5. Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o'rganish usullari.
Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar va ularni keltiirib chiqaruvchi
xavfli holatlar baxtsiz
hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo'ladigan omillarni yo'qotish maqsadida aniqlanadi. Bu
ishlar asosan oqilona usullarni qullash, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan
xoli bo'ladigan ish sharoitini tashkil qilish hisobiga amal oshiriladi.
Baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uchun asosan ikki usuldan foydalaniladi.
1.Statistika usuli. Bu usul baxtsiz hodisalarning umumiy statistik
hisobga olingan sanoat
jarohatlanishi materiallarini tahlil qilishga asoslangan. Mazkur usul sanoat jarohatlanishini tahlil
qilish uchun asosiy materiallarini tahlil qilishga asoslangan. Bu bu usul bilan sanoat
jarohatlanishini aniqlovchi chastota koeffisienti va jarohatning og'irligi koefisientining o'rtacha
ko'rsatgichini olish mumkin.
Baxtsiz xodisalarning
takrorlanish koefisientini, 1000 ishchi hisobiga , ma'lum vaqt davomida
sanoat korxonasida kelib chiqqan baxtsiz hodisalarning o'rtacha miqdorini qo'ydagi
formula
orqali aniqlash mumkin.
Bunda
P - ma'lum vaqt ichidagi jarohatlanganlar soni;
T - shu vaqt ichida korxonada ishlagan
ishchilar soni. Jarohatlanish koeffisienti mashinosozlik sanoatining
qaysi korxonasida baxtsiz
xodisalar ko'proq vujudga kelayotganligi haqida ma'lumot beradi.
Baxtsiz hodisaning og'irlik koeffisientini, ya'ni har bir jarohatlanishning o'rtacha yo'qotilgan ish
kunlari hisobini ko'rsatuvchi
K ni qo'ydagi formula bilan aniqlash mumkin.
Bunda,
П - hamma baxtsiz hodisaga uchraganlar tomonidan yo'qotilgan ish kunlari soni;
Р - shu darvda baxtsiz hodisaga uchraganlar soni.
Shuni aytib o'tish kerakki, bu ko'rsatkich haqiqiy og'ir jaroxatlanish belgilarini ko'rsata olmaydi,
chunki uning tarkibiga nogironlik va o'lim bilan tugagan
baxtsiz hodisalar kiritilmagan, ular
alohida hisobga olinadi.
Statistika usulini ikkiga bo'lib qarash qabul qilingan: bular guruh va topografik usullardir.
Guruh usuli. Statistik usulining tarkibiy qismi hisoblanadi va baxtsiz hodisalarning bir xil
sharoitlarda va ayrim belgilari bilan (masalan vaqti va sodir bo'lgan joyi, baxtsiz hodisaning
xususiyatini va h.q.) guruh holida takrorlanishini aniqlash imkoniyatini beradi.
Topografik usul. Bu usul ham guruh usulining ko'rinishlaridan biri bo'lib, qo'yidagi
hollarda
qo'llaniladi: guruh usulida keltirilgan baxtsiz hodisalar haqidagi ma'lumotlarni har xil shartli
belgilar bilan belgilab (masalan, N-1), ish uchastkalarining rejasida baxtsiz xodisa yuz bergan
joylarga qo'yib chiqiladi. Bu usulda ma'lum ish uchastkalarida baxtsiz hodisalarning
takrorlanishi haqida ko'rgazmali ma'lumot olinadi.
2. Monografik usul. Bu usulning mohiyati shundaki, baxtsiz hodisa yuz bergan
ayrim tsex,
uchastka yoki ishlab chiqarish xonasi chuqur va har tomonlama o'rganiladi. Asosiy diqqat-e'tibor
texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim ish usullari, ishlab chiqarishning
xavfli lahzalari va
sanitariyasi-gigienik mehnat sharoitiga qaratilishi kerak. Bu usulda korxonalarda ro'y bergan
baxtsiz hodisalar, avariyalar va kasb kasalliklarining sabablari aniqlanadi va o'rganiladi.
Xuddi shunday tahlillar turdosh korxonalar bo'yicha ham o'tkaziladi.
Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqishi mumkin bo'lgan potentsial baxtsiz
hodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Shuningdek qurilayotgan
yoki loyihalanayotgan
turdosh korxonalarda shunga o'xshash baxtsiz hodisalarning kelib chiqmasligini ta'minlashga
harakat qilinadi. Bu usul xulosalari asosida loyilanayotgan sanoat korxonalarida texnologik
jarayonlarni o'zgartirish va mukammallashtirish chora-tadbirlari ko'riladi.
Adabiyotlar:
1. Белов С.В. "Безопасность жизнедеятельности" Высшая школа 2002 г.
2. Kукин П.П. "Безопасность жизнедеятельности. Безопасность технологических
процессов и производства" Высшая школа 2002 г.
3. Yormatov G.Yo. "Hayot faoliyati xavfsizligi (ma'ruzalar matni)" Toshkent 2000 y.
4. Hasanova O.T. "Mehnatni muhofaza qilish" Toshkent 2005 y.
5. Maйоров A.Б., Maскатов Г.И. "Безопасность функционирования автомотизированных
объектов в машиностроении" Moсква 1988 г.
http://fayllar.org