• 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha — 3 yil muddatga; 3 million AQSh dollaridan ortiq va 10 million AQSh dollarigacha — 5 yil muddatga;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.04.2012 yildagi PF-4434-sonli Farmoniga muvofiq




    Download 42.94 Kb.
    bet4/4
    Sana03.06.2023
    Hajmi42.94 Kb.
    #69230
    1   2   3   4
    Bog'liq
    ABBOS INVESTITSIYALARNI HISOBGA OLISH
    2 5413352070931549162 (2), Tinchlik va urush davridagi favqulodda vaziyatlar, Документ Microsoft Word (2), abbos korxonalar
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.04.2012 yildagi PF-4434-sonli Farmoniga muvofiq:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.2005 yildagi PF-3594-sonliFarmoniga muvofiq:
    To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda tashkil etilgan va ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) ixtisoslashtirilgan korxonalarga quyidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiya hajmlarida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda alohida soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi:


    300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha — 3 yil muddatga;
    3 million AQSh dollaridan ortiq va 10 million AQSh dollarigacha — 5 yil muddatga;
    10 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda — 7 yil muddatga.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2017 yildagi PF-4933-sonliFarmoniga muvofiq:
    Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchi davlat mulki ob’ektlarining sotib oluvchilari — tashkilotlar oldi-sotdi shartnomasi imzolangan paytdan boshlab 12 oy muddatga yangi sotib olinayotgan davlat mulki ob’ektlari bo‘yicha mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi, bo‘shagan mablag‘lar xususiylashtirilgan ob’ektlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda ularni rivojlantirishga maqsadli tarzda yo‘naltiriladi.



    1. MOLIYAVIY INVESTITSIYALARNI HISOBGA OLISH.

    Umumiy qoidalar


    1. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi bo‘lib hisoblanadi.
    Maqsad
    2. Mazkur standartning maqsadi moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish usulini aniqlash va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarida investitsiyalar bo‘yicha axborotlarni yoritib berish hisoblanadi.
    Amal qilish sohasi
    3. Mazkur standart xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moliyaviy investitsiyalarni buxgalteriya hisobida va ular to‘g‘risidagi axborotlarni yoritib berish uchun qo‘llanilishi lozim.
    4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy investitsiyalarni mazkur standartning 7 — 28-bandlarida bayon qilingan tartibga muvofiq yuritadi va ular quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
    4.1. Moliyaviy investitsiyalarni (qisqa muddatli va uzoq muddatli) toifalariga qarab tasniflash;
    4.2. Moliyaviy investitsiyalar qiymatini aniqlash va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish;
    4.3. Moliyaviy investitsiyalarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazish;
    4.4. Moliyaviy investitsiyalar qiymatining qaytarilmaydigan pasayishi.
    5. Mazkur standartda quyidagilar ko‘rib chiqilmaydi:
    5.1. Foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqi shaklidagi investitsiyalar bo‘yicha olingan daromadlarni tan olish asoslari (BHMS “Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar” ga va BHMS “Lizing hisobi” ga qarang);
    5.2. Shu’ba jamiyatlarga investitsiyalar (BHMS “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va shu’ba jamiyatlarga investitsiyalarni hisobga olish” ga qarang);
    5.3. Birgalikda faoliyatga investitsiyalar (BHMS “Birgalikda faoliyatdagi ishtirok ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirishga” qarang);
    5.4. Gudvill, patentlar, savdo markalari va shunga o‘xshash boshqa nomoddiy aktivlar;
    5.5. BHMS “Lizing hisobi” da keltirilgan ta’rifga mos keladigan moliyaviy lizing.
    Atamalar
    6. Mazkur standartda foydalanilgan atamalar:
    Moliyaviy investitsiyalar — xo‘jalik yurituvchi subyekt tasarrufidagi (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) daromad olishga mo‘ljallangan, investitsiya qilingan kapital qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniyaning boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.
    Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar — muomalada bo‘lish muddati 12 oydan oshmaydigan oson realizatsiya qilinadigan investitsiyalar.
    Uzoq muddatli investitsiyalar — qisqa muddatli (joriy) investitsiyadan tashqari barcha investitsiyalar.
    Ko‘chmas mulkka investitsiya — investitsiya qiluvchi subyektning yoki investitsiya qiluvchi subyekt guruhiga kiruvchi boshqa subyektning ishlab chiqarish faoliyati davomida foydalanilmaydigan yer maydonlariga yoki imoratlarga investitsiyalar.
    Joriy qiymat — bir-biriga qaram bo‘lmagan, lekin sotib olishni xohlagan xabardor xaridor bilan sotishni xohlayotgan xabardor sotuvchi o‘rtasida aktiv almashtiriladigan summa.
    Bozor qiymati — bu investitsiyalarning aktiv bozorda aniqlanadigan summasi.
    Bozordagi — bozor qiymati(yoki bozor qiymatini hisoblash imkonini beradigan boshqa biror ko‘rsatkich) aniqlanadigan aktiv bozorning mavjudligini bildiradi.
    Moliyaviy investitsiyalarni tasniflash
    7. O‘zining moliyaviy hisobotlarida aylanma mablag‘lar va uzoq muddatli aktivlar o‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar egalik qilish muddati 1 yilgacha bo‘lgan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarni aylanma mablag‘ sifatida, egalik qilish muddati 1 yildan oshadigan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni esa uzoq muddatli aktivlar sifatida ko‘rsatishlari kerak.
    8. O‘zining balanslarida qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalarni farqlamaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mazkur standartning 13 va 15-bandlariga muvofiq investitsiyalarni baholash va balansdagi qiymatini aniqlash maqsadlarida farqlashlari kerak.
    Moliyaviy investitsiyalarni baholash
    9. Moliyaviy investitsiyalarni xarid qilishda sotib olish qiymati bo‘yicha baholanadi va bu qiymatga brokerlar xizmati uchun to‘langan haq, bank xizmati uchun to‘lovlar, bojlar va boshqa xarajatlar kiritiladi.
    10. Agar investitsiya to‘laligicha yoki qisman aksiyalarni emissiya qilish yoki boshqa qimmatli qog‘ozlar chiqarish yo‘li bilan xarid qilinayotgan bo‘lsa, u holda xarid qilish qiymati chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatiga emas, balki ularni joriy qiymatiga teng bo‘ladi. Agar investitsiya to‘laligicha yoki qisman boshqa aktivga almashtirish yo‘li xarid qilinayotgan bo‘lsa, u holda uning xarid qiymati berilayotgan aktivning joriy qiymati bo‘yicha aniqlanadi.
    11. Xarid qilingan paytgacha bo‘lgan davr uchun foizlar ulushi hisoblangan dividendlarni o‘z ichiga olgan qiymat bo‘yicha xarid qilingan moliyaviy investitsiyalar xaridor tomonidan sotuvchiga to‘langan foizlar summasini chiqarib tashlab, xarid qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
    12. Qarz qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarning xarid qiymati bilan to‘lash qiymati o‘rtasidagi tafovut (diskont yoki xarid qilishdagi mukofot) investitsiyalar bo‘yicha doimiy daromad mavjud bo‘lishi uchun investor tomonidan xarid qilingan paytdan boshlab qarz to‘langunga qadar hisobdan chiqarib boriladi.
    Investitsiyalarning balans qiymati Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar
    13. Qisqa muddatli (joriy) aktivlar sifatida tasnif qilingan investitsiyalar buxgalteriya balansida quyidagicha hisobga olinishi kerak:
    13.1. Bozor qiymati;
    13.2. Xarid qiymati va bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng kichigi bo‘yicha hisobga olinishi kerak.
    Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar xarid qiymati va bozor qiymatlaridan eng kichigi bahosi bo‘yicha hisobga olinadigan bo‘lsa, balans qiymati investitsiya portfelining umumiy qiymati asosida yoki investitsiyalar turlari bo‘yicha yoxud alohida investitsiyalar asosida aniqlanadi.
    14. Qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymatining o‘zgarishidan keladigan daromad yoki zarar, sodir bo‘lgan hisobot davrida tan olinadi.
    Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar
    15. Uzoq muddatli aktivlar sifatida tasnif qilingan investitsiyalar buxgalteriya balansida quyidagicha hisobga olinishi kerak:
    15.1. Xarid qiymati bo‘yicha:
    15.2. Qayta baholashni hisobga olgan qiymat bo‘yicha;
    15.3. Investitsiya portfeli usuli bo‘yicha aniqlangan, xarid qiymati va bozor qiymatidan eng kichigi bahosi bo‘yicha hisobga olinadi.
    16. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash uchun qayta baholashni amalga oshirish davriyligini, shu jumladan uzoq muddatli investitsiyalar toifalarini aniqlash zarur.
    17. Balans qiymatining vaqtincha pasayishini istisno etgan holda investitsiyalar qiymati pasayganda barcha uzoq muddatli investitsiyalarning balans qiymati pasaytiriladi. Bunday pasaytirish har bir alohida moliyaviy qo‘yilma bo‘yicha aniqlanadi va tayyorlanadi.
    18. Uzoq muddatli investitsiyalar xarid qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Uzoq muddatli investitsiyalarning qiymati qaytarilmaydigan, pasaygan, pasayib borgan hollarda bu investitsiyalarning balans qiymati har bir investitsiya bo‘yicha alohida kamaytirilishi kerak. Bunda xatarning turlari, investitsiya qilinayotgan subyektda investorning ulushi e’tiborga olinadi.
    19. Uzoq muddatli investitsiyalar balans qiymatining vaqtincha pasayishi hisobda aks ettirilmaydi. Qiymat pasayishining boshqa hollari 21-bandda ko‘rib chiqiladi.
    Moliyaviy investitsiyalar balans qiymatini qayta baholash
    20. Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalarni bozor qiymati bo‘yicha hisobga oluvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt hisob siyosatida investitsiyalar balans qiymatining kamayishi yoki ko‘payishini quyidagicha aks ettiradi:
    20.1. Daromad yoki xarajat sifatida;
    20.2. 21-bandga muvofiq ravishda.
    21. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash natijasidagi qo‘shimcha baholash summasi xususiy kapitalga qayta baholashdan daromad sifatida qo‘shiladi. Moliyaviy investitsiyalar qiymati pasayganda kamaytirish xususiy kapitalda aks ettirilgan o‘sha investitsiyalarni qo‘shimcha baholash summasi hisobidan amalga oshiriladi. Agar moliyaviy investitsiyalar qiymatini kamaytirish summasi qayta baholashdan olingan daromad summasidan oshsa, bu farq xarajat sifatida tan olinishi kerak. Qiymati pasaytirilgan investitsiyalarni qo‘shimcha baholash miqdori shu investitsiyalardan kelgan zarar qoplangandan so‘ng xususiy kapital ko‘payishiga kiritiladi.
    Moliyaviy investitsiyalarni sotish va o‘tkazish
    22. Investitsiyalarni sotishda sotishdan olingan tushum bilan balans qiymati o‘rtasidagi farq tegishli xarajatlarni (broker yoki diler xizmati haqi) chiqarib tashlangandan so‘ng daromad yoki xarajat sifatida tan olinadi.
    Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar balansda portifel usuli bo‘yicha xarid qiymati yoki bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng pasti bo‘yicha hisobga olingan bo‘lsa, ularni sotishda daromad yoki zarar realizatsiya narxi bilan xarid narxi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
    Agar investitsiya ilgari qayta baholangan yoki bozor qiymati bo‘yicha hisobga olingan, balans qiymati esa qo‘shimcha baholash qiymatini hisobga olgan holda ko‘paytirilgan bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt hisob siyosatini tasdiqlashi yoki qo‘shimcha baholashni qoldiq summasini daromad schyotiga kreditlashi yoxud uni taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazishi kerak. Bu hisob siyosati 3-sonli BHMS “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”ga muvofiq qo‘llanilishi kerak.
    23. Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar ikki qiymatning: xarid qiymati bilan bozor qiymatining eng kichigi bo‘yicha hisobga olinadigan bo‘lsa, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qisqa muddatli (joriy) investitsiyalarga o‘tkazish ham ikki qiymat: xarid qiymati bilan balans qiymatining eng kichigi bo‘yicha amalga oshiriladi.
    24. Agar uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar ilgari qayta baholangan bo‘lsa, ularni qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar toifasiga o‘tkazishda va bu qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar bozor qiymati bo‘yicha hisobga olingan bo‘lsa, qayta baholash qiymati balans qiymatidan chiqarib tashlanishi kerak.
    Agar qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymatidagi o‘zgarish daromadga kiritiladigan bo‘lsa, qo‘shimcha baholashning qolgan har qanday miqdori daromadga o‘tkazilishi kerak.
    25. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar toifasiga o‘tkazish xarid qilish qiymati va bozor qiymatidan eng kichigi bo‘yicha yoki bozor qiymati bo‘yicha, agar investitsiya ilgari shu qiymat bo‘yicha hisobga olingan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
    Investitsiyalar bo‘yicha operatsiyalardan moliyaviy natijalar
    26. Moliyaviy natijalarga quyidagilar kiritiladi:
    26.1. Moliyaviy investitsiyalar bo‘yicha quyidagi ko‘rinishdagi daromadlar/xarajatlar:
    26.1.1. Uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo‘yicha foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqlari;
    26.1.2. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotishdan daromadlar va zararlar;
    26.1.3. 20-bandga muvofiq, bozor qiymati bo‘yicha hisobga olingan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar bo‘yicha realizatsiya qilinmagan daromadlar va zararlar;
    26.1.4. Xarid qiymati va bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng kichigi bo‘yicha baholangan qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni taqdim qilish uchun talab qilinadigan bozor qiymatining kamaytirilishi va bunday kamaytirishning qaytadan tiklanishi;
    26.2. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qiymatining vaqtincha pasayishini istisno qilgan holda balans qiymatining kamayishi va bunday qisqarishlarning qoplanishi;
    26.3. 22-bandga muvofiq hisoblangan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotishdan daromadlar va zararlar.
    Soliqlar
    27. Mazkur standartni qo‘llanish natijasida yuzaga keladigan soliq oqibatlarini hisobga olish O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
    Yoritib berish
    28. Moliyaviy hisobotlarda quyidagilar yoritib berilishi lozim:
    28.1. Hisob siyosati, quyidagilar uchun:
    28.1.1. Moliyaviy investitsiyalarning balans qiymatini aniqlash;
    28.1.2. Bozor qiymati bo‘yicha hisobga olingan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarning bozor qiymatidagi o‘zgarishlarni aks ettirish;
    28.1.3. Qayta baholangan moliyaviy investitsiyalarni sotishda qo‘shimcha baholash summasini aks ettirish;
    28.2. Quyidagi ko‘rinishda olingan daromadga kiritilgan katta miqdordagi summalar:
    28.2.1. Uzoq muddatli va qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar bo‘yicha foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqlari;
    28.2.2. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotishdagi daromadlar va zararlar;
    28.2.3. Bunday moliyaviy investitsiyalar qiymatidagi o‘zgarishlar;
    28.3. Realizatsiya qilinayotgan investitsiyalarning bozor qiymati, agar ular balansda bozor qiymati bo‘yicha hisobga olinmagan bo‘lsa;
    28.4. Ko‘chmas mulkka moliyaviy investitsiyalarning joriy qiymati, agar ular uzoq muddatli investitsiya sifatida hisobga olingan bo‘lsa va joriy qiymati bo‘yicha aks ettirilmasa;
    28.5. Investitsiyalarga muhim cheklashlar yoki investitsiyalarni realizatsiyasidan daromad va tushumni o‘tkazish;
    28.6. Qayta baholash summasi bo‘yicha hisobga olingan uzoq muddatli investitsiyalar uchun:
    28.6.1. Qayta baholash o‘tkazilishini davriyligini aniqlash siyosati;
    28.6.2. So‘nggi marta qayta baholangan sana;
    28.6.3. Qayta baholash asosi va tashqi baholovchini jalb etish fakti;
    28.7. Davr ichida bahosining oshirilishi summasidagi o‘zgarishlar hamda bu o‘zgarishlarning tavsifi;
    28.8. Asosiy faoliyati investitsiya faoliyatidan iborat bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun investitsiya portfelini tahlil qilish.

    XULOSA
    Xulosa qilib aytganda, investitsiya foliyati bu har qanday jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy davlat fuqarolari va yuridik shaxslari kabi investitsiya subyektlari tomonidan daromad olish, mavjud kapitallarni ko’paytirish yoki boshqa foydali natijalarga erishish maqsadida turli faoliyat sohalariga kapitallarni joylashtirish va ularni boshqarish yuzasidan amalga oshiriladigan amaliy harakatlar majmuidir. Shu nuqtai nazardan aytish joizki, investitsiya faoliyat tushunchasining mazmunida investitsiyalash maqsadi, obyekti va uning yo’nalishlari, investitsiyalash bilan bog’liq tashkiliy-huquqiy harakatlar va nihoyat, muayyan ijobiy samara (foyda) olish motivi yotadi. Investistiya faoliyatining tasniflanishi esa investorlar tomonidan kapital qo’yilamalarning maqsadini hamda obyektini aniqlashda, kapital qo’yilayotgan soha yuzasidan aniq tassavurga ega bo’lishga, ular xususida kengroq obyektiv ma’lumotlar olishga imkon beradi.

    Foydalanilgan Adaboyotlar


    1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 488 б. 2. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Тошкент: ―Ўзбекистон‖ НМИУ, 2017. – 104 б. 3. Ilhаmov SH.I. Amaliy audit. Darslik. – T.:Iqtisodiyot, 2018. -443 b. 4. Ilhamov SH.I. Audit. 1-qism. Darslik. – T.: Iqtisodiyot, 2018. – 254 b. 5. Файзиев Ш., Каримов А. Аудит. Учебное пособие. – Т.: ―IQTISODMOLIYA‖, 2013. – 328 с. 6. Masharipov O., Ilxomov Sh. Amaliy audit. O`quv qo`llanma. –Т.: IQTISODMOLIYA‖, 2013. - 272 b. 7. Аудит: учебник /под ред. Булыги Р.П.-2-е изд., перераб. и доп. – М.: ЮНИТИ – ДАНА‖, - 2013. – 431 стр.
    Download 42.94 Kb.
    1   2   3   4




    Download 42.94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.04.2012 yildagi PF-4434-sonli Farmoniga muvofiq

    Download 42.94 Kb.