xizmatchi va ishchilari o'rtasida shikastlanishning oldini olish hamda davlat standarti masalari
talalariga rioya etish maqsadidi "mehnatni muhofaza qilish tug'risida" qonun qabul qilindi. Bu
qonun asoslari mazmun jihatidan juda keng qamrovli bo'lib, o'z tarkibida jamoa shartnomasi,
mehnat sharnomasi, kadrlar tayorlash va malakasini oshirish, mehnat intizomi, ayollar va bolalar
mehnati, ijtimoiy himoya hamda boshqa masalalarni mujassamlashtirgan.
"Mehnatni muhofaza qilish to'grisida"gi qonun asosida ishlab chiqarishdagi inson sog'ligi uchun
zararli bo'lgan
omillarni bartaraf qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va ish joylarining
sanitariya-gigienik jihatidan qoniqarli holatda bo'lishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni
ko'rish ma'suliyati ma'muriyat zimmasiga yuklatilganligi ko'rsatib o'tilgan. Kasbiy zararliklar
mavjud bo'lgan xududlarda mehnat qiladigan ishchilar uchun qisqartirilgan ish kuni, qo'shimcha
dam olish kunlari joriy qilishi, zararli ish joylirida ishlaganlarga, ya'ni juda issiq haroratli, sovuq,
zah va sog'liq uchun zararli sharoitdam mehnat qilayotganlar uchun maxsus ustama haq hamda
himoya kiymlari berilishi ko'zda tutiladi. Kasbiy kasalliklarning oldini olish,
ishchilarning
sog'ligini mustahkamlash maqsadida ularni o'rnatilgan tartib asosida sut, parhez taomlar bilan
ta'minlash tartibi joriy etilgan.
Ishlab chiqarish korxonalarida "mehnat kodeksi" va "mehnatni muhofaza qilish" to'g'risidagi
me'yorlarni buzishda ayblangan rahbar shaxslar ma'muriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka
tortiladi. Ma'muriy javobgarlik-xodimga hayfsan berish, ishdan chetlantirish, o'rtacha oylik ish
haqining yigirma foizdan ortiq bo'lmagan miqdorda jarima solish va mehnat sharnomasini bekor
qilishdan iborat. Moddiy javobgarlik ega "mehnatni muhofaza qilish tug'risida"gi qonunni
buzgan shaxslarni nazorat tashkilotlari tomonidan belgilangan miqdorda jarima to'lashga yoki
keltirilgan moddiy zararni qoplashga majbur qilishdan iborat. "Mehnatni muhofaza qilish
tug'risida"gi qonunni buzish baxtsizlik yoki o'limga sabab bulsa, aybdor shaxslar belgilanga
tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Xotin-qizlar erkaklar bilan teng huquqli bo'lib , ular davlat, ho'jalik, madaniy va jamoat ishlarida
faol qatnashish imkoniyatiga ega. Mehnat kodeksiga xotin-qizlarning fiziologiyasi va onalikni
himoya qilish hisobga olinib, ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Og'ir va organizm
uchun zararli ishlarda ayollarning mehnat qilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Xomilador ayollarga davlat
tomonidan ish xaqi to'lanadigan ta'til beriladi.
Mehnat kodeksiga o'smirlar mehnatiga alohida e'tibor berilgan. 18 yoshga to'lmagan yigit-
qizlarni ishga qabul qilishda ularning hohishiga qarab, yilnang istalgan vaqtida bir oylik mehnat
ta'tili berilishi belgilangan. O'smirlar fabrika, zavod kasaba qumitalari ruxsatisiz qo'shimcha
ishlarni bajarishga jalb qilinmaydi. Agar o'smirlarni bajarayotgan yumushlari ularning sog'ligiga
ta'sir qilayotganligi sezilsa, u holda shifokor maslahati va tegishli hujjatga asosan boshqa ishga
o'tkaziladi.
Sanoat korxonalarining ish jarayonida shikastlanish va kasbiy kasalliklarni kamaytirish davlat
miqyosidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lib, mehnat muhofazasi bo'limi rahbariyat va
kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda chora-tadbir belgilaydi. Sanoat korxonalarida qonun
asosida mehnatni muhofaza etish masalarini hal qilish maqsadida, har yili kasaba uyushmasi
tashkilotlari bilan xamkorlikda mehnat muhofazasi chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Mehnat sharoitining yaxshilanishga olib keladigan jami tadbirlar mazmuni bo'ycha quydagilarga
bo'linadi:
-baxtsiz hodislarning oldini olish chora-tadbirlari. Bularga zaharli
va engil alanganuvchi
suyuqliklarni saqlash jarayonlarini mexanizasiyalashtirish, himoya moslamalari, to'siqlar,
avtomatik himoya vositalari, signal moslamalari, masofadan boshqarish asboblarini qo'shimcha
o'rnatish va boshqalar kiradi;
-mehnat sharoitini umumiy yaxshilash chora-tadbirlari. Bunga mehnatni muhofaza qilish
masalarini yoritivchi ko'rgazmali xonalar, burchaklar tashkil qilish, ish joylarini unumli yoritish,
shovqin va tebranishlarga qarshi umumiy chora-tadbirlar, maxsus echinish,
yuvinish, kir yuvish,
kimyoviy tozalash, kiyimlarni maxsus tikish xonalarini tashkil etish kiradi;
-ishlab chiqarishda kasb kasalliklari oldini olish chora-tadbirlari. Unga ishchilarni har xil kasbiy
zararlar ta'siridan himoyalovchi moslama, jihozlarni tayyorlash, ularni ishlab chiqarishga joriy
etish, xonalarni shamollatib turish moslamalarini o'rnatish xamda ishlab turgan moslamarni o'z
vaqtida ta'mirlash, havo tarkibini tekshirish hamda nazorat o'rnatish uchun asbob-uskunalar
olish, o'rnatish va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarishda yangi texnologik jarayonlar tatbiq etish va umumiy rekonstruktsiya qilish ham
mehnat sharoitini yaxshilash chora-tartiblariga kiradi. Bundan tashqari, korxona jamoasi,
rahbarlari tarmoq vazirliklari hamkorligida
mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitini
yaxshilash va sanitariya-gigiena chora-tartiblarini ishlab chiqib, tarmoq Markaziy kasaba
qo'mitalari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.