• Ish haqida nazariy ma’lumot
  • Mavzu: iqtisodiy masalalarni yechishda jadval muxarrirlaridan foydalanish




    Download 6.55 Kb.
    Sana16.01.2024
    Hajmi6.55 Kb.
    #138472
    Bog'liq
    Mavzu iqtisodiy masalalarni yechishda jadval muxarrirlaridan fo-fayllar.org (1)
    Тема № 27 - SONET-SDH tarmog\'i, 1 курс Мировая литература Syllabus, Avtomatlashtirilgan axborot tåxnologiyalari, 4-MATEMATIKA To\'garak 34-Soatlikki 2022-2023 yangisi, GIGIYENA 1, TABIIY FANLAR, 1. MAVZU, 2-amaliyot, Amir Temur (1) (2), Mamatqul Jurayev, Elektriklar uchun qo\'llanma, QULSOHATOV ZOIRNING pedagogika, O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINI TA\'MINLASH SOHASIDA QABUL QILINGAN QONUN VA ME\'YORIY HUJJATLAR TIZIMI, Eski asfaltobeton qorishmalarini qayta ishlash

    Mavzu: iqtisodiy masalalarni yechishda jadval muxarrirlaridan foydalanish

    MAVZU:IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA JADVAL MUXARRIRLARIDAN FOYDALANISH


    3.3- LABORATORIYA ISHI: IQTISODIY AXBOROTLARNI TAHLIL QILISH UCHUN MA’LUMOTLARNI VIZUALLASHTIRISH VOSITALARIDAN FOYDALANISH (2 soat)
    (Microsoft Excel dasturida Visual Basic tilidan foydalanib chiziqli va tarmoqlanuvchi jarayonlarni hisoblash ilovalarini yaratish)


    Ishdan maqsad
    Microsoft Excel dasturida Visual Basic tilidan foydalanib chiziqli va tarmoqlanuvchi jarayonlarni hisoblash, ilovalarini yaratish.
    Qo‘llaniladigan jihozlar va materiallar: Pentium kompyuterlari, videoproyektor,ekran.

    Ish haqida nazariy ma’lumot



    VBA-Visual Basic for Application-bu nom Microsoft kompaniyasi tomonidan Office dasturlarining dasturlash tiliga berilgan nomdir. VBA, shuningdek, boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ham yaroqli bo’lib, ular bu tildan o’z dasturlarida foydalanishlari mumkin.

    Visual Basic dasturlash tili ob‘yektga mo‘ljallangan, komponentga mo‘ljallangan til 1991 yil yaratigan, Visual Basic 6.0 (1998), Visual Basic for Applications, 1993; Visual Basic Script, 1996.

    VBA da Visual Basicning avtonom versiyasidagiga o’xshash matn muharriri va sozlagich bor, lekin bu elementlar o’z imkoniyatlari bo’yicha bir nechta cheklashlarga ega. VBA da kodni avtonom EXE – faylgacha kompilyatsiya qilish imkoniyati yo’q, bundan tashqari, VBA (native code) protsessorning bevosita yo’riqnomasigacha qadar kompilyatsiya qila olmaydi.

    VBA ning noyob imkoniyati ham bor dastur tuzishni makroslar yozishdan boshlashingiz mumkin, ya’ni Office siz uchun kod yozadi.

    VBA Excel, Word, Access va Power Point dasturlarining bir qismi hisoblanadi. OutLook dasturi esa Visual Basic ning boshqa, imkoniyati kamroq vbceript versiyasidan foydalanadi.

    Visual Basic dasturida chiziqli jarayonlarni dasturlashni Microsoft Excel dasturi orqli ko’rib o’tamiz. Bizga ma’lumki Microsoft Excel tarkibida xam Visual Basic dasturi mavjud va ushbu dasturdan foydalanish uchun makroslardan foydalanamiz.





    1-misol: Ikkita musbat butun son berilgan. Ushbu sonlarning yig’indisini toping. Buning uchun Excel dasturida quyidagicha amallarni bajaramiz;


    Ko‘rinib turibdiki A sonini kiritadigan yachekamiz (3, 2) kesishgan katakchada joylashgan. Ya’ni 3 satr raqami, 2 esa B ustunga mos keluvchi raqam. A+B esa (6, 2) yachekada joylashgan. Ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritgach Excel dasturining Вид menyusining Макросы bandini tanlaymiz

    Макросы bandini tanlaganimizdan so’ng quydagicha oyna xosil bo’ladi

    Ushbu oynadan Макросы bo’limini tanlaymiz. Ushbu bo’limni tanlaganimizdan so’ng quyidagi oyna xosil bo’ladi.

    Ushbu oynaga dastur nomini yozaniz. Masalan, Amal va Создат tugmasini bosamiz. Создат tugmasi bosilgach quyidagi dastur kodi yoziladigan oyna xosil bo’ladi.


    Ushbu oynaga quyidagicha kodni kiritamiz


    A =Лист1.Cells(3, 2)
    B = Лист1.Cells(4, 2)
    S = A + B
    Лист1.Cells(6, 2) = S
    Ushbu kodni yozgach Excel dasturining Вставка menyusidan Фигуры bo’limidan natija olish uchun to’g’ri to’rtburchak shaklini tanlab rasimdagidek joylashtiramiz

    NATIJA tugmasini joylashtirganimizdan so’ng uning konteks menyusidan buyrug’ini tanlaymiz va quyidagicha oyna xosil bo’ladi
    Ushbu oynadan dastur nomini tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. Endi esa dasturni ishlatib ko’ramiz
    Visual Basicda Tarmoqlanuvchi jarayonlarni ham yuqorida keltirib o’tilgan chiziqli jarayonlarda bajarilgan amallar ketma ketligidan foydalangan xolda amalga oshiramiz. Tarmoqlanuvchi jarayonlarni quyidagi misol orqali ko’rib o’tamiz.
    Misol: Ikkita butun son berilgan. Shu sonlardan kattasini toping.
    Ushbu dastur kodi quyidagicha yoziladi

    A = Лист1.Cells(3, 2)
    B = Лист1.Cells(4, 2)
    If (A > B) Then
    Лист1.Cells(4, 4) = A
    Else
    Лист1.Cells(4, 4) = B
    End If
    1-Topshiriq
    MS Excelda Visual Basicdan foydalanib berilgan butun turdagi uchta sonni yig’indisi va ko’paytmasini topadigan dastur tuzing


    2-Topshiriq
    MS Excelda Visual Basicdan foydalanib berilgan butun turdagi uchta sonni eng kattasini topadigan dastur tuzing
    3-Topshiriq

    MS Excelda Visual Basicdan foydalanib berilgan butun turdagi uchta sonni yig’indisi 100 sonidan katta yoki teng bo’las 1 ga aks holda 0 ga teng qiymat chiqadigan dastur tuzing




    Hisobot shakli:
    1. Laboratoriya ishining nomi.
    2. Laboratoriya ishidagi topshiriq raqami.
    3. Topshiriqni bajarilishi (nazariy ma’lumot, amaliy qo’llanilish sohalari)
    4. Topshiriq taqdimotini tayyorlash


    Nazorat savollari
    1. Visual Basic tili haqida ma’lumot bering
    2. Makroslar haqida ma’lumot bering
    3. Chiziqli va tarmoqlanuvchi dasturlar haqida ma’lumot bering
    Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
    1. Kenjaboyev A.T., Ayupov R.X., Raximov N.R., Ikromov M.M. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – T.: TMI, 2012.-344b.


    2. Мельников П.П. Компьютерные технологии в экономике. Учеб.пособие. – М.: КНОРУС, 2012. – 224с.


    3. G’ulomov S.S., Xodiyev B.Yu., Begalov B.A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. – T.:2010y.-765 bet.


    4. Ayupov L.F., Begalov B.A., va boshq. Kompyuterlar va ulardan samarali foydalanish asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.; 2008 y.




    http://fayllar.org
    Download 6.55 Kb.




    Download 6.55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: iqtisodiy masalalarni yechishda jadval muxarrirlaridan foydalanish

    Download 6.55 Kb.