joylarning shikastlanishiga bo'linadi.
Shikastlanish og'ir-engilligiga ko'ra mehnat qobiliyati yo'qolmaydigan engil shikastlanishga,
mehnat qobiliyati bir necha kunlab, xaftalab va xatto oylab yo'qotiladigan o'rtacha va og'ir
shikastlanishlarga tafovut qilinadi. Shikastlanishning og'ir turi mehnat qilish qobiliyatini mutlaqo
yo'qotishga sabab bo'lishi va nogironlikka olib kelishi mumkin. Guruh holida va o'limga olib
boradigan turdagi shikastlanishlar alohida ko'riladi.
Shikastlanishlar kelib chiqishining asosiy sabablari. Texnik jixozlarning nosozligi natijasida
dastgohlarning to'xtab qolishi, tasmalarning uzilib ketishi va shu kabi
hodisalar shikastlanishga
olib keladi. Bunga ularning o'z vaqtida ehtiyot yuzasidan ta'mir qilinmaganligi, uzliksiz ishlashi
natijasida ayrim qismlarning ishdan chiqishi sabab bo'lishi mumkin. Shunday xodisalar ro'y
bermasligi uchun mehnat xavfsizligi bo'ycha javobgar shaxslarning doimiy nazorati talab etiladi.
Texnologik jarayonning buzilish natijasida termik, kimyoviy jarohatlanish va o'tkir
zaharlanishlar yuzaga keladi. Buning oldini olish uchun reja asosida ishchilarning bilimini o'z
vaqtida tekshirib turish va yo'riqlov o'tkazib turish katta ahamiyatga egadir. Qul kuchi bilan
boshqariladigan ishlar, transportlarga yuk ortish va tushirish jarayonlarining etarli darajada
mexanizasiyalashtirilmaganligi mehnat sharoitini yaxshi tashkil qilinmaganligini bildiradi.
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ish korxonalarining kichiklik qilib qolishi,
tayyor
mahsulotlarni saqlash xonaning sharoiti qoniqarli bo'lmasligi , mahsulotni tayyorlov joylaridan
o'z vaqtida olib ketilmasligi, yo'llarining tor bo'lishi shikastlanish xavfining ortishiga sabab
bo'ladi.
Korxonalarda sanitariya holati qoniqarsiz bo'lishining asosiy sabablariga xonalar sathining
sirpanchiqligi va tekis bo'lmasligi, korxona hovlisidagi yo'lakning o'ydum-chuqurligi, yoritish
qurilmalari quvvatining kamligi, deraza oynalarning
chang bosib ketishi, chang va gazlar
miqdorining me'yoridan ortiq bo'lishi natijasida diqqat-e'tiborining kuchayishi, shovqin
bosimining yuqori bo'lishini misol qilib keltirish mumkin. Shikastlanishning ko'p uchraydigan
sabablaridan biri ishchilarning toliqib qolishidir, chunki bunda ishga diqqat-e'tibor pasayibgina
qolmay, balki ishchilardagi harakat yo'nalishi ham buziladi. Bunday
hollarda shikastlanish
mehnat kuning so'nggi soatlarida yoki rejada ko'rsatilgandan ortiqroq mehnat qilish natijasida
yuz beradi.
Binobarin, ishlab chiqarish sharoitini sog'lomlashtirish va ishchilarning toliqib qolmasliklariga
sharoit yaratish, faqat kasbga aloqador kasalliklarning emas, balki shikastlanishning ham oldini
oladi.