|
Xulosa
Biz xulosa o’rnida shuni takidlab o’tishni joiz deb bildik
|
bet | 6/7 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 47,28 Kb. | | #119389 |
Bog'liq Ishlab chiqarish imkoniyatlari, muqobil xarajatlar va iqtisodiy tanlovXulosa
Biz xulosa o’rnida shuni takidlab o’tishni joiz deb bildik. Men
ushbu kurs ish orqali ishlab chiqarishni mamlakat va insonlar hayoti
uchun qay darajada ahamiyati katta ekanligini anglab yetdim.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida bizning asosiy masalamiz
iqtisodiyotimiz strukturasini tubdan o’zgartirish, xom ashyo yetkazib
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, uning sifatini va
raqobatga bardoshliligini jahon bozori talablari darajasiga
yetkazibgina qolmay ularni istemolchiladga yetkazib berishdan iborat.
Bunda tarkibiy o’zgarishlarda respublika uchun eng asosiy hisoblangan
tarmoqlarni jumladan, yoqilg’i-energetika va g’alla komplekslarini
rivojlantirishda iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash shuningdek, bu
o’zgarishlar respublika iqtisodiyoti uchun ustuvor hisoblangan, boy
tabiiy, mineral xom-ashyo, mehnat resurslariga asoslangan hamda
istiqbolda xalqaro va davlatlararo me hnat taqsimotida, jahon bozorida
O’zbekistonning mustahkam o’rin egallashini kafolatlovchi ishlab
chiqarishlarni ildam sur’atlar bilan o’stirishga qaratilishi lozim. Jahon
talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish,
ularning raqobatga bardoshligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.
Buning uchun korxonalarni zamonaviy ilg’or texnologiya, eng yangi
uskunalar, ayniqsa, kichik va o’rta korxonalar uchun mo’ljallangan
ixcham uskunalar bilan jihozlash, ichki bozorni to’ldirish uchun
kerakli mahsulotni ishlab chiqaradigan kichik, ixcham
texnologiyalarni konsepsiyasini va milliy dasturini ishlab chiqish
zarurligi g’oyasi ilgari suriladi. Bunday dasturning ishlab chiqilishi va
amalga oshirila boshlanishi - iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining
ustivor vazifasidir.
Sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirish boshqaruv tizimining ajralmas qismidir. U yordamida milliy iqtisodiyotning eng muhim tarmog`i – sanoatning rivojlanishiga taalluqli bo`lgan ko`rsatkichlar muayyan vaqtga belgilanadi.
Rejalashtirish o`zining tegishli tamoyil va usullariga ega va ular iqtisodiyot nazariyasida alohida o`rin egalladi. Sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun aniq topshiriqlar berilishi kerak va ular reja shaklida aks etadi. Sanoat rejasi 12 bo`limdan iborat. Sanoat rejasini tuzish eng murakkab ishlardan biri hisoblanadi. CHunki bunda taraqqiyotning barcha tomonlarini oldindan ko`rish, yahni bashorat qilish hamda bu taraqqiyotni tahminlovchi iqtisodiy va texnik salohiyatning samarali variantlarini qidirib topish kerak bo`ladi.
Mustaqillik yillarida rejalashtirishni takomillashtirish borasida anchagina ishlar amalga oshirildi. Lekin xalq xo`jaligini, jumladan, sanoatning rejali, mutanosib rivojlanishining bir qator muammolari hali o`z yechimini topgani yo`q. SHu sababli bu sohada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish va demokratik davlat, bozor iqtisodiyotining talablariga javob beradigan rejalashtirishni yaratish zarur.
|
| |