Mavzu: Issiqlik almashinish qurilmalarini tozalash




Download 0,89 Mb.
Sana10.02.2024
Hajmi0,89 Mb.
#154386
Bog'liq
1111M 10

Mavzu: Issiqlik almashinish qurilmalarini tozalash

Bajardi: Ma’murov M Tekshirdi: Sobirov S

Reja:

  • 1.Issiqlik almashinish qurilmalari turlari
  • 2. Issiqlik almashinish qurilmalarini mexanik tozalash 
  •  3. Issiqlik almashinish qurilmalarini kimyoviy tozalash

Issiqlik almashinish qurilmalari turlari: 1. Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari konstruktsiyasiga qarab ushbu turdagi qurilmalar qobiq - trubali, «truba ichida truba», zmeevikli, spiralsimon, yuvilib turuvchi, plastinali, qirrali, g’ilofli, blok-grafitli, shnekli va hokazo bo’lishi mumkin. Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalari xalq xo’jaligining turli sohalarida eng keng tarqalgan va ko’p ishlatiladigan turidir. Quyidagi rasmda trubalarning qo’zg’almas teshik panjarali, bir yo’lli, vertikal qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmasi tasvirlangan. Ushbu qurilma silindr qobiq va uning ikki chekkasiga isituvchi trubalar mahkamlangan teshikli panjara lardan tarkib topgan. Trubalar o’rami issiqlik almashinish qurilmasining butun hajmini ikkiga bo’ladi: 1) truba bo’shlig’i; 2) trubalararo bo’shliq. Teshikli panjaralar silindrik qobiqga payvandlash usulida mahkamlanadi. Qurilma qobig’iga boltli birikma yordamida 2 ta qopqoq mahkamlanadi. Issiqlik eltkichlar kirishi va chiqishi uchun silindrik qobiq va qopqoqlarda patrubkalar o’rnatilgan. Issiqlik eltkichlardan biri, masalan suyuqlik, trubalar bo’shlig’iga yo’naltirilsa, u trubalar orqali o’tib qopqoqning patrubkasidan chiqib ketadi. Boshqa issiqlik eltkich oqimi esa, masalan bug’, trubalararo bo’shliqqa yo’naltiriladi, isituvchi trubalar tashqi yuzasiga o’z issiqligini beradi va suyuq agregat holati (kondensat) ga aylanib qobiqning pastki patrubkasidan chiqarib yuboriladi. Muhitlar orasidagi issiqlik almashinish jarayoni trubalar devori orqali amalga oshiriladi.
Isituvchi trubalar teshikli panjaraga payvandlash yoki razvalsovka qilib mahkamlanadi. Ko’pincha, isituvchi trubalar po’lat, legirlangan po’lat, mis, latun, titan yoki boshqa materiallardan tayyorlanishi mumkin. Isituvchi trubalarni teshikli panjaralarda mahkamlashning eng keng tarqalgan usuli bu oddiy razvalsovkadir. Valsovka nomli asbobda radial yo’nalishda hosil qilinadigan kuch ta`sirida truba deformatsiyaga (diametri ortadi, ya`ni kengayadi) uchrab, teshikli panjaraga zichlanadi va mahkamlanadi. Truba o’ramining to’r pardaga mustahkam joylashtirishga erishish uchun teshikli panjarada eni 2...3,5 mm va chuqurligi 0,4...1,0 mm li ikkita halqasimon ariqcha qilinadi. Undan tashqari, trubalarni teshikli panjaralarga payvandlash, kavsharlash, salnik yordamida ham mahkamlash mumkin.Salnik yordamida zichlash murakkab va qimmat. Bu usulda mahkamlash muhitlar temperatura farqi katta bo’lganda, trubalarning bo’ylama siljishiga imkon beradi, ammo bunda birikma zichlanishi buzilmaydi. Trubaning kirish qismini konussimon razvalsovka qilish, mahalliy qarshilik koeffitsientini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu esa, o’z navbatida kirish qismining yemirilish oldini oladi. Agar, trubalar tebranish, siklik qizishga, temperaturalar katta o’zgarishi yoki ularning uchlari issiqlik ta`sirida o’ta isib ketish hollari yuz beradigan bo’lsa, unda trubalarning uchi albatta teshikli panjaraga payvandlanish zarur.
Payvandlash choki cho’ktirilgan, valik va ariqchada valik holati, hamda ariqcha va tishli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Odatda, qalin devorli trubalarni payvandlash maqsadga muvofiqdir. Agar, trubalar kuchlanish ostida ishlatiladigan bo’lsa, portlatib payvandlash tavsiya etiladi. Ushbu usulda trubalarni mahkamlash uchun portlatish zaryad quvvati katta, teshikli panjaraning tashqi yuzasi razzenkovka qilishini va panjara tashqarisiga truba uchlari ko’p chiqib turishi kerak. Bu usulda truba teshikli panjaraga o’ta mustahkam holatda biriktiriladi. Agar, trubaning bir uchi panjaraga ushbu usulda portlatib payvandlansa, ikkinchi uchi esa portlatib razvalsovka qilinsa, eng yuqori mustahkamlikka erishsa bo’ladi. Hozirgi kunda trubalarni teshikli panjaraga mahkamlashning eng zamonaviy, ilg’or texnologiyasi - bu portlatib valsovka qilishdir. Bunda, portlatuvchi zaryad truba ichida, ya`ni uchida joylashtiriladi. So’ng esa, zaryad kapsyul yordamida portlatiladi. Natijada, portlash energiyasi trubani radial yo’nalishda deformatsiya qiladi va teshikli panjara bilan truba mustahkam birikma hosil qilib ulanadi. Bu usuldagi birikma razvalsovka usulinikiga qaraganda ancha mustahkamroq biladi. Portlatib payvandlash usulini trubalarni ta`mirlash uchun ham qo’llash mumkin.
  • Trubalarni teshikli panjaraga elektrogidravlik mahkamlash va biriktirish usuli ham mavjud. Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarida truba teshikli panjaraga quyidagi usullarda joylashtirilishi mumkin: to`g’ri oltiburchak cho’qqi va qirralari yoki teng yonli uchburchak bo’ylab;
  • konsentrik aylanalar bo’ylab;
  • kvadrat cho’qqi va tomonlari bo’ylab;
  • shaxmatli ko’rinishda (bir va har xil ko’ndalang qadamli).


Ushbu usullarda trubalarni issiqlik almashinish qurilmasida joylashtirish, qurilmaning ixcham bo’lish sharti bilan belgilanadi. Undan tashqari, har bir qurilmaga iloji boricha ko’proq truba joylashtirishga harakat qilinadi. Kimyo mashinasozligida to`g’ri oltiburchak tomonlari va cho’qqalarida trubalarni joylashtirish keng tarqalgan. Bu usul uchun, trubalar sonini aniqlashga quyidagi formula tavsiya etiladi: n = 3a ⋅(a −1) +1 bu yerda: a - eng katta oltiburchak tomonidagi trubalar soni; v = 2a-1 - eng katta oltiburchak diagonalidagi trubalar soni. Agar, suyuqliklar sarfi ko’p bo’lsa, ularning tezligi ham yuqori va issiqlik almashinish jarayoni intensiv bo’ladi. Undan tashqari, suyuqliklarning qarama – qarshi yo’nalishida ularning tezliklari bir xilda taqsimlanib, qurilmaning butun ko’ndalang kesimida issiqlik almashinishi o’zgarmas bo’ladi.
Mexanik tozalash jarayoni kо‘p mehnat talab qiladi. Oddiy holda trubalar shampollari uchi «kirpi» li uzun chiviqlar tiqib tozalanadi. Undan sо‘ng, (ba’zan esa bir vaqtning о‘zida) trubalar, ularning har biriga alohida uzatilayotgan bug‘ orqali puflab tozalanadi. Zarur bо‘lganda bu operatsiyalar  qayta-qayta takrorlanadi, bunda uchi «kirpi»li chiviqlar diametrini muntazam oshirib boriladi. 
Zavodlarda tozalash mexanizatsiyasi uchun turli moslamalar qо‘llanilmokda. Ularning asosida aylantirib parmalash yotadi. Aylanma parmalovchi uchlik asta-sekin о‘z og‘irligi ostida tozalanayotgan trubaga itarib, (vertikal issiqlik almashinish qurilmalari bо‘lganda) yoki ishchi kuchi bilan (qurilmalar gorizantal о‘rnatilagan bо‘lsa) kiritiladi.
Parma rezbada kovakli  (trubali) val bilan birikkan, valning uzunligi tozalanayotgan truba uzunligiga teng. Val pnevmo yoki elektrodigateldan reduktor orqali aylanma harakatga keltiriladi. Moslama truba ichiga yuvuvchi suv uzatish uchun zolotnikli qurilma bilan ta’minlangan, suv parma yuzasidagi ochiq teshiklar orqali yuzaga chiqadi va yumshagan iflosliklarni yuvib chiqadi. Ba’zi hollarda trubalarga suv о‘rniga suv bug‘i uzatiladi. Bunda kuyib qolishdan saklanish uchun xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak. 
Bunday moslamalar yordamida boshqa issiqlik almashinish qurilmalarining trubalarini ham tozalash mumkin, xususan suzuvchi kallakli qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmalari va «truba ichida truba» tipidagi  issiqlik almashinish qurilmalar. Mexanik tozalashdan sо‘ng trubalarning ichki yuzalarini mumkin qadar bir necha vaqt davomida issiqlik suv bilan yuvish kerak. Qattiq konstruksiyali issiqlik almashinish qurilmalarining kо‘rinmas nuqsonlarini, qopqoqning har ikki yon tomonidan ochilgan trubalararo bо‘shliqni bosim bilan tekshirish orqali aniqlanadi. Yemirilgan yoki kо‘chib ketgan trubalarni bosim bilan tekshirilayotgan suyuqlik paydo bо‘lganligidan, trubalarning uchlarini truba panjaralari bilan birikishi zich emasligini esa, suyuqlikni quyib yuborishidan va terlab qolishidan bilsa bо‘ladi.
Ishdan chiqqan trubalarni almashtirish juda qiyin operatsiya. Truba  panjaralari orqasidagi trubalar pichoq bilan kesiladi (agar buning iloji bо‘lsa), panjara tomonlarida joylashgan trubalarni esa, keskichli maxsus kallaklar bilan kesiladi (4- rasm), bunda yuritma sifatida juvalash turbinkasi yoki elektrodvigatel xizmat qiladi. Kichkinagina keskichni baraban kesilgan joyiga, ishchi qismini yuqoriga qilib shunday о‘rnatiladiki, bunda u о‘zining kuyi qiya yonbosh yuzasi bilan uzatilayotgan konus yuzasiga о‘tirsin, bu konus barabanga sirpanuvchan shponkasi orqali bog‘langan. Barabanga fiksatsiya qiluvchi shaybasi kirgizilgan bо‘lib, u truba panjarasiga siqiladi va truba kesib tashlanishi kerak bо‘lgan listdagi keskich holatini fiksatsiyalaydi. Uzatilayotgan konusni aylantirib ( u bilan birga keskichli barabanni ham), unga yengilgina UK bо‘ylab bosish orqali keskichni asta-sekin uning kundalang uzatilishini  ta’minlagan holda yuzaga chiqarila boshlanadi.
Panjara uyalarida qolgan truba uchlarini zubilo yoki borodok bilan pachoqlanadi yoki urib tashlanadi. Almashtirilayotgan trubani uning tashqi diametri bо‘ylab yо‘nalgan opravka yordamida panjaralarning biridan chiqarib olinadi va о‘rniga yangisini, uchlarini panjaraga teshik og‘zini yumaloqlab yoki ularga payvandlab о‘rnatiladi. Uchlari payvandlangan trubalarni payvandlash murakkabroq. Buning uchun qо‘l kuchi yordamida yoki pnevmatik bolg‘acha yordamida chok uziladi, ba’zan panjaradagi uyacha mexanik qayta ishlov beriladi.
Amalda  yemirilgantubalarni yangilariga almashtirish kam uchraydi; odatda ularni har ikki uchlari tomonidan metall (masalan, pо‘latdan yasalgan) tiqinlar bilan yopib qо‘yiladi, ular kichkinagina konuslikka (3-5°) egadir. Tiqinlarni trubadagi maksimal bosimga mustahkam qarshilik qilishlari uchun zichlab urib qо‘yiladi. Yopib qо‘yilgan trubalar soni, bitta oqimga tо‘g‘ri keladigan, ularning bog‘lamdagi umumiy soni 10% dan oshmasligi kerak, aks holda gidravlik qarshilik sezilarli darajada ortib ketadi va issiqlik almashinishi sezilarli  darajada kamayib ketadi. 
Download 0,89 Mb.




Download 0,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Issiqlik almashinish qurilmalarini tozalash

Download 0,89 Mb.