|
Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
|
bet | 2/46 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #102386 |
Bog'liq Mavzu Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogikMavzuning dolzarbligi: Hozirda, Respublikamizning barcha sohalarida bo’lgani kabi, ta’lim borasida ham katta islohotllar amalga oshirilmoqda. 2016-yilda ta’lim-tarbiya sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ta’lim standartlari va dasturlarini takomillashtirish, maktablar, litsey va kollejlar, oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalariga katta e’tibor berildi.Shunday ekan kasb-hunar kollejlarida fizika o’qitish jarayonlariga yangi pedagogik texnologiyarni tadbiq etish bugungi davr talabidir.
1O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi
Muammoning o’rganilganlik darajasi: Didaktika va fizika metodikasi fanlari sohasida qator fundamental izlanishlar amalga oshirildi. Natijada, qator salmoqli didaktik, metodik asarlar yaratilgan. Biz O.I.Ahmadjonov, Yu.K.Babanskiy, X.A.Valiyev, V.I.Zagvyazinskiy, L.V.Zankov, V.V.Kraevskiy, M.I.Maxmutov, B.U.Mirzahmedov, E.N.Nazirov, Yu.Po‘latov, N.Saidahmedov, D.Sh.Shodiyev kabi qator olimlarning ilmiy-metodik izlanishlarini o`rganib ulardan ishimizda ayrim xulosalar chiqarishda foydalanganimizni nazarda tutyapmiz.
Tadqiqot ishining maqsadi: Kasb-hunar kollejlarida fizikadan dars o`tish jarayonida yangi peagogik texnologiyalarni qo`llash orqali o`quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, fizik dunyoqarashini kengaytirish va shakllantirish.
Tadqiqot ishining vazifalari:
1. Mavzuga oid adabiyotlarni o’rganib tahlil qilish.
2. O’quvchilarini fizik bilimlarini mukammallashtirish yo’llarini aniqlash.
3. Tadqiqot metodikasini tanlash.
4. Tadqiqotni rejalashtirish, tashkil etish o’tkazish.
5. Olingan natijalarni tahlil qilish.
6. Xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot ishining ob’yekti:Kasb-hunar kollejlari tizimida fizika o’qitishda yangi pedagogic texnologiyalarni qo’llashni o’rganish.Davlatobod yengil sanoat kasb-hunar kolleji misolida
|
| |