sotish;
- agentlar yordamida individual sotish; dilerlar, kommivoyajerlar, bevosita o‘zlari mahsulotning xususiyati va qo‘llanilishini tushuntirishi;
- "pablik rileyshnz" - aloqalar o‘rnatish, ya’ni firma obro‘sini oshirish maqsadida mahsulot yoki xizmatni ommaviy axborot vositalarida reklama qilish;
Reklama ma’lumotlari yangiligi, kutilmaganligi, hissiy ta’siri bilan ajralib turishi kerak. Bundan tashhari mahsulotning xaridor e’tibor qilmagan xususiyatlarini ko‘rsata olishi kerak. Ayniqsa, mahsulotning bozorga kirib kelishi va ularni uzaytirish bosqichida reklama juda zarur. Reklama uchun zarur shartlaridan biri, uning makonining aniqligi, ya’ni bozorning ma’lum segmentiga yo‘nalganligi, har xil xaridorlar uchun esda saqlanib qolinishidir. - "pablisiti" - mutaxassislar va ulgurji xaridorlarga atalgan xo‘jalik targ‘iboti. "Pablisiti"ning maqsadi xuddi "pablik rileyshnz"niki kabi xizmat turi va mahsulotni sotishni ko‘paytirish emas, balki korxonaning markasini tashviqot qilishdir;
- reklama mavsumlari, yarmarkalar, ko‘rgazma savdolar va mahsulotni realizatsiya qilishning boshqa jadal turlari.
REKLAMANING IJTIMOIY MAZMUN-MOHIYATI
Marketingda reklamani boshqarish avvalo
yuqorida ta’kidlangan reklamaning maqsad va
vazifalaridan kelib chiqadi. Marketing hamrab
oluvchi masalalar juda ko‘p va rang-barangdir. U
mahsulotning maqbul jiqozlanishi va bezalishi
bo‘yicha tadqiqotlarni ham, narx-navo
masalalarini ham, reklama, sotuvgacha va
mahsulot sotilgandan keyingi xaridorga xizmat
ko‘rsatishni ham o‘z ichiga oladi, xullas ishlab
chiqaruvchidan to iste’molchigacha bo‘lgan
munosabatni boshqarishni o‘z ichiga oladi.
Reklamani boshqarish esa o‘z navbatida marketing
vazifalaridan kelib chiqqan holda amalga
oshiriladi.
Marketingda reklama faoliyatini boshqarish
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reklama faoliyati marketing xizmatining tarkibiy turlaridan biridir. Uning taklif etayotgan mahsulotlarini sotish jadallashadi. Reklama bilan bir qatorda quyidagilardan ham foydalaniladi
|