|
mavzu: iyoD umumiy tuzilishi hamda va taktli dvigatellar ishchi sikllari. Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 3,7 Mb. | | #251543 |
Bog'liq Presentation 4
4-Mavzu: IYoD umumiy tuzilishi hamda 2 va 4 taktli dvigatellar ishchi sikllari.
Reja:
Zamonaviy avtotransport vositalarida asosan ichki yonuv dvigatellari keng tarqalgan. Birinchi IYoD nemis ixtirochisi Avgusto Otto tomonidan gaz bilan havo aralashmasi uchqun berishdan oldin silindr ichida siqish prinsipi taklif etilganidan so’ng tadbiq etildi. Aralashma yonganidan keyingi ishchi sikl “OTTO SIKLI” deb atala boshlandi va u hozirgacha saqlanib kelmoqda.
Ichki yonuv dvigateli agregat hisoblanib, issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi va transmissiya orqali harakatga keltirish uchun xizmat qiladi. Konstruksiyasi bo‘yicha ichki yonuv dvigatellari porshenli va rotor-porshenli bo‘ladi. Avtomobillarda asosan porshenli ichki yonuv dvigatellari qo‘llaniladi.
Mexanizm –harakatni ma’lum tartibda uzatuvchi va o‘zgartiruvchi tuzilma.
Tizim – bitta umumiy vazifani bajaruvchi qismlar yig‘indisi (masalan, ta’minlash tizimi, moylash va sovutish tizimlari va boshqalar).
P.CH.N – pastki chekka nuqta
Y.CH.N – yuqori chekka nuqta
S – porshen yo’li
Vh – silindrning ish hajmi
Va –silindrning to’la hajmi
Vc – siqish kamerasi hajmi
– siqish darajasi
(m3)
(m3)
Porshenli dvigatellarda yonilg‘ining yonishi natijasida gazning kengayishida hosil bo‘lgan bosimni porshen o‘ziga qabul qiladi va to‘g‘ri chiziqli ilgarilanma-qaytma yo‘nalishi bilan tirsakli valni aylanma harakatga keltiradi. Ichki yonuv dvigatelining ishlashi uchun unga havo va yonilg‘idan iborat yonuvchi aralashma bilan ta’minlash lozim.
NEXIA avtomobilining IYoD li
1-moy to‘kish krani; 2-moy saqlagich; 3-moy filtri;
4-suv nasosi; 5-chiqarish quvuri; 6-kiritish quvuri; 7-injektor; 8-yonilg‘i kanali; 9-resiver; 10-silindrlar blokining kallagi;
11-taqsimlash valining podshipnikining qopqog‘i;
12-taqsimlash vali; 13-karterning shamollatish shlangi;
14-klapanning tirqishini to‘g‘rilovchi shayba; 15-klapan suxarisi; 16-turtkich; 17-klapan prujinasi;
18,19-klapanning yo‘naltiruvchi vtulkalari; 20-klapan;
21-o‘t oldirish shami; 22-silindrlar blokining kallagi;
23-porshen; 24-kompressor halqa; 25-moy sidirgich halqa;
26-porshen barmog‘i; 27-silindrlar bloki; 28-shatun;
29-tirsakli val; 30-shatun qopqog‘i; 31-moy sathini o‘lchagich; 32-moy qabul qilgich..
Avtomobillarda asosan to‘rt taktli dvigatelining ish siklidan foydalaniladi. Bular:
(a) kiritish; (b) siqish; (d) Kengayish (ish yo‘li); (e) Chiqarish
4 taktli IYod da ish sikli tirsakli valning ikki marta aylanganida sodir bo‘ladi.
|
| |